Majoritar aksiyadorlar uchun korporativ xulq-atvorning tamoyillarini tushuntirib bering.
Kompaniya direktorlari uchun korporativ madaniyat tamoyillari qanday ahamiyatga ega?
Kompaniya menejerlari uchun korporativ madaniyat tamoyillari nimalardan iborat?
bob. KORPORATIV BOSHQARUV MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Korporativ boshqaruvning milliy modelini
shakllantirish
Turli mamlakatlarda korporatsiyalarni boshqarish tarkibi korporativ munosabatlami tartibga soluvchi qonunchilik asoslari, muayyan mam- lakatda yuzaga kelgan xarakterli boshqaruv tarkibi kabi omillar bilan belgilanadi. Har bir mamlakatda korporatsiyalarni boshqarish tarkibi uni boshqa mamlakatlar tarkibidan farqlab turadigan ma’lum bir elementlarga ega. Tadqiqotchilar korporatsiyalarni boshqarishning uchta asosiy modeli: ingliz-amerika modeli, nemis modeli va yapon modelini ajratib kohsatadi. Dastlabki ikki model rivojlangan kapital bozorlarida hukmronlik qiladi. Ingliz-amerika modelini ко‘rib chiqishda uning shaxsiy jamg‘armalarni fond bozori orqali harakatga solish darajasining yuqoriligi, kapitalning kompaniyalar va tarmoqlar orasida oson ko‘chib o'tishi, shuningdek, kompaniyalarning axborot jihatidan ochiqlik darajasi yuqoriligi kabi asosiy afzalliklarini ajratib ko'rsatish zarur.
Modelning kamchiliklari sifatida asosan qisqa muddatli maqsad- larga yo‘naltirilganlik, investitsiya loyihalari daromadliligiga talablar- ning qattiqligi va h.k.ni kohsatish mumkin. Nemis modelining afzallik- lari uzoq muddatli strategiyaga moyillik, kompaniyalar moliyaviy barqarorligining yuqoriligi hisoblanadi. Kamchiliklar esa mayda aksiyadorlar huquqlariga yetarli e’tibor qaratilmaslik, axborotning ochiqlik darajasi pastligidan iborat. Korporativ boshqaruv milliy modelini shakllantirish istiqbollarini baholashda real ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tahliliga tayanish lozim. O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning mavjud klassik modellari elementlarini qamrab olgan o‘zining o‘ziga xos modeli shakllanmoqda.
Amalda 0‘zbekistonda hozirgi paytda rasman barcha an’anaviy modellarning tarqoq holdagi tarkibiy qismlari mavjud: nisbatan may- dalab yuborilgan mulk (biroq nolikvid bozor va kuchsiz institutsional investorlar), nazorat va mulkni bir yerga to'plashning yaqqol va barqaror tendensiyasi (biroq to‘g‘ri keladigan moliyalashtirish va samarali monitoringsiz), har xil turdagi murakkab korporativ tarkiblar shakl-
lanishi (biroq biron-bir turga moyillik yo'q). Quyidagi tendensiyalami ham ko'rsatib o'tish mumkin:
moliya-sanoat guruhlarining gurkirab rivojlanishi bilan O'/be- kistonda yapon modeli — bank nazorati va moliyalashtirishga asos- b langan, nisbatan yopiq model tomon burilish ro'y berdi;
ingliz-amerika modeli bilan o'xshashliklar qayd etildi: modelda ham birinchi navbatda kompaniya qiymatini, uning qisqa muddatli istiqboldagi foydasini oshirishga yo'naltirilgan faoliyat rag'batlantiriladi;
boshqaruv tizimi yuqori moslashuvchanligini qo'llab-quwatlash, kompaniyalarning tashqi muhit, yangiliklar va riskka moslashuviga yo'nalganlikni ham qayd etish mumkin.
Shu tariqa, O'zbekistonda shunday vaziyat yuzaga keldiki, bu yerda korporativ boshqaruv tizimlarining bironta turi yetakchilik qilmaydi, korporativ boshqaruv milliy modeli esa endi shakllanish bosqichida turibdi.
