Rasm. 4.11.4. Arrow tugmasining qo’shimcha hususiyatlarini beruvchi uskunalar.
Rasm. 4.11.5. Ob’yektlarni bog’lash
Rasm. 4.11.6. Siniq chiziqni Arrow Tool yordamida tekislash
Obyektning ihtiyoriy qismini Arrow tool bilan belgilash uchun sichqoncha ko’rsatkichini ob'yekt cegarasiga yaqin bo’sh joyga olib kelib, sichqoncha chap tugmasini bosgan holda uni obyektga qarab siljtiladi, siljish davomida hosil bo’luvchi tortburchak belgilanuvchi sohani bildiradi
(4.11.7-rasm)
Rasm 4.11.7.Arrow Tool yordamida obyektning ixriyoriy biror qismini belgilash
Arrow tool yordamida obyektni shaklini ham ozgartirish mumkin. Buning uchun ArrowTool ni tanlab, obyektning chegara chizig’i ustiga boriladi. Agar sichqoncha ko’rsatkichi ostida kichkinagina yoy yoki to’rburchak paydo bo’lsa, ana shu erda sichqoncha chap tugmasini bosib, uni qo’yib yubormagan holda sichqoncha siljitiladi(4.11.8-rasm).
Agar sichqoncha korsatkichini biror soha ustiga olib borilganda ko’rsatkichi tagida biror belgi(masalan, to’rburchak, aylana, yoy va h.) hosil bo’lsa bu soha “sezuvchan soha” deyiladi.
Rasm 4.11.8. Arrow Tool yordamida ob'yekt chegara chizig’ini o’zgartirish
Lasso Tool Obyektlarni Lasso uskunasi bilan ham belgilash mumkin. Buning uchun uskunalar panelidan Lasso uskunasi tanlanadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda ob'yekt atrofida chiziq tortiladi
(4.11.9-rasm).
Obyektning ihtiyoriy qismini Lasso tool bilan belgilash uchun Lasso Tool ni tanlab, sichqoncha tugmasini bosgan holda belgilanuvchi sohani chizish kifoya(4.11.10-rasm).
Rasm. 4.11.9.Obyektni Lasso bilan belgilash
Lasso Tool ni qo’shimcha hususiyatlarini beruvchi ikkita tugma mavjud(4.11.11-rasm):
Magic Wand. Ushbu tugmacha rastrli tasvirlarda biror ranglar to’plami uchragan sohani belgilash va belgilangan soha chegarasini tekislash uchun ishlatiladi. Tekislash parametrlari Magic Wand Properties tugmasini bosilganda chiqadigan oynadan tanlanadi(4.11.11.rasm).
Polygon Mode – Ushbu rejim tanlanganda belgilanuvchi soha ko’pburchak shaklida to’g’ri chiziqlar yordamida ko’pburchak hosil qilish orqali belgilab chiqiladi, burchakni hosil qilish uchun esa, sichqoncha tugmasi bir marta bosiladi, belgilashni tugatish uchun esa ikki marta bosiladi .