Korxona foydasi va uning taqsimlanishi
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-harajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar, ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.
Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir. Lekin shu narsani aytish lozimki butun jamiyatda ba’zan alohida olingan bir mamlakatda foyda massasi bilan qo‘shimcha qiymat massasi miqdor jihatdan bir-biriga teng bo‘lishi mumkin. Lekin alohida olingan korxonalarda va tarmoqlarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulot olingan foyda miqdoran teng bo‘lmasligi mumkin. Chunki talab va taklif nisbatlarining va baho mexanizmining o‘zgarishi ta’sirida bir tarmoqda yoki bir guruh korxonalarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulotlar boshqa korxona va tarmoqlarga foyda shaklida o‘tib ketadi.
Korxonaning umumiy foydasidan budjetga (asosan soliq to‘lovlari) banklarga (olingan ssuda uchun foiz) to‘lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi.
Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida hosil qilinadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi.
Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.
Bular quyidagicha aniqlanadi:
1. R'=(P/W)*100
bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – iqtisodiy yoki ishlab chiqarish xarajatlari;
2. R'=(P/Kavans)*100
bu yerda: R' –foyda normasi; P –foyda massasi; Kavans (Asosiy kapital+Aylanma kapital) –korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda foydalanilgan avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki bahoni oshirish hisobiga erishish mumkin. Bahoning o‘sishi ba’zi iqtisodchilarning foyda normasi ko‘rsatgichini bartaraf etib bo‘lmaydigan qusurga ega bo‘lgan va shu sababli samaradorlikni o‘lchash uchun mutlaqo yaroqsiz ko‘rsatgich sifatida tanqid qilishlariga sabab bo‘ldi.
2000 yilda Respublikamizda faoliyat ko‘rsatib kelgan 169 ming korxonalar yil yakuni bo‘yicha 307,6 mlrd. so‘m foyda olgan bo‘lsa, ulardan 139 korxona 24,7 mlrd. so‘mlik zarar ko‘rgan.
Butun olingan foydaning 35 foizi sanoat, 20,3 foizi transport, 11,1 foizi savdo va umumiy ovqatlanish va 5,2 foizi qurilish korxonalari ulushiga to‘g‘ri kelgan1 .
Dostları ilə paylaş: |