Umuman O'zbekistonda korporativ boshqaruv milliy modelini rivojlantirishning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilami alohida ko'rsatish zarur:
korporatsiyalarda mulkni qayta taqsimlash uzluksiz jarayoni;
ko'plab insayderlarning (menejerlar va yirik aksiyadorlar) korporatsiya aktivlarini «chiqarish* va moliyaviy oqimlar nazorati bilan bog'liq o'ziga xos motivatsiyalari;
korporativ boshqaruv an’anaviy «tashqi» mexanizmlari sust yoki g'ayriodatiy roli (qimmatli qog'ozlar bozori, bankrot, korporativ nazorat bozori);
aksiyadorlik kapitalida davlat ulushining kattaligi hamda boshqaruv va nazoratning kelib chiqadigan muammolari;
samarasiz yoki tanlanma (siyosiylashtirilgan) davlat inforsmenti (aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish sohasida qonunchilik nisbatan rivojlangan holatda).
Shu bilan birga korporativ boshqaruv milliy modelining rivoj- lanishini qiyinlashtiradigan konseptual xarakterli qator muammolar mavjud:
O'tish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlar uchun korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirishning umumiy yondashuvi va umumiy yo'nalishi yo'qligi. Masalan, Djozef Stiglist 1999-yil mulk va boshqaruv o'rtasidagi aloqalar muammolari nuqtayi nazaridan agentlik munosabatlari zanjirini qisqartirishga ijobiy ta’sir ko'rsatgandagina insay derlar roliga e’tiborni kuchaytirish zarurligini qayd etgan. Xuddi shu yili
Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki keyingi o*n yillik uchun eng muhim yo‘nalishlardan bin sifatida «issiqjoy topib olgan insayderlar»ga qarshi kurash zaruratini ko‘rsatib o‘tgan.
Kengroq ma’noda mulk huquqining iqtisodiy tabiati masalasi «sof» nazariya doirasidan chiqadi — oxirgi paytlarda u xo‘jalik yuritish siyosatining dolzarb muammolari (masalan, xususiylashtirish natijasida vujudga kelgan muammolar) tobora ko‘proq bog‘laninoqda.
O‘zbekistonda korporatsiyalar mulk strukturasi endi shakllanish bosqichida turibdi, aksiyadorlik kapitalini konsolidatsiyalash jarayonlari ham davom etmoqda, shu boisdan korporativ boshqaruv strukturasining u yoki bu klassik modeliga moyillik haqida gapirishga hali erta.
0‘zbekistonda affilatsiyalangan munosabatlar va benefistiar egalik qilish muammolari o’tkir muammolardan sanaladi.
Shakllanayotgan korporativ boshqaruv milliy modelining sanab o'tilgan o‘ziga xos jihatlari iqtisodiy siyosat va huquq sohasida qarorlar qabul qilish uchun sezilarli qiyinchiliklar yaratmoqda. Bunda esdan chiqarmaslik kerakki, uzoq muddatli rejada korporativ boshqaruv modeilarini birxillashtirish umumjahon tendensiyasini hisobga olish lozim. Korporativ boshqaruv modelini huquqiy rasmiylashtirishning o‘zi (huquqiy vositalar) ikkilamchi va faqat real iqtisodiy jarayonlarga, jumladan, globallashuv jarayonlariga asoslanadi. Davlat nuqtayi nazaridan asosiy vazifa bu — korporativ boshqaruvni mulkchilik huquqini (investorlar huquqlari, aksiyadorlar huquqlari) kafolatlash va himoya qilish hamda korporativ munosabatlar barcha qatnash- chilarining manfaatlari (huquqlari) muvozanatini ta’minlash hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishning eng muhim institutsional sharti sifatida korporativ boshqaruv aynan shu nuqtayi nazardan ko‘rib chiqilishi lozim.
O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning shakllanish
muammolari va ulaming yechimlari
«Korporativ boshqaruv» muammosi O‘zbekistonda, ayniqsa, o‘tgan asrning 90-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Umumjahon jarayonlari, xususan, 80-yillarda AQSH va boshqa qator mamlakatlarda koiporativ boshqaruvga qiziqishning o‘sishi (institutsional investorlar kuchaygan bir paytda aksiyalar nazorat paketlarini nodo‘stona egallab olishga qarshi reaksiya sifatida), 1997— 1998-yillardagi jahon moliyaviy inqirozi va bozori rivojlanayotgan
mamlakatlarda korporatsiyalarning muammolari bunga undaydigan tashqi motivlarga aylandi.
