Kompyuter lingvistikasi


Aqliy hujumni tashkil etish jarayonining tuzilishi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə103/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Aqliy hujumni tashkil etish jarayonining tuzilishi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoali AH
1. O‘qituvchi butun guruhga muammoli topshiriq beradi va uni hal etish bo‘yicha fikrlarni ifoda etishni taklif etadi. Qo‘yilgan muammoga taalluqli har qanday fikrni ifoda etish mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiradi. AH qoidalari bilan tanishadilar.
2. Fikrlar ifodalanadi, o‘qituvchi (assistent) esa ularni doskaga yoki flipchartga yozadi.
3. AH tugashi bilan: (1) fikrlar baholanadi va eng yaxshilari tanlanadi; (2) barcha yozilgan fikrlar taqdim etilgan muammoni konstruktiv qarorini ishlab chiqish maqsadida guruhlashtiriladi, toifalarga bo‘lib chiqiladi (Pinbord texnikasi, toifali jadvalga qarang).


Ommaviy AH
1. O‘qituvchi muammoni hal etishning bir nechta jihatlarini tayyorlaydi va katta qog‘ozga yozadi.
2. Barcha ishtirokchilar kichik guruhlarga bo‘lingandan so‘ng (5-6 kishi) ularga muammoni hal etishning bittadan jihati yozilgan varaqlar tarqatiladi.
3. 10-15 daqiqa ichida guruhlarda AH o‘tkaziladi va uning natijalari varaqga yoziladi.
4. Muammoni hal etish bo‘yicha taklif qilingan fikrlar guruhlar tomonidan namoyish etiladi.
5. Fikrni jamoali baholash amalga oshiriladi.
6. Muammoni hal etish bo‘yicha bildirilgan eng yaxshi fikrlar (variantlar) tanlanadi va ular asosida yagona fikr shakllantiriladi.
KOMPYUTER LINGVISTIKASI” FANIDAN
TEST SAVOLLARI


TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI


Ushbu fan bo‘yicha talabalar bilimini JORIY NAZORAT (JN) mezonlari


Har bir JNdan saralash bali 5,5, umumiy saralash 22





Ajratil-gan ball

Baholash mezoni

1.

8,6-10 ball

Mashg‘ulotga to‘liq qatnashish; topshiriqlarni to‘la va sifatli bajarish; mustaqil ishini ham to‘la bajarish; berilgan savollarga batafsil javob berish; berilgan test topshiriqlarini 86-100 foizda bajara olsa; tahlillarni yuqori saviyada amalga oshirish; fikrni ilmiy-nazariy adabiyotlar yordamida asoslash; qo‘yilgan masala yuzasidan mustaqil mushohada yuritish; tizimli yondashish, uzviylikka amal qilish; imloviy, punktuatsion va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik; og‘zaki bayonda ravonlik, adabiy uslub meyorlariga to‘la amal qilish; nazariy jihatdan xulosalash.

2.

7-8,5 ball

Mashg‘ulotga qatnashish; topshiriqlarni to‘g‘ri bajarish; mustaqil ishi mavzusini mohiyati ochish; mashqlarni bajash; taqdim etilgan savollar mazmunini anglash; berilgan test topshiriqlarini 71-85 foizda bajarsa; mavjud ilmiy adabiyotlardan kelib chiqib, savollarga javob yozish; mustaqil fikr yuritish; matnni tahlil qilish; tizimli yondashish; ba’zi imloviy xatolarning mavjudligi; og‘zaki bayonda adabiy uslub meyorlariga amal qilish; xulosalarni bayon qilish.

3.

5,5-7 ball

Mashg‘ulotga qatnashish; topshiriqlarini qisman bajarish; mustaqil ishini qisman bajarish; savollar va berilgan mavzuning mohiyatini tushunish; berilgan matnni qisman tahlil qilish; bildirilayotgan mulohazalarni nazariy jihatdan asoslash; qo‘yilgan vazifalar yuzasidan mustaqil fikr yuritish; berilgan test topshiriqlarini 55-70 foizda bajarsa; javoblarda qisman tizimli yondashuv va uzviylikning mavjudligi; ayrim imloviy, uslubiy, punktuatsion xatolarga yo‘l qo‘yish; og‘zaki bayonda ravonlikning buzilganligi; muayyan xulosalarni qayd etish.

4.

1-5,4 ball

Mashg‘ulotga qatnashish, topshiriqlarini juda kam bajarish; mustaqil ishi ham yo‘l-yo‘lakay bajarish yoki bajarmaslik; mashqlarni bajara olmaslik; qo‘yilgan masala haqida tasavvurning mavjudligi; savollarga javob yozish hamda referat mavzusini yoritishda ilmiy-nazariy qoidalarga rioya qilmaslik; berilgan matnni tahlil qila olmaslik; berilgan test topshiriqlarini 10-50 foizda bajarsa; fikrning nazariy adabiyotlar yordamida yetarlicha asoslanmaganligi; tizimli yondashuv va uzviylik tamoyillariga amal qilinmaganligi; ishda imloviy, uslubiy, punktuatsion xatolarga yo‘l qo‘yish; og‘zaki bayonda ravonlikning yo‘qligi; xulosalarda yondashuvning yuzaki ekanligi.




Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin