Ushbu fan bo‘yicha talabalar bilimini ORALIQ NAZORAT (ON) mezonlari 1- oraliq nazorat: Og‘zaki, 5 ta savol beriladi (shundan: 3 tasi mustaqil ish topshiriqlariga qaratiladi), har biriga 3 balldan. Har bir savolning saralash bali 1,7, umumiy saralash 8,25
№
Ajratilgan ball (har bir javobga)
Baholash mezoni
1
2,6-3 ball
Savol mohiyatini to‘la ochish; aniq javob berish, to‘g‘ri xulosa chiqarish, mustaqil ish topshiriqlarini to‘la bajarish; mustaqil fikr yuritish; tizimlilik va uzviylikning aniqligi; savollarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash; o‘tilgan mavzular bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lish; ilmiy-nazariy adabiyotlarda qayd etilgan mulohazalardan atroflicha xabardor bo‘lish.
2
2,1-2,5 ball
Savol mohiyati umumiy ochilgan, asosiy fikrlar bayon etilgan, mustaqil fikr yuritish; savollarning mazmun- mohiyatini anglash; tizimlilikning mavjudligi; mustaqil ish topshiriqlarini bajarish; o‘tilgan mavzular bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lish; ilmiy-nazariy adabiyotlarda qayd etilgan mulohazalardan xabardor bo‘lish.
3
1,7-2 ball
savollarga umumiy javob berish; savollarning mohiyatini tushunish; o‘tilgan mavzular bo‘yicha qisman tasavvur hosil qilish; tizimlilikning chalkashligi; mustaqil ish topshiriqlarini qisman bajarish; ilmiy-nazariy adabiyotlarda qayd etilgan mulohazalardan ma’lum darajada xabardor bo‘lish.
4
0-1,6 ball
Savolga juda qisman javob berish, ammo kamchiliklar ko‘p, mustaqil fikrga ega emaslik, tasavvurga ega bo‘lmaslik, bilmaslik.