SHaxsning ijtimoyilashuvi
. SHaxs
ijtimoiy munosabatlar
jarayonida shakllanadi
.
CHunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog’liq bo’lgan
holat va hodisalar o’rgatiladi. Bu jarayonda o’quvchi jamiyatga «kirishadi» va u
bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim,
qadriyat,
axloqiy
qoida
, ko’rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom
etadigan
murakkab jarayon
. CHunki har qanday
jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy
me’yorlar
va qoidalar
tizimini ishlab chiqadi
, har bir bola yuqoridagi qoidalarni
qabul qilib, o’rganib
mazkur jamiyatda yashash
, uning a’zosi bo’lish imkoniyatiga
ega bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq
ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan,
shaxsning shakllanishiga turli g’oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko’rsatadi.
Odamlar ijtimiy me’yorlar va axloqiy qoidalar bilan
munosabatga kirishadilar va
uni o’rganadilar.
Ijtimoiylashuv
jarayoni
ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson
jamiyat
talablariga
mos
kelishi,
unga
«kirishib»
ketishi,
jamiyat
rivojlanishidagi
salbiy jihatlarga
, shaxsning individual rivojlanishiga to’sqinlik
qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba’zan aksi ham
bo’ladi: to’liq ijtimoiylashgan,
jamiyatga
kirishib ketadigan
, ammo muhitda ba’zi
salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko’rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko’p jihatdan butun jamiyat,
tarbiya muassasalari
, o’qituvchilar hamda
ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g’oyasi
yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
Zero, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham
ta’kidlab o’tilganidek, uzluksiz ta’limni
tashkil etish, rivojlantirish hamda
ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda
estetik boy
dunyoqarashni shakllantirish
, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va
ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: