Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi printsipi .
Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy
xususiyatlar asos qilib olinadi. Tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol
topgan - barkamol inson shaxsini tarbiyalashdir.
O’qituvchilar jamoasi va har bir o’qituvchi-tarbiyachi ana shu maqsadlardan
kelib chiqib, tarbiyaviy ishlarning vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini
aniqlaydi hamda maktab ish sharoitlarini hisobga olgan holda o’quvchilarni
tarbiyalashning
shakl
va
uslublarini
tanlaydi.
Tarbiyaning hayot bilan bog’liqligi printsipi Bu qoida tarbiyaviy ishlarning mazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab
turishni talab etadi. Tarbiyachilar bolalar tarbiyasini hayot bilan bog’lar
ekanlar, ularga o’zlarida iymon-e’tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar.
Tarbiyaviy ishlar shunday tashkil qilinganda yoshlar jamiyat hayotiga
faolroq jalb qilinadi, bu esa o’quvchi shaxsining tarkib topishiga yordam
beradi.
SHAXSNI JAMOADA VA JAMOA ORQALI TARBIYALASH PRINSIPI Ilg’or o’qituvchilar tajribasining ko’rsatishicha, o’quvchilar ahil jamoa bo’lib
uyushgandagina tarbiya ishlarini amalga oshirish ancha yengil bo’ladi va
muvaffaqiyati ta’minlanadi. Yaxshi uyushgan, sog’lom jamoada
o’quvchilarning fikri juda katta tarbiyaviy kuchga ega bo’ladi va tarbiya
jarayonida o’qituvchilarning tayanchiga aylanadi.
O’z manfaatini jamiyat manfaatlari bilan qo’sha bilish, bir-biriga o’zaro
yordam berish kabi qimmatli fazilatlar avvalo jamoada shakllanadi.
O’quvchilar jamoasida har bir shaxsning kamolga yetishi, hamda sinfda va
umuman maktabda do’stlik rishtalarini mustahkamlash uchun qulay sharoit
yaratmoq darkor. SHuni ham aytish kerakki, ba’zan tarbiya jarayonida
jamoa bilan shaxs o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf qilishga ham
to’g’ri keladi.
O’quvchilarda jamoa manfaatini ko’zlash, jamoatchilik hissi, avvalo
birgalikda o’qish va mehnat qilish jarayonida mustahkamlanadi.
O’qituvchi va tarbiyachi o’zining tarbiyaviy ishlarida hamma vaqt o’quvchilar
jamoasiga va ular orasidagi faol o’quvchilarga tayanmog’i, o’quvchilarni turli
ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib, ularga jamoachilik ruhini singdirib
borishi
lozim.