Rasm. 4.11.21. Obyektlarni Free Transform uskunasi bilan guruhlash
va ularni holatini o’zgartirish
Rasm. 4.11.22. Avvalroq guruhlangan obyektlarni Free Transform uskunasi yordamida tanlanganda faqatgina faol qatlamdagi obyektlar belgilangan holatga o’tadi
Guruhni Free Transform bilan belgilashda boshqalaridan farqli ravishda ob'yekt o’zgartirish uchun tayyor holatda(trnasformatsiyani ifodalovchi, “Sezuvchan nuqta”larga ega to’rtburchak bilan) chiqadi(4.11.23-rasm).
Lasso uskunasi bilan guruhni belgilashda, belgilanishi kerak bo’lgan guruhni stoldan band qilgan sohasini aylantirib chizib chiqiladi.
Subselection uskunasi bilan guruhni belgilashda esa, guruhning ixtiyoriy bir obyekti ustida sichqoncha tugmasini bosish etarli.
Guruh belgilangandan son’g ular ustida bajarilgan amal shu guruh tarkibiga kiruvchi barcha obyektga tegishli bo’ladi.
Guruhlangan obyektlardan birortasini alohida tahrirlash kerak bo’lib qolsa, u holda guruhni tahrirlash rejimiga o’tiladi. Buning uchun:
Arrow uskunasi tanlanadi;
Guruhning tahrirlanishi kerak bo’lgan obyekt ustida sichqoncha chap tugmasi ikki marta bosiladi.
Tahrirlash rejimiga o’tilganligini quyidagi ikkita belgidan bilib olishimiz mumkin:
Ishchi muhitning uskunalari qatorida Group so’zi paydo bo’ladi;
Guruh tarkibiga kirmaydigan boshqa obyektlar va guruhning boshqa qatlamda yotuvchi obyektlari, guruh tarkibiga kiruvchi joriy qatlamdagi obyektlardan farqli ravishda xiraroq ko’rinishda nomoyon bo’ladi.(4.11.24-rasm)
Rasm. 4.11.23.Free Transform yordamida guruhni belgilangandagi holat
Rasm. 4.11.24. Guruhni tahrirlash rejimida obyektni tahrirlash
Obyektni tahrirlab bo’lingandan so’ng, Arrow uskunasini tanlanadi va stolning bo’sh joyiga borib, sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish natijasida yana boshlang’ich rejimga qaytiladi.
Guruhlangan obyektlarni bo’laklash uchun, guruhni belgilab, Modify menyusinig Ungroup bandi tanlanadi. Guruhlangan obyektlarni bo’laklash yoki murakkab elementlardan tashkil topgan obyektni bo’laklash uchun Modify menyusining Break Apart bandidan ham foydalanish mumkin. Bu buyruqdan foydalanish natijasida guruhdagi obyeklar yoki murakkab obyektlarning elementlari individual ravishda tahrirlashga tayyor holatga o’tadi. Bu buyruqni import qilingan rastrli formatdagi tasvirlar uchun ham qo’llash mumkin.
Break Apart buyrug’idan foydalanish joriy ob'yektga yoki guruhga ba’zi bir qayta tiklanmaydigan o’zgartirishlarni yuzaga chiqarishi mumkin, hususan:
Simvol nushasi bilan uning kutubhonada joylashgan asl(original) simvol orasidagi bog’liqlik uziladi;
Animatsiyali simvollarda joriy freymdan boshqa barcha freymlar o’chiriladi;
Rastrli tasvirlar ranglar bilan to’ldirilgan alohida ob'yekt(lar)ga aylanadi;