Insonning shaxs sifatida rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki tarbiya ta’sir etadimi? Bu uch omilning o’zaro munosabati qanday?
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan
birini egallab
, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni
yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar.
XVI asr
falsafasida
vujudga kelgan
preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy
muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-
naslga
o’tib,
insonga
u
tabiatan
berilgan,
deyiladi.
Mazkur
ta’limot
vakili
amerikalik
olim
E.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi
va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe
ham
shaxs
rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat
miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh
xorijiy olimlar rivojlanishni
biologik (nasliy) omilga bog’laydilar.
Biologik oqimga
qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari
bola shaxsining jismoniy,
psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy
sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining
shaxs sifatida rivojlanib
, taraqqiy etib borishi, uning shaxs
bo’lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya
ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan
ijtimoiy
hayotdagi
murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning
munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga
chiqarishi
yoki yo’q qilishi mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi
uchun
tarbiya kerak
, degan
g’oyani ifodalaydi.
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi
rivojlanishi tabiat, muhit, inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol
ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.
SHaxsga
ijtimoiy
muhitning
ta’siri
ham
muhim.
Bu tarbiya
tizimi orqali
amalga
oshiriladi.
Birinchidan, tarbiya ta’sirida
muhit
bera olmagan bilim
, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil
bo’ladi.
Ikkinchidan,
tarbiya
tufayli
tug’ma
kamchiliklar
ham
o’zgartirilib,
shaxs
kamolga
yetadi.
Uchinchidan,
tarbiya
yordamida
muhitning
salbiy
ta’sirini
ham
yo’qotish
mumkin.
To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak Prezident I.A.Karmimovning quyidagi so’zlarini keltirishni joiz bilamiz «…yurtimizning
ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z
zimmasiga olishga qodir bo’lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz …».
SHunday ekan, yoshlarni tarbiyalab rivojlantirish bir-biriga ta’sir etadigan bu tarbiya tamoyilidir.
Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi,
oila muhiti
, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama
rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: