Rasm. 4.11.14. Obyektni Subselection Tool bilan birinchi usulda belgilash (To’rtburchak bilan o’rash orqali)
Yuqorida keltirilgan belgilash usullaridan birirnchisidan foydalanilganda ob'yekt perimetrida urinma markerlari nomoyon bo’ladi, ikkinchisida esa – urinish nuqtalari va (ob'yekt shakliga va ma’lum shartlarga ko’ra)urinma markerlari nomoyon bo’ladi. 4.11.14- rasmda birirnchi usul bilan tanlangan ob'yekt ko’rsatilgan. 4.11.15 rasmda esa urinmalarni siljitish bo’yicha ob'yekt shaklini ozgartirish natijasi keltirilgan.
Rasm. 4.11.15.Markerlarni siljitish orqali ob'yekt shaklini o’zgartirish
Ikkinchi usul bilan ob'yekt belgilanganda(sichqoncha ko’rsatkichini ob'yekt chegarasiga olib borib, sichqoncha chap tugmasi bosilganda) ikkita variant bo’lishi mumkin. Sichqoncha ko’rsatkichi ob'yekt chegarasiga olib borilganda ko’rsatkichining past tomonida:
qora rangli, ichi bo’yalgan to’rtburchak paydo bo’lsa, sichqoncha ko’rsatkichi urinish nuqtalari oralig’ida turgan bo’ladi, bunday holda sichqoncha tugmasini bosilgandan so’ng ob'yekt chegarasida faqatgina urinish nuqtalarigina nomoyon bo’ladi(4.11.16-rasm, chapda);
ichi bo’yalmagan tor’tburchak paydo bo’lsa, sichqoncha ko’rsatkichi urinish nuqtasi ustida yoki unga judayam yaqin turgan bo’ladi, bunday holatda sichqoncha tugamasi bosilgandan so’ng ob'yekt chegarasida urinish nuqtalari bilan birgalikda markerli urinmalar nomoyon bo’ladi(4.11.16-rasm, o’ngda).
4.11.17-rasmda urinish nuqtalari yordamida ob'yekt shaklini o’zgartirish ko’rsatilgan.
Rasm. 4.11.16.Obyektni Subselection Tool bilan ikkinchi usulda belgilashda sichqoncha ko’rsatkichi urinish nuqtasi ustiga tushgan va tushmagan holatlar
Rasm. 4.11.17. Ob'yekt shaklini urinish nuqtalari yordamida o’zgartirish
Sichqoncha ko’rsatkichini ob'yekt chegarasidagi ixtiyoriy ikkita urinish nuqtasi orasidagi qismiga olib kelib, sichqoncha chap tugmachasini bosgan holda obyektni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish mumkin.
Bir nechta obyektni belgilash va obyektlarni guruhlash Flash da bir vaqtning o’zida bitta yoki bir nechta qatlamda joylashgan obyektlarni yoki ularning qismlarini belgilash imkoniyati mavjud. Bir nechta obyektlar bilan bir butun ob'yekt sifatida ishlash uchun ularni guruhlash lozim.
Bir nechta obyektni belgilash Bir nechta obyektlarni belgilash uchun Arrow, Subselection, Free Transform yoki Lasso uskunalaridan foydalanish mumkin. bir nechta ob'yektni belgilash texnologiyasi har bir uskuna uchun avval ko’rib o’tilgan bitta ob’yekt ustida olib borilgan belgilash texnologiyasi bilan deyarli bir xil.
4.11.18-rasmda Arrow Tool bilan belgilangan uchta ob'yekt tasviri keltirilgan. Ulardan biri (oval) Layer 2 - qatlamida, ikkitasi (kvadrat va aylana) Layer 1- qatlamida joylashgan.
(Yangi qatlam ochish uchun Insert menyusidan Layer bandi tanlanadi)