Korxona iqtisodiyoti


Korxonaning tijorat siri mohiyati



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə89/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103
12.3. Korxonaning tijorat siri mohiyati.

Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda uning faoliyatiga doir ayrim hujjatlar, texnologik jarayonlar, boshqaruv usullari boshqa raqobatchilardan sir saqlanishini taqozo qiladi. Bu esa uning mazmun-mohiyatini, himoya qilish mexanizmini, axborot olish yo‘llarini ochib berilishi lozimligini keltirib chiqaradi.


Korxonaning tijorat sirining mazmuni va mohiyatini ochib berish uchun uning lug‘aviy ma’nosiga e’tiborni qaratish lozim. Hozirgi paytda sir so‘ziga iqtisodiy lug‘atlarda uch xil ta’rif beradilar:
1. hali topilmagan, aniqlanmagan narsa;
2. boshqalarga oshkora qilinmasdan maxfiy saqlanadigan, hammaga ma’lum bo‘lmagan narsa;
3. biror hodisa yoki jarayon sabablarining maxfiy tutilishi.
Ushbu tushunchalarni hamma sohaga xususan tijorat sohasiga ham tadbq qilish mumkin.
Tijorat siri deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tijorat, ishlab chiqarish, moliyaviy operatsiyalari, reja, marketing, ilmiy ishlanmalar va boshqa jarayonlar ifoda etilgan oshkor qilinishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlarning maxfiy saqlanishi tushuniladi.
Mamlakatimizda tijorat sirining himoyasi Fuqarolik kodeksida (FK) (98-modda) kafolatlangan. FKning mazkur moddasida “Fuqarolik qonun hujjatlari xizmat yoki tijorat siri bo‘lgan axborotni, basharti bu axborot uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qiymatiga ega bo‘lgan, qonun yo‘li bilan undan erkin bahramand bo‘lish mumkin bo‘lmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar ko‘rgan hollarda himoya etiladi”, deb ko‘rsatilgan.
Korxonaning xavfsizligini ta’minlashning yana bir yo‘li, xizmat sirini saqlashda ham namoyon bo‘ladi. Korxonani boshqarishda, uning samarali faoliyatini ta’minlashda turli vosita va variantlardan foydalanish mumkin. Bu ham ma’lum shaxsning (rahbarning) ixtirosi sifatida baholanadi. Bu usulni ham himoya qilish, uni maxfiy tutish lozim. Ammo bu jrayonni muallif qonun hujjatlari bilan rasmiylashtirib, uning egasi ekanligini tasdiqlab olishi lozim. Shundagina u mazkur huquqni to‘liq qo‘lga kiritgan va nomoddiy mulk egasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu holatda muallif uchinchi shaxsga ma’lum bo‘lmagan texnikaviy, tashkiliy yoki tijorat axborotiga, shu jumladan ishlab chiqarish sirlariga (nau-xau) qonunan ega bo‘lib turgan shaxs oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi FKda ta’kidlanishicha oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni ro‘yxatdan o‘tkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qat’i nazar vujudga keladi.
Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish qoidasi qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri bo‘la olmaydigan ma’lumotlarga nisbatan tadbiq etilmaydi. Bularga yuridik shaxslar to‘g‘risidagi, mol-mulkga bo‘lgan huquqlar va mol-mulk xususida tuzilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan kelishuvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etiladigan ko‘rsatkich kabi axborotlar kiradi.
Oshkor etilmaydigan axborotlarning ayrimlari vaqtincha bo‘lishi mumkin. Bunday holda vaqt tugagach u oshkor bo‘lishi mumkin va u qonun bilan muhofaza qilinmaydi. Vaqt tugagach u ham oddiy axborotlar singari hammaga foydalanish huquqini cheklamaydi.
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asosi bo‘lmay turib olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs bu axborotga qonunan ega bo‘lib turgan shaxsga axborotdan noqonuniy foydalanganlik natiijasida yetkazilgan zararni to‘lashi shart.
Oshkor etilmagan axborotdan noqonuniy foydalanayotgan shaxs bu axborotni uni tarqatishga huquqi bo‘lmagan shaxsdan olgan bo‘lsa, axborotni qo‘lga kirituvchi shaxs bundan bexabar bo‘lsa ham axborot egasi bunday shaxsga davo qilishi mumkin. Oshkor etilmagan axborotdan foydalanganlik natijasida axborot muallifiga yetkazilgan zararlarni, axborotni qo‘lga kiritgan shaxs bundan bexabar bo‘lsa ham, qoplashiga majbur.
Oshkor etilmagan axborotga qonunan ega bo‘lib turgan shaxs bu axborotdan noqonuniy foydalanayotgan shaxsdan axborotdan foydalanishni darhol to‘xtatishni talab qlishga haqlidir. Agar oshkor etilmagan axborotni boshqa bir kishi mustaqil tarzda tadqiqot yo‘li bilan aniqlagan bo‘lsa bunday axborotdan tadqiqotchi bemalol foydalanishi mumkin. Bu uchun u oldingi muallif oldida javobgar bo‘lmaydi.
Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi ham mumkin. Bu oshkor etilmagan axborotga ega bo‘lgan shaxsning ushbu axborotning hammasini yoki bir qismini boshqa shaxsga litsenziya shartnomasi asosida berishi mumkinligida namoyon bo‘ladi. Ammo litsenziat ushbu axborotdan faqat o‘zi foydalanishga haqli. U shartnoma bo‘yicha olgan axborotlarning maxfiyligini muhofaza qilishga doir kerakli choralarni ko‘rishi shart. Agar litsenziyaning vaqti tugab litsenziat bu axborotdan foydalanishni to‘xtatsa ham ushbu axborot hali maxfiy bo‘lib, uni oshkora qilish mumkin bo‘lmasa, litsenziatning uni oshkora qilishga haqli bo‘lmaydi.
Korxonaning xavfsizligini ta’minlash uchun uning sirini, ayniqsa tijorat sirini saqlashni taqozo qiladi. Bu sirni saqlash esa mamlakatimizda tegishli qonunlar bilan kafolatlangan.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin