Korxona raqobatdoshligini oshirishda marketing tamoyillaridan foydalanish
1 - chizma. Raqobatli afzallik tushunchasi5 Bozor kuchi: bozor tomonidan qabul qilinadigan bizning maksimal sotuv narximiz imtiyozli raqobatchining narxiga qanday nisbatda?
Unumdorlik: bir mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarimiz (birlik xarajatlar) imtiyozli raqobatchinikidan ko‘pmi yo kammi?
Gorizontal o‘q bozor qabul qiladigan maksimal narxga, vertikal o‘q esa
ishlab chiqarish xarajatlariga mos keladi.
Raqobatbardoshlikni tahlil qilishning vazifasi strategik xulosalar chiqarish va ustivor maqsadlarni belgilash uchun firmaga shu o‘qlarda joylashishga imkon berishdan iboratdir. “Bozor kuchi” o‘qidagi o‘rinni tanlash uchun avvalgi boblarda ko‘rib chiqilgan markaning imidjini tadqiq qilishda olingan ma’lumotlardan foydalanish kerak. Bu tadqiqotlar bozor qabul qiladigan
qiymatni o‘lchash va narx bo‘yicha egiluvchanlikni baholashga imkon beradi.
Dunyodagi mamlakatlar raqobatdoshligini tahlil etadigan xalqaro
tadqiqotlardan biri – bu Jahon iqtisodiy forumi metodikasi hisoblanadi. Tadqiqot
jarayonida biron-bir mamlakatning iqtisodiy o‘sishini baholashda o‘rta va uzoq
muddatli rivojlanish dinamikasini tavsiflab beradigan muhim makro va
mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida raqobatdoshlikning agregat indekslari
hisoblanadi.
Garchi mazkur ishimiz mamlakatlar miqyosida bo‘lsada, sanoat tarmoqlarining mamlakat u yoki bu mintaqasida jamlanishini tushuntirib berish ham muhimdir. Hukumat siyosati ham davlat, ham mahalliy darajada milliy raqobat ustunligini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Aslida firmani o‘rab olgan muhit vaqt o‘tishi bilan uning raqobatdagi muvaffaqiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Agar savolni yanada umumiyroq qo‘yadigan bo‘lsak: nima uchun ba’zi tashkilotlar muvaffaqiyat qozonadi, boshqalari esa muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Atrofdagi muhitning bir qismi – firmaning jo‘g‘rofiy joylashishidir. Bundan tegishli oqibatlar kelib chiqadi,
albatta (tarix, xarajatlar va talab ma’nosida). Lekin bu bilan «atrof-muhit»
tushunchasi chegaralanib qolmaydi: masalan, mehmonxona ishchilari va menejerlari qayerda o‘qitilganligi yoki uning birinchi va eng muhim xaridorlari kimligi ham muhimdir.