Ob'yektni burish Obyektni burish (Rotating) deb bu erda - uni transformatsiya nuqtasi atrofida biror burchakka burish nazarda tutilyapti.
Ob'yektni burish quyidagi usullar b’yicha amalga oshirilishi mumkin:
To’g’ridan-to’g’ri sichqoncha yordamida;
Transform oynasida ob'yekt burish burchagini berish orqali.
Ob'yektni to’g’ridan-to’g’ri sichqoncha yordamida burish uchun:
Free Transform uskunasi tanlanadi va kerakli ob'yekt belgilanadi;
Burish markerlaridan birortasini ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib, sichqoncha chap tugmasini bosgan holda uni kerakli yo’nalish bo’yicha harakatlantiriladi.
Ob'yektni Transform oynasi orqali burish uchun:
Arrow uskunasi bilan kerakli ob'yekt tanlanadi;
Transform oynasidan Rotate tanlash maydonchasi tanlanadi va mos matnli maydonga ob'yektni burish burchagi qiymati beriladi(Boshlang’ch holatda bu maydonda 0.0 soni turadi). Agar matnli maydonga musbat son kiritilsa ob'yekt berilgan burchakka soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha buriladi va aksincha manfiy son berilsa soat strelkasiga teskari yo’nalish bo’yicha buriladi;
tugmasi bosiladi.
Ob'yektni akslantirish Flashda obyektni biror simmetriya o’qi boyicha gorizontal yoki vertikal akslantirish(Flipping) mumkin.
Ob'yektni akslantirish uchun Modify menyusining, Transform menyu bandidagi quyidagi ikki buyruq(ichki menyu bandi)dan foydalanish mumkin:
Flip Vertikal(Vertikal akslantirish);
Flip gorizontal(Gorizontal akslantirish).
4.11.32-rasmda bu ikki buyruqdan foydalanib tasvirlarni akslantirishga misollar keltirilgan.
Ob'yektni Free Transform uskunasi yordamida ham akslantirish mumkin. Buning uchun uskunaning “universal rejimida” yoki Scale qoshimcha imkoniyat tugmachasini tanlagan holda biror o’lchamni ozgartirish markeri ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib boriladi. Uning chap tugmasini bosgan holda transformatsiya nuqtasi tomon harakatlantiriladi va tramsformatsiya nuqtasidan o’tkazib sichqoncha tugmasi qo’yib yuboriladi (4.11.33-rasm).