Savol va topshiriqlar. 1. Изменение параметров изображения (Resample...)
2. Имитация (Dithered) bayroqchasi
3. Rastrli tasvirlarni boshqa ranglar modellariga o’tkazish
4. Oq-qora shtrixlangan tasvirlarga konvertizatsya qilish
5. Kulrang gradatsiyasidagi tasvirga konvertsiyalash
6. Dupleks tasvirlarga konvertsiyalash
7. RGB, CMYK va Lab rang modellariga konvertsiyalash
8. Intensiv rangli tasvirlarni konvertsiyalash
Adabiyotlar 1. М. Н. Петров, В. П. Молочков, Компьютерная графика. Питер, 2003, 736 с.
2. М. Н. Петров,Компьютерная графика. Учебник – СПб: Питер, 2011, 536 с.
13- Amaliy mash’gulot Mavzu: Alohida obyektlar bilan ishlash Maqsad: Macromedia Flashda ishlashni o`rgatish. Texnik va dasturiy vosita: Komyuter, videoproyektor, Plakatlar, Windows 7 OS va Macromedia Flash dasturi Amaliy mash’gulotbayoni. Flashda Filmda foydalanilgan montaj stolida joylashgan ixtiyoriy elementni “Ob’ekt” deb atash mumkin. Flash uskunalaridan foydalanib, siz ob’yektlarni, o’chirishingiz, joyini o’zgartirishingiz, nusha olishingiz, ularni o’zaro birlashtirishingiz, solishtirishingiz mumkin. Bular hammasi grafikaga bo’g’liq.
Obyektlarni belgilash uskunalari Alohida ob’yekt ustida murakkab amallarni bajarish uchun uni yoki uning biror qismini ajtatib-belgilab olish yoki tanlsh lozim. Barcha belgilash uskunalari Flash uskunalar panelining Tools qismida joylashgan. Biz avvalgi bo’limlarda tahrirlovchi uskunalar paneli Tools bo’limida joylashgan asosiy uskunalarni ikkita guruhga ajratgan edik: belgilash uskunalari, chizish va boyashga mo’ljallangan uskunalar. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, uskunadan foydalanish uchun uni tanlash lozim. Uskuna tanlangandan so’ng, sichqoncha ko’rsatkichi shu uskunaga mos belgi bilan almashinadi.
Tools bo’limida beshta belgilash uskunasi bor:
- Arrow Tool ni tanlab, uyordamida stolda joylashgan ihtiyoriy ob’yektning yoki obyektlarning ihtiyoriy qismini to’rtburchak shaklida belgilab olish mumkin. Buning uchun stolning bo’sh joyiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib, uning chap tugmasini bosgan holda sichqonchani harakatlantirish kerak. Ob’yektning belgilangan qismi o’zining belgilanmagan qismidan nuqtalar bilan ajralib turadi. Uskuna yodamida obyektning, chegara(kontur) chizig’ini yoki ichki bo’yalgan qismiga ta’sir ko’rsatish mumkin. Agar obyektning chegara chizhig’i ustiga sichqoncha ko'rsatkichini olib borib, chap tugmasi bosilsa, chegara chizig’i belgilangan holatga o’tadi, bu amal uning bo’yalgan sohasi uchun ham qo’llanilishi mumkin. Obyektning belgilangan qismini, uning qolgan qismlariga bo’g’liq bo’lmagan holda joyini o’zgartirish yoki tahrirlash mumkin. Ob’yektning chegarasiga sichqoncha ko'rsatkichini olib borilsa, korsatkich tagida yoy, yoki burchak shaklidagi chiziq paydo bo’ladi, bunda sichqoncha tugmasini bosgan holda harakatlantirib, ob’yekt shaklini o’zgartirish mumkin(ob’yekt belgilanmagan holatda bo’lishi kerak);
-Subselection Tool – obyektni butunligicha belgilaydi va uning shaklini o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Belgilash huddi Arrow Tool kabi, montaj stolining bo’sh joyiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib, uning chap tugmasini bosgan holda sichqonchani harakatlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.Agar belgilash bir nechta ob’yekt qismlari ustida bajarilsa, bunda barcha obyektlar belgilangan holatga o’tadi. Arrow Tooldan farqli ravishda Subselection Tool bilan ob'yektning ixtiyoriy qismini belgilab bo’lmaydi.
- Lasso Tool. Ob’yektlarning ixtiyoriy qismini belgilash uchun hizmat qiladi. Belgilangan sohada bir nechta obyekt, yoki alohida bitta obyekt, yoki ularning qismlari bo’lishi mumkin. Belgilangan sohani boshqa belgilanmagan sohaga bog’liq bo’lmagan holda (ta’sir qilmasdan) tahrirlash mumkin.
-Free Transform Tool – Arrow tool kabi montaj stolining bo’sh joyiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib, uning chap tugmasini bosgan holda sichqonchani harakatlantirish orqali obyekt yoki obyektlar belgilab olinadi, yoki alohida bir obyektni tanlash orqali uni belgilab olinadi. So’ngra uni chetlarida hosil bo’lgan markerlarni sichqoncha yordamida ta’sir qilish orqali istagan shaklga keltirish va olchamini ozgartirish (transformatsiya qilish) mumkin.
-Pen Tool – ham chizish ham belgilash uskunalari tarkibiga kiruvchi uskuna hisoblanadi. Belgilash guruhi uskunalari tarkibiga kiruvchi uskuna sifatida bu uskunadan ob’yektni chegara chizig’i shaklini o’zgartirishda foydalanish mumkin. Bu uskunaning boshqa imkoniyatlari bilan “Tasvirlar yasash” bo’limda to’laroq tanishamiz.
Kerakli uskuna tanlanganda uskunalar panelining Options bo’limida uning qo’shimcha imkoniyatlarini beruvchi uskunalar paydo bo’ladi. (4.11.1-rasm) Agar uskunaning qo’shimcha imkoniyatlari bo’lmasa, Options bo’limida hech narsa chiqmaydi.
Rasm 4.11.1. Uskunalar Paneli Flash da aksariyat animatsiyalar obyektning shaklini, shaffofligini va rangini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. Ihtiyoriy grafik obyekt bilan ishlashda foydalanuvchi ob’yektni biror qismini yoki obyektni o’zini yoki uni chegara chizig’ini hususiyatlarini o’zgartirishi uchun uni belgilab olib, keyin uni ustida biror operatsiya bajaradi. Quyida belgilash va tanlash uchun mo’ljallangan uskunalar bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Arrow Tool Ob'yektni to’laligicha belgilash uchun uskunalar panelining Tools bo’limidan Arrow Tool ni tanlanadi. Keyin quyidagi ikki amaldan birini bajarasiz:
Ob’yekt sichqoncha ko'rsatkichini olib borib, sichqoncha tugmasini ikki marta bosasiz;
Sichqoncha ko'rsatkichini stolning bosh joyiga olib borib,uning chap tugmasini bosgan holda harakatlantirasiz( sichqoncha harakatlantirilganda hosil bolgan to’rburchak shu obyektni o’z ichiga olishi kerak). (4.11.2-rasm)