Kalendar dasturlarini muvofiqlashtirish Materiallarga bo’lgan talab
Uskunalarga bo’lgan talab
Ishni bajarish bo’yicha yo’riqnoma
Nazorat hujjatlari
Axborot yetkazish
Foydalangan materiallar
Foydalangan uskunalar
Ishlab chiqarish: ishlab chiqarishning borishi va to’xtab qolishlar
Mehnat xarajatlari
Tayyorlangan mahsulotlar
soni, (dona)
Vaqt, uskunalar va stanoklardan foydalanish
Mahsulot tayyorlash ustidan bevosita nazorat Tayyorlanayotgan mahsulotlar hisobi va yaroqliligi
Operasiyalar oralig’ida materiallarning detallar dastgohiga
Jismoniy harakatlanish: Ko’zda tutilmagan to’xtab qolishlarni bartaraf etish To’xtab qolish va zaif joylarni yo’qotish
To’xtab qolishlarning oldini olish
Hozirgi paytda korxonalarning aksari qismi asosan joriy rejalar (biznes-rejalar) tayyorlash bilan shug’ullanmoqda. Biznes-rejalarda eng muhim rejalashtirish ko’rsatkichlari quyida keltirilgan:
ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) nomenklaturasi va hajmi (natural ko’rinishda);
aylanma vositalar hajmi - umumiy va guruhlar bo’yicha;
kapital qo’yilmalar hajmi, jumladan, qo’yilma obyektlari va yo’nalishlari bo’yicha;
yangi texnika va texnologiyaga oid chora-tadbirlar;
boshqa ko’rsatkichlar (zarurligi va aniqlanishiga ko’ra).
Yangi mahsulotlar va texnologiyalarni qo’llash loyihalari, shuningdek, investisiyalar va qurilish bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlarning bir qismi alohida rejalarga kiritiladi. Ular chora-tadbirlarni amalga oshirishning butun davriga tuziladi.
Rejalashtirish tizimi maqbul yo’lga qo’yilganda rejada belgilangan ko’rsatkichlarning raqamlarda belgilanishi kiritilgan mutlaq kattalik sifatida ko’rib chiqilishi lozim. Rejalarning bajarilishi ustidan nazorat qilish ko’p hollarda chetga og’ishlarga nisbatan yuritilib, ular tahlil qilinadi, chetga og’ishning sabablari aniqlanadi hamda chetga og’ishlar salbiy xarakterli bo’lsa, ularga nisbatan zaruriy choralar qo’llanadi. Rejalashtirishda mohiyatiga ko’ra, korxona oldida turgan ishlab chiqarish vazifalari va korxonaning iste’molchilar talabiga munosabatiga tavsiflovchi buyurtmalar “portfeli”ni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Kalit so‘zlar Strategiya, xususiyatlar, rejalashtirish, tashkiliy tuzilma, rahbar, bashorat, me’yor, me’yoriy, rejalashtirish turlari.