4-rasm . Biznes bilan shug‘ullanuvchi kompaniya uchun strategik taxlil9 Potentsial raqobatchilarning kirish xavfi (Porterning birinchi kuchi)
kompaniyaning daromadlariga taxdid solishi mumkin. Ikkinchi tomondan, agar
bu xavf kichik bo‘lsa, kompaniya narxlarni oshirib, o‘z daromadlarini
ko‘paytirishi mumkin.
Porter nazariyasi bo‘yicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud
bo‘lgan kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu yerda ham uchta omilning
ta’sirini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
- tarmoqdagi raqobatning strukturasi;
- talabning shart-sharoitlari;
- tarmoqqa kirish to‘siqlarning balandligi.
5-rasm. Porterning «beshta kuch» modeli10 Porterning uchinchi kuchi xaridorlarning «savdolashish» imkoniyatidir. U eng yaxshi sifat yoki xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan talab tufayli narxlarga bosim Amaldagi firmalar (sotuvchilar) o‘rtasidagi raqobat potentsial raqobatchilarning kirish xavfi yetkazib beruvchilarning «Savdolashish» imkoniyati xaridorlarning «Savdolashish» imkoniyati o‘rinbosar maxsulotlar xavfini ko‘rsatish xavfini vujudga keltiradi. Zaif xaridorlar esa, aksincha, narxlarning o‘sishiga va daromadning ortishiga yo‘l qo‘yadilar.
To‘rtinchi raqobat kuchi yetkazib beruvchilarning bosim ko‘rsatishidir. Bu bosim natijasida etkazib beruvchilar narxlarni ko’tarish bilan taxdid solib, kompaniyalarni yetkazib berilayotgan maxsulot miqdorini kamaytirishga majbur qiladi va daromadni pasaytiradi. Bunga muqobil ravishda - zaif yetkazib beruvchilar o‘z maxsulotlariga bo‘lgan narxni pasaytirishga va yuqoriroq sifatni talab qilishga imkon beradilar. Quyidagi xollarda yettazib beruvchilar tomonidan
Ko‘rsatiladigan bosim ayniqsa kuchli bo‘ladi:
- yetkazib berilayotgan maxsulotning o‘rnini bosa oladigan tovarlar kam bo‘lib, u kompaniyaning ishonchli maxsuloti bo‘lganda;
- tarmoqdagi kