O’qituvchi va tarbiyachilar o’quvchilarga nisbatan talabchan bo’lishlari va
qo’ygan talablarining o’quvchilar tomonidan so’zsiz bajarilishiga
erishmoqlari lozim. Bu esa bolalarni kattalar tomonidan qo’yilgan oqilona
talablarni o’z vaqtida bajarishga odatlantiradi.
SHu bilan birga, bolalar
o’zlariga nisbatan ham talabchan bo’ladilar.
Tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan o’qituvchilar, ota-onalar, bolalar va
yoshlar tashkilotlari hamda barcha jamoatchilik
tomonidan bir xilda talab
bo’lishini, ya’ni talabda birlik bo’lishini ta’min etish g’oyat muhimdir.
Maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari, o’qituvchilar bilan ota-onalar
o’quvchilarga bir xilda talab qo’yishni ta’min etishlari kerak. Ota-onalar
ham, o’z
navbatida, bolalarni tarbiyalashni maktab bilan mustahkam
aloqada olib borishlari hamda bolalarga nisbatan maktab bilan birga bir xil
talab qo’yishlari lozim. Oila a’zolari: ota-ona, aka-uka, opa-singil va
boshqalar o’rtasida ham bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda birlik bo’lishi
zarurdir. Bolaning sinfdan-sinfga o’tishi, yoshining ulg’ayishi, saviyasining
ortishi, dunyoqarash doirasining kengayib
borishi bilan talablarning
mazmuni va shakli ham o’zgarib, ortib boradi.
Xullas, o’quvchilarga nisbatan talabchan bo’lish, ularga samimiy muhabbat
va hurmat bilan qarash qoidasini oqilona hamda mohirlik bilan to’g’ri
qo’llanishi, o’quvchilarnig kuchiga, imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga -
tarbiyaning muvaffaqiyatli borishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: