Rasm. 4.11.26. Free Transform uskunasining universal rejimidan foydalanish
4.11.1-jadval. Free Transform uskunasining universal rejimida markerlar vazifasini
ifodalovchi sichqoncha ko’rsatkichi shakllari
T.n
Ko’rsatkich
ko’rinishi
Операция
1
Burish;
2
Gorizontal bo’yicha o’lchamini ozgartirish;
3
Vertikal bo'yicha o’lchamini o’zgartirish;
4
O’lchamni gorizontal va vertikal bo’yicha olchamini ozgrtirish;
5
Gorizontal qiyalshtirish
6
Vertikal qiyalashtirish
Rotate and Skew yordamchi tugmachasi tanlanganda Free Transform uskunasi ob’yektni faqat biror tomonga qiyalashtirish va biror burchakka burish uchungina xizmat qiladi. Bu rejimda sichqoncha ko’rsatkichi markerlar ustiga borganda uskuna vazifasiga mos ko’rinishga kiradi xolos(4.11.1-jadval 1, 5, 6).
Scale yordamchi tugmachasi tanlanganda Free Transform uskuasidan ob’yektni gorizontal va vertikal o’lchamlarini o’zgartirish amallarini bajara olish imkoniyati bilan cheklanasiz va marker ustiga sichqoncha ko’rsatkichi olib borilganda ko’rsatkich shunga mos shakl bilan almashadi(4.11.1-jadval 2, 3, 4).
Distort va Envelope tugmachalarining vazifalari oldingi ikkitasidan umuman farq qiladi:
Bu ikkala tugmachadan ixtiyoriy biri tanlanganda ob'yekt ortasida turgan oq nuqta “transformatsiya nuqtasi’” yo’qoladi.
Har ikkala tugmada ham markerlar ustiga borilganda sichqoncha ko’rsatkichi bir hil ko’rinishga kiradi.
Distort va Envelope yordamchi tugmachalari to’g’risida “Ob'yekt shaklini o’zgartirish va perspektiva effektini yaratish” darsida to’laroq tanishamiz.
Transform paneli yordamida bajariladigan amallar Free Transform uskunasi yordamida bajariladigan amallar bilan bir hil, faqat ularni qo’llanilishi bir-biridan ancha farq qiladi.
Izoh: Transform oynasi siz tanlagan kofiguratsiyada ishchi muhitda ko’rinmasa Window menyusining Transform menyu bandini tanlaysiz yoki <Ctrl>+T tugmalarini birgalikda bosasiz.
Transform oynasining ko’rinishi 4.11.27-rasmda tasvirlangan.