Tekshirish uchun savollar:
1. Excel dasturi qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan va qaysi
dasturlar majmuasi tarkibiga kiradi?
2. Excel dasturida ma’lumot qaerga va qanday ko‘rinishda kiritiladi?
3. Exceldasturining oynasi nechta qismdan iborat? Ularga ta’rif bering.
4. Excel dasturining jadvali nechta ustun va satrlardan iborat?
5. Excel dasturida katak ichiga nima kiritish mumkin?
6. Excel dasturida formula qaysi belgi bilan boshlanadi?
7. Excel dasturida yaratilgan fayl qanday kengaytmaga ega bo‘ladi?
8. Diagramma va ularning turlarini yaratishda foydalaniladigan qo‘shimcha
dastur nomi?
9. Uskunalar panelidagi quyidagi uskuna nima uchun mo‘ljallangan?
10.Uskunalar panelidagi quyidagi uskuna nima uchun mo‘ljallangan?
11. Excel dasturida elektron jadval sahifalari soni cheklanganmi?
12. Excel dasturida elektron jadval sahifalari soni qay tarzda
ko‘rsatiladi?
13. Excel dasturining ishchi fayli avtomatik tarzda qanday nomga ega bo‘ladi?
14. Excel dasturining elektron jadvalidagi ma’lumotlarni boshqa Office
tarkibiga kiruvchi dasturlarda ishlatish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa,
ularni ko‘rsatib o‘ting.
100
9. MA’LUMOTLAR OMBORI.
9.1. Ma’lumotlar omboriga olib keladigan masalalar.
Jamiyatni axborotlashtirishda ma’lumotlar omborining o‘rni beqiyos bo‘lib,
bunga jamiyatning barcha sohalaridan misollar keltirish mumkin.
Xabaringiz bor, Toshkentda telefon raqamlari yetti xonali raqamlar bilan
almashtirilmoqda, ya’ni Toshkentdagi telefonlar soni bir millionga yaqinlashib
qoldi. Shunday katta xo‘jalikni boshqarishning o‘zi bo‘lmaydi, albatta. Bu
xo‘jalikni yuritishning o‘ziga qanchadan-qancha ishchi kuchlari sarf bo‘ladi. Hisobot
ishlari ham katta kuch va mablag‘ talab qiladi. Shunday katta miqdordagi
abonentlar bilan hisob-kitob qilish uchun hisobchilarning butun boshli bir
armiyasi kerak bo‘ladi, lekin ular ham bu ishlarni eplay olishmaydi. Chunki bexato
ishlaydigan hisobchining o‘zi yo‘q. Ko‘z oldingizga keltiring: siz telefoningiz
uchun uch baravar ko‘p pul to‘laysiz, qo‘shningiz esa uch yildan beri pul to‘lamaydi.
Bu ishlar kompyuter zimmasiga yuklanganligi uchun yuqoridagi kabi xatolar
deyarli uchramaydi. Deyarli deyishimizga sabab, onda-sonda uchrab turadigan
kamchiliklar kompyuterni boshqaruvchi xodimlar aybi tufayli yuz beradi.
Kompyuter bu ishlarni qanday amalga oshirishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
Albatta, bu hisob-kitob ishlarini elektron jadvallar yordamida bajarish mumkin,
lekin bir million abonenti bo‘lgan Toshkent shahri uchun emas.
Toshkent shahrida so‘nggi besh yil ichida chorak million avtomobillar
sotildi. Shuncha avtomobillarni hisobga olish uchun kompyuterdan foydalanishdan
o‘zga chora yo‘q. Buning uchun ham ma’lumotlar omboridan foydalanishga to‘g‘ri
keladi.
Respublikamizda har yili deyarli uch yuz ming o‘quvchi oliy va o‘rta maxsus
o‘quv yurtlariga kirishga harakat qiladi. Shuncha o‘quvchi bir kunda – 1 avgust kuni
test topshiradi va test natijalari o‘n kun ichida ma’lum bo‘ladi. Bunday qisqa
fursat ichida yuzdan ortiq o‘quv yurtlarining har biri uchun ularga hujjat
topshirgan abiturientlarning javob varaqalarini qayta ishlab, ularning to‘plagan
ballarini hisoblab, shu ballar bo‘yicha abiturientlarni tartiblab chiqish, o‘qishga
qabul qilinganlarini saralash kabi ishlar kompyuter zimmasiga yuklanganligi
uchun muvaffaqiyatli hal qilinadi. Eng asosiysi, shuncha ish bajarilishiga
qaramay, xatoga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki bu yerda xatoga yo‘l qo‘yib ham bo‘lmaydi,
sababi, har bir xato orqasida bir o‘quvchining taqdiri yotadi. Bu ishlarning
muvaffaqiyati kaliti ham ma’lumotlar omboridir.
O‘zbekistonda sakkiz million mehnatga layoqatli aholi bor. Ularning
hammasi soliq inspeksiyasi tomonidan hisobga olingan bo‘lib, ularning
daromadlari davlat tomonidan nazorat qilib boriladi. Agar biror kimsa
daromadini yashirsa yoki o‘z vaqtida daromadlari deklaratsiyasini topshirmasa,
ularning har biri soliq inspeksiyasiga chaqirilib, tegishli chora ko‘riladi.
Shunday katta hajmdagi ma’lumotlar ham ma’lumotlar ombori ko‘rinishida
saqlanadi.
Ma’lumotlar omboriga misol sifatida oylik ish haqini hisoblash va uni
saqlashni ham keltirish mumkin. Oylik ish haqini elektron jadvallar yordamida
ham hisoblash mumkin, lekin agar korxona juda katta bo‘lsa yoki butun buxgalteriya
101
ishlari kompyuterlashtirilgan bo‘lsa, ularni ma’lumotlar ombori yordamida qayta
ishlash va saqlash samaraliroqdir. Masalan, Toshkent davlat texnika
universitetida 2000 dan ortiq o‘qituvchi va xodimlar ishlaydi, 7000 ta talaba
o‘qiydi. Ularning oylik ish haqlari va stipendiyalarini to‘rt kishi va ikki
kompyuter hisoblab beradi.