Rasm. 4.11.18. Turli qatlamlarda joylashgan bir nechta obyektlarni belgilash
Subselection Tool uskunasidan foydalanishda turli qatlamlarda joylashgan obyektlarni bir vaqtning o’zida belgilab bo’lmaydi. Bu uskuna bilan bir vaqtning o’zida faqat joriy(faol) qatlamdagi obyektlarnigina belgilash mumkin.
Bir nechta ob'yekt belgilab olingandan so’ng ularning birortasini ustida olib boriladigan amal boshqalariga ham tegishli bo’ladi. Masalan, bir nechta ob'yekt belgilangandan so’ng ulardan birortasini joyini o’zgartirsangiz qolganlarini ham joyi o’zgaradi (4.11.19.- rasm).
Rasm. 4.11.19.Bir nechta ob'yektni birgalikda siljitish
Lekin belgilash bekor qilingandan so’ng ularning o’zaro bo’gliqligi ham yo’qoladi. Agar bir nechta obyektdan bir butun ob'yekt sifatida foydalnish zarurati tug’ilsa ularni barchasini guruhlab olish maqsadga muvofiqdir.
Obyektlarni guruhlash Obyektlarni guruhlash uchun birinchi guruhlash lozim o’lgan obyektlarni belgilab olinadi, song’ra Modify menyusidan Group bandi tanlanadi. Bu menyu bandidan foydalanish obyektlarni qaysi uskuna yordamida belgilanishiga bog’liqdir.
Arrow yoki Lasso uskunalari yordamida turli qatlamlarda joylashgan ob'yektlarni belgilab, ularni guruhlash mumkin, obyektlar qatlamlarga mos ravishda guruhlanadi, ya’ni bitta qatlamda joylashgan belgilangan obyektlar bitta guruh bo’lsa, ikkinchisidagilari yana boshqa bir guruh va h. Guruhlangan obyektlar, ko’k hoshiyali to’rtburchak bilan o’ralgan holatda tasvirlanadi.( 4.11.20-rasm).
Subselecttion Tool yordamida faqatgina joriy(faol) qatlamdagi obyektlarnigina guruhlash mumkin.
Rasm. 4.11.20.Turli qatlamdagi obyektlarni guruhlangandan keyingi holat
Free Transform uskunasi bilan ham turli qatlamlarda joylashgan obyektlarni belgilab, ularni guruhlash mumkin hamda guruhlangan obyektlarni birgalikda shaklini o’zgartirish mumkin.
4.11.21-rasmda Free Transform uskunasi bilan turli qatlamda joylashgan obyektlar belgilangan holat tasvirlangan. Belgilangan obyektlarni guruhlab, ular ustida kerakli operatsiya bajarilgandan so’ng(rasmda burchakka burish tasvirlangan), sichqoncha ko’rsatkichini stolning bo’sh joyiga bosib, keyin biror qatlamda joylashgan, guruhlangan obyektlardan birortasi tanlansa, shu qatlamdagi guruhlangan obyektlar barchasi belgilangan holatga o’tadi(4.11.22-rasm).
Guruhni qayta belgilash uchun to’rttala belgilash uskunasidan foydalanish mumkin: Arrow, Subselection, Free Transform yoki Lasso. Arrow uskunasi yordamida guruhni quyida keltirilgan ikkita usuldan foydalangan holda belgilash mumkin:
Guruhning ixtiyoriy biror obyektini ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib kelib chap tugmasini bosiladi
Sichqoncha tugmasini stolning bosh joyiga olib borib, uning chap tugmasini bosgan holda guruhni o’z ichiga oluvchi belgilash to’rtburchagini yasash(sichqonchani harakatlantirish) orqali belgilanadi. Bunda sichqoncha ko’rsatkichi shunday bosh joyga qo’yish kerakki, uning tugmasini bosib guruhni belgilovchi to’rtburchak yasalganda, shu to’rtburchak guruhni o’z ichiga olishi kerak.