Korxona raqobatdoshligini oshirishda marketing tamoyillaridan foydalanish
Marketing strategiyasini ishlab chiqish
Taktikani amalga oshirish. Natijalarni nazorat qilish va baholash
Rasm -1. Strategik rejalashtirish jarayoni4 Strategik marketing rejasining maqsadi - firmaning uzoq muddatli
taraqqiyotini ta’minlash maqsadida tanlagan strategiyasini aniq va izchil bayon
tavsiflab berishdir. Bu tanlov asta-sekin qarorlar va harakat dasturlariga
aylanishi kerak. Strategik marketing rejasini ishlab chiqishda har bir
bosqichning uzviyligi va o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini inobatga olish lozimdir.
Raqobatli afzallik - tovar yoki markaning firmaga o‘zining bevosita
raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir afzallik beradigan xarakteristika va
xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar (atributlar) g‘oyatda xilma-xil bo‘lishi va
tovarning o‘ziga (asosiy xizmatga) ham, asosiy xizmatga qo‘shimcha
xizmatlarga, ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo‘lishi, hamda
firma yoki tovarga xos bo‘lishi mumkin. Raqobatchining nisbiy afzalligi turli
omillar bilan belgilanadi.
Mehmonxonaning raqobat strategiyasi va taktikasi bir muncha qiyin va
mavhumlashtirilgan amaliy faoliyat. U aniq sharoitda va o‘zgarishlar ta‘sirida
oydinlashtirilib orientirlarga aylanadi. Tegishli davr mobaynida, qisqa
muddatda, tegishli sharoitdan kelib chiqqan holda qabul qilinadigan qarorlarda,
tavakkalchilik siyosatida (uni xavf-xatar darajasiga ko‘ra) uslublar yig‘indisi -
taktikasi tarzida ushbu strategiyani amalga oshiradi. Umumlashtirib aytganda,
marketing strategiyasi o‘zaro bir-biri bilan asoslangan besh asosiy jihat bilan
tavsiflanadi: bozorni tanlash, maqsadni tanlash, mablag‘ va muddatlarni tanlash,
samaradorlikni nazorat qilish, muqobil strategiyani tanlashdan
iboratdir. Raqobatli afzallik - tovar yoki markaning firmaga o‘zining bevosita
raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir afzallik beradigan xarakteristika va
xususiyatlaridir. Bunday afzallik nisbiy bo‘ladi va tovar bozorida yoki bozor
segmentida eng yaxshi mavqega ega bo‘lgan raqobatchiga nisbatan belgilanadi.
Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi deb ataladi.
Raqobatli afzallikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo‘lgan bu ikki turi
ko‘pincha bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi ko‘nikma va madaniyatni talab qiladi.
1 - chizmada raqobatli afzallikning quyidagi ikki savoldan foydalangan
holda aniqlash mumkin bo‘lgan ikkala jihati ko‘rsatilgan.