Aqliy hujum (brain storming – miyalar bo‘roni)– amaliy yoki ilmiy muammolarni hal etish, fikrlarni jamoali generatsiya qilish usuli bo‘lib, bunda ishtirokchilar murakkab muammoni birgalikda hal etishga intilishadi, ya’ni bu muammoni hal etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi (generatsiya qiladi), bu fikrlar tanqid qilinmasdan ular orasidan eng muvofig‘i, samaralisi, maqbuli va shu kabilari tanlab olinib, muhokama qilinadi, rivojlantiriladi, ushbu fikrlarni asoslash va rad etish imkoniyatlari baholanadi.
Aqliy hujumning asosiy vazifasi – o‘quv faoliyatini faollashtirish, muammoni mustaqil tushunish va hal etishga motivlashtirishni rivojlantirish, muloqot madaniyati, kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Aqliy hujumning ikki ko‘rinishi mavjud bo‘lib, ular asosan quyidagilar:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoali aqliy hujum– iloji boricha ko‘proq fikrlar yig‘ilishini ta’minlaydi. Butun o‘quv guruhi (25 tadan ortiq bo‘lmagan) bitta muammoni hal etadi.
Ommaviy aqliy hujum – mikroguruhlarga bo‘lingan kata auditoriyada (60 kishigacha) fikrlar generatsiyasi samaradorligini keskin oshirish imkonini beradi.
Har bir guruh ichida umumiy muammoning bir jihati hal etiladi.
Aqliy hujumni tashkil etish qoidalari:
Hech qanday o‘zaro baholash va tanqidga yo‘l qo‘yilmaydi.