Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi Mehnat resurlarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
Mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi – ya’ni amaldagi qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan yosh chegaralari oralig‘ida shaxslar va II guruh ishlamayotgan nogironlardan va ishlamayotgan, yoshi bo‘yicha imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan fuqarolardan iboratdir.
Mehnat yoshidan o‘tgan ishlayotgan shaxslar va ishlayotgan o‘smirlarmehnat yoshiga etmagan shaxslar.
Iqtisodiy faol aholi (ish kuchi) – bu aholining tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun o‘z ishchi kuchini taklif etishni ta’minlaydigan qismi. Iqtisodiy faol aholi soni ish bilan bandlarni va ishga joylashishga muhtoj shaxslarni o‘z ichiga oladi.
Ish bilan bandlar: a) pul bilan to‘lanadigan yoki natura holidagi haq evaziga yollanib, shuningdek, o‘z faoliyati evaziga qancha muddati haq yoki daromad olishdan qat’iy nazar, foyda yoki oilaviy daromad olish uchun yollanmasdan haftasiga kamida 2 soat mobaynida ish bajarganlar; b) kasalligi yoki jarohatlanganligi tufayli, bemorlarga qarab turish uchun; yillik mehnat ta’tili yoki dam olish kunlarida; o‘z ish joyidan tashqarida ta’lim olganligi uchun; ma’muriyat tashabbusi bilan ta’minoti saqlab qolingan yoki saqlanmagan holda mehnat ta’tilida bo‘lgan va boshqa shunga o‘xshash sabablar bilan vaqtincha ishda bo‘lmaganlar; v) oilaviy korxonada haq olmasdan ish bajargan shaxslar.
Ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj aholi – amaldagi qonunlarga muvofiq ishsizlar sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan (mehnat organlari bandlikka ko‘maklashish markazlari tashkil etadigan, haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ish bilan band bo‘lgan davri ham qo‘shganda), shuningdek, mehnatga qobiliyatli yoshda bo‘lib, vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan, haq to‘lanadigan ishi yoki daromd keltiradigan mashg‘uloti bo‘lmagan,yo mehnat organlari yordamida, yoki mustaqil ravishda faol ish izlayotgn va o‘zlariga ish taklif etilishi bilanoq unga kirishishga tayyor bo‘lgan shaxslardir.