1999-yil Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti korporativ . boshqaruv Tamoyillarining imzolanishi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti a’zo mamlakatlarining bu boradagi tajribalarini umumlashtirishga olib keldi. Tamoyillarning o'zi esa, jumladan, o'tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar uchun andozalar va yo'l-yo'riqlar potensial modelli tocplamiga aylandi,
Kompaniya intilishi lozim bo'lgan korporativ boshqaruv asosiy ko'rsatkichi korporativ boshqaruv samaradorligi hisoblanadi. Jahon bankining ta’rifiga ko'ra, samarali koiporativ boshqaruvga xos bo'lgan jihatlar quyidagilar hisoblanadi:
«shaffoflik»;
kompaniya faoliyati haqida moliyaviy va boshqa axborotlarni ochish;
menejment faoliyati ustidan ichki nazorat jarayonlari;
barcha aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish va ta’minlash;
direktorlarning kompaniya strategiyasini belgilash, biznes-rejalar tasdiqlash, boshqa muhim qarorlar qabul qilish, menejerlar tayinlash, ularning faoliyatini nazorat qilish, zarur hollarda menejerlarni ishdan bo'shatishda mustaqilligi.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti samarali korporativ boshqaruvning quyidagi jihatlarini ajratib ko’rsatadi:
halollik — investorlarning o'z mablag'lari himoyalanishiga ishonch;
«shaffoflik» — kompaniyaning o'z moliyaviy ahvoli ishonchli va to'liq axborotni o'z vaqtida ochish;
hisobdorlik — menejerlar kompaniya mulk egalariga hisobot beradi;
javobgarlik — kompaniyaning qonunlar va axloqiy me’yorlarga rioya qilish.
Samarali korporativ boshqaruv natijasi mahalliy miqyosda ham, global miqyosda ham namoyon bo'ladi:
kompaniya miqyosida samarali korporativ boshqaruv kompaniyaning aksiyadorlar va barcha manfaatdor shaxslaming manfaatlarini himoya qilgan holda maksimal foyda olishini ta’minlaydi;
davlat miqyosida samarali korporativ boshqaruv xususiy sektor, fond bozori va butun iqtisodiyotning rivojlanishiga xizmat qiladi;
jahon miqyosida samarali korporativ boshqaruv xalqaro moliya bozori strukturasini shakllantirishda moliya inqirozining ro'y berish riskini pasaytirishga imkon beradi.
Korporativ boshqaruv an’anaviy konsepsiyasiga muvofiq kompaniya farovonligining o'sishi bilan uning aksiyadorlari farovonligi ham o'sadi. Biroq zamonaviy konsepsiya aksiyadorlar farovonligi kompaniya farovonligidan farq qilishi va bu kompaniya va uning aksiyadorlari turli maqsadlarga ega bo'lishi mumkinligi bilan bog'liq ekanligini tan oladi.
Shu sababli samarali korporativ boshqaruv maqsadi — korporativ munosabatlar barcha qatnashchilarining manfaatlar muvozanatini tan olish hisoblanadi.
0‘zbekistonda korporativ boshqaruvning rivojlanishi bilan bog'liq vaziyatni tahlil qilib, quyidagi zamonaviy tendensiyalami ajratib ko'rsatish mumkin:
«nazorat qiluvchi aksiyadorlar» va «menejerlar»ning birlashuvi;
yaqin yillarda tashqi aksiyadorlik moliyalashtirishi ehtimolining pastligi samarali korporativ boshqaruvning prinsipial iqtisodiy negizi sifatida;
aksiyadorlik kapitalining bir joyga to'planishi va nazoratni bir- lashtirish;
aksiyadorlaming o'z huquqlari uchun kurashining kuchayishi va o'z rolini anglashi.
Bunda kompaniyalar korporativ boshqaruv tizimida quyidagi asosiy muammolami ajratib ko'rsatish mumkin:
axborot jihatidan yopiqlik, ayniqsa, kompaniyaning haqiqiy egalari va mulk strukturasi haqidagi axborot borasida;
korporativ nizolarni hal qilishda ma’muriy resursni qo'llagan holda buyurtma bo'yicha huquqlami qo'llash;
xalqaro andozalarga mos kelmaydigan moliyaviy hisobotlar;
oliy menejment faoliyati monitoring! samaradorligining pastligi;
direktorlar Kengashi ishida samaradorlik va professional!ikning pastligi, uning tarkibida mustaqil direktorlar sonining kamligi.
Bu muammolar davlat miqyosida ham (masalan, axborotni ochib berishga nisbatan qat’iy talablar belgilashi, korporativ xulq-atvor Kodeksining qabul qilinishi), alohida kompaniyalar miqyosida ham (ularning o'z xulq-atvor kodekslarini qabul qilishi) hal etiladi. Korporativ xulq-atvor qoidalari va andozalari bozor iqtisodiyoti mexa- nizmining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Kompaniyalarning korporativ xulq-atvor yoki boshqaruv kodeks- larini qabul qilishini aksiyadorlar huquqlarini himoya qilishni yaxshi I ash, direktorlar Kengashi samaradorligini oshirish va axborotni ochish bo'yicha kompaniya faoliyati kodekslariga ko'proq urg‘u berilishi k tufayli kompaniyaning o'zi uchun ham, investorlar uchun ham ijobiy omil sifatida ko'rib chiqish zarur. Bunda «ommaviy» sifatida ishlashni rejalashtirgan kompaniyalarda va «yopiq» jamiyat sifatida ishlash istagida bo'lgan kompaniyalarda tashkilotda ichki korporativ boshqaruvni takomillashtirish yo'nalishlari jiddiy farq qilishini e’tiborga olish zarur.
Xususan, bu kompaniyalarning birinchilari yangi aksiyadorlarning mablag'larini jalb etmasdan turib uzoq muddatli istiqbolda muvaffaqiyatli rivojlana olmasligini to'g'ri anglab, barcha boshqaruv qarorlarini kompaniyada mustaqil va malakali registrator (ro'yxatga oluvchi) mavjudligi, kompaniya direktorlar Kengashida mustaqil direktorlarning yetarli va ular faoliyatining samarali bo'Iishi, aksiyadorlar umumiy yig'ilishida qaror qabul qilish jarayoni kabi masalalar birlamchi ahamiyatga ega bo'lgan investorlarning ustuvorliklar tizimi bilan bog'laydilar.
Ikkinchi guruhdagi kompaniyalar uchun esa korporativ boshqaruvni takomillashtirish yo'nalishlari va istiqbollari birmuncha oddiyroq. Ularning bu sohadagi dasturi avvalo boshqaruv qarorlari sifatini oshirish, samarali o'zaro aloqa tizimini yaratish va barcha manfaatdor shaxslarni motivatsiyalashga qaratilgan. Korporatsiyalar uchun agar ular korporativ boshqaruv tizimini tegishlicha xalqaro amaliyotga muvofiq o'zgartira olmasalar, o'zining o'sishi uchun kapitalni ishga tushirishga harakat qilar ekan, noqulay raqobat pozitsiyasiga tushib qolishi mumkinligi umumiy hisoblanadi. Korporativ boshqaruvning qat’iy andozalari kapital bozorlarining baynalmilallashuv sharoitlarida investorlarni jalb qilish va ushlab qolish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda korporativ boshqaruv butun dunyoda jiddiy o'garishlarga uchramoqda, bu birinchi navbatda korporativ qonunchilikka taalluqli. Korporativ qonunchilik yangi iqtisodiy voqeliklarga, yirik korporativ nizolarga, shuningdek, davlat- lararo miqyosda ham, biznes-jarayonlar miqyosida ham integratsiya va globallashuv jarayonlariga javob berishga majbur bo'ldi. Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasida kompleksli yondashuvga asoslangan va asosiy ustuvorliklarni belgilab beradigan korporativ qonunchilik
qabul qilingan. Mustaqil ekspertlarning baholariga ko'ra, CTzbckistonda 2006-yilning iyulidan 2008-yil oktabrgacha jalb qilingan aktivlar umumiy qiymati 2 mlrd. dollardan ortiq bo‘lgan 60 ga yaqin ommaviy korporativ nizolar vujudga kelgan.
Konsepsiyada yuridik shaxslarni qayta tashkil qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Qayta tashkil qilish haqidagi qonunchilikni takomillashtirish doirasida yuridik shaxslarni qayta tashkil qilish masalasiga bag‘ishlangan umumiy bir qonun qabul qilish zarur. Bundan tashqari, eng muhim yo'nalishlardan biri affilatsiyalangan shaxslarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish hisoblanadi. Yuridik shaxs- larning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish korporativ qonun- chilikning jiddiy muammosi sanaladi.
Korporativ qonunchilik hech qanday istisnosiz barcha xo‘jalik faoliyati qatnashchilariga dahldor bo4ib, uning rivojlanish tizimli yondashuv talab qiladi va bevosita u yoki bu mamlakatda korporativ boshqaruv sifatida aks etadi.