Korxona raqobatdoshligini oshirishda marketing tamoyillaridan foydalanish Mundarija Kirish


- rasm. Raqobatdoshlik ko‘rsatkichlarining guruhlanishi6



Yüklə 261,05 Kb.
səhifə6/12
tarix21.12.2023
ölçüsü261,05 Kb.
#188818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Korxona raqobatdoshligini oshirishda marketing tamoyillaridan foydalanish

2 - rasm. Raqobatdoshlik ko‘rsatkichlarining guruhlanishi6
Ma’lum tarmoqlardagi muvaffaqiyat sababi va bundan firma yoki
umuman mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi siyosatini belgilashda
qanday xulosalar qilish zarurligi to‘g‘risidagi fikrlarni mamlakatdan ko‘ra
kichikroq siyosiy yoki jo‘g‘rofiy birliklarga nisbatan ham qo‘llash mumkin.
Muvaffaqiyatli raqobatlashayotgan firmalar ko‘pincha mamlakatning
ma’lum shaharlari va tumanlarida jamlanadi. Masalan, AQSHda ko‘chmas mulk
bilan savdo qiluvchi yetakchi firmalarning ko‘pchiligi Dallas(Texas shtati)da,
neft va gaz olish uchun uskunalar yetkazib beruvchilar Xyuston(Texas shtati)da,
kasalxonalarni boshqarish tuzilmalari Neshvill (Tenessi shtati) atrofidagi janubiy mintaqada joylashgan.
3. Korxona ning raqobatbardoshligi va raqobatlashish usullari
Mehmonxona marketingining iqtisodiy modellariga quyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodiy- statistik modellar; iqtisodiy-matematik modellar. Iqtisodiy- statistik modellar mehmonxona marketingining maqsadli marketingi bo‘yicha ishlab chiqilishi mumkin, ya’ni birinchidan, mehmonxona bozori segmentatsiyasi, bozorning turli tovarlar va (yoki) bozorga marketing ta’sir ko‘rsatishni talab qiluvchi haridorlarning alohida guruhlariga bo‘linishi, Kompaniya bozor segmentatsiyasining turli usullarini belgilaydi va vujudga kelgan segmentlarning belgilarini ishlab chiqadi. Ikkinchidan, maqsadli bozorning ajralishi, ya’ni segmentlarning kompaniyalarni jalb qila olishiga ko‘ra tahlil qilinishi va keyingi marketing izlanishlar uchun bitta yoki bir nechta maqsadli segmentlarni tanlash. Uchinchidan, tovarni bozorning maqsadli segmentida namoyish etilishi va marketingning tegishli majmuasini ishlab chiqish bo‘yicha iqtisodiy modellar ishlab chiqish.
Iqtisodiy-matematik modellarga mehmonxonaga bo‘lgan talab va taklif, unga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha aniq dasturlar asosida modellar yaratish. Bunda natijaviy ko‘rsatkich sifatida mehmonlar soni belgilansa, uning o‘sishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida mehmonxonadagi asosiy va qo‘shimcha xizmatlar, bronlash tizimini avtomatlashtirish, reklama harajatlari va h.k.larni keltirish mumkin.Ushbu ko‘rsatkichlarni qo‘llab ko‘pomilli korrelyasion-regression model ishlab chiqiladi. Quyida strategik marketingda qo‘llaniladigan «General Electric» kompaniyasi matritsasi(model)ni nazariy va metodologik jihatlarini ko‘rib o‘tamiz.
«Tarmoq jozibodorligi / raqobatdagi holat» matritsasining afzalligi.
Ushbu «Tarmoq jozibodorligi / raqobatdagi holat» matritsasida har bir mehmonxonaning raqobatdagi bo‘linmasini tutgan o‘rni va kuchlari, hamda tarmoqni uzoq muddatli jozibadorligini miqdor jihatdan baholash asosida aniqlanadi. BKG “o‘sish/ulushi” matritsasi kamchiliklarining bir qismini bartaraf etuvchi muqobil yondashuv General Electric (GE) kompaniyasi tomonidan taklif etiladi. O‘zining diversifikatsiya portfelini tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan (Mc Kensly and Company konsalting firmasi bilan hamkorlikda) mazkur to‘qqiz katakli matritsa koordinatlarni ikki o‘lchamli tizimida joylashgan, ya’ni konkret biznes raqobatdagi o‘rni / kuchlari va tarmoq jozibadorligi. Uning vertikal va gorizantal ikkala elementi ham yagona ko‘rsatgichlarni aniqlamasdan, balki birliklar kompleksini tavsiyalaydi.
Uzoq muddatli tarmoq jozibadorligini aniqlash mezoni o‘z ichiga:
• Mehmonxona bozori xajmini va uning o‘sish sur’ati, texnologik talablarni;
• raqobat quvvatini;
• kiruvchi va chiquvchi to‘siqlarni, mavsumiy va davriy tebranishlarni; kapital qo‘yilmalarga bo‘lgan ehtiyojni;
• rivojlanayotgan tarmoqlar imkoniyati va tahdidlarni;
• sotsial, ekologik omillarni hamda davlat tomonidan tartibga solinishi ta’sirlarini o‘z ichiga oladi.
Mehmonxona sohasini uzoq muddatli jozibadorligini rasmiy, miqdor jihatdan baholash uchun, har bir ko‘rsatkichga mehmonxona rahbariyati uning muhimligiga mos keluvchi vazn berish zarur, hamda shu ko‘rsatkich diversifikatsiya strategiyasini tanlashda muhim rol o‘ynashini hisobga olish zarur. Barcha vazin yig‘indisi 1.0 ga teng bo‘lish zarur.
Jozibadorlikni aniq baholash tarmoq jozibadorligini har bir ko‘rsatkichning bahosini (baholashda 1 dan 5 gacha yoki 1 dan 10 gacha bo‘lgan shkaladan foydalanish mumkin) mazkur ko‘rsatkichni ulushga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi.
Masalan 0,25 vazin 8 ga ulush 2,0 ga teng bo‘lgan aniq bahoni beradi.
Jozibadorlikni barcha omillarini aniq baholash summasi tarmoqni uzoq muddatli jozibadorligini kursatadi. Mazkur jarayon quyida aks ettirilgan:

Yüklə 261,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin