Assotsiatsiya — tijorat tashkilotlari o'rtasida ular faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, umumiy mulkiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida tashkil etiladigan birlashma tashkil qilgan jismoniy yoki huquqiy shaxslar birlashmasidir.
Davr xarajatlari — bu bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mah- sulotni sotish xarajatlari va umumxo'jalik ahamiyatiga ega bo'lgan boshqa xarajatlar.
Korporativ boshqaruv — bu biznesning tashkiliy — huquqiy rasmiy- lashtirilishini, tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish, qabul qilingan maqsadlarga muvofiq kompaniyada ichki va tashqi firma munosa- batlarini tashkil qilishdir.
Korporatsiya (lotincha corporatio — birlashish) — bu umumiy maqsadlarga erishish, birgalikda faoliyat ko'rsatish uchun birlashgan va huquqning mustaqil subyektini — huquqiy shaxsni
Konsern — manfaatlar umumiyligi, mollyalashtirish, ishlab chiqarish hamkorligi bilan bog'langan, yagona mulkchlilik negizi va nazorat organiga ega bo'lgan korxonalar birlashmasi. Nazorat nizom kapitalida ishtirok etish tizimi orqali amalga oshiriladi.
Konglomerat — texnologik jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo'lmagan ko'p sonli tashkilotlarning birikuvi (birlashish va qo'shib olish) natijasida vujudga keladigan struktura.
Kredit — o'z egalari qo'lida vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to'lash sharti bilan olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan ssuda kapitalining maqsadii harakatini o'z ichiga oluvchi iqtisodiy munosabatlardir.
Lizing — bu zavodlarni, sanoat tovarlarini, uskunalarni, qo'zg'almas mulklarni mulk egasi tomonidan ularni ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatish uchun ijaraga berish to'g'risidagi shartnomadir.
Marja — savdo, birja, sug'urta va bank amaliyotida tovarlar narxi, valuta va qimmatbaho qog'ozlar kursi, foiz stavkalari va boshqa ko'rsatkichlar farqini ifodalash uchun ishlatiladigan atama.
Dostları ilə paylaş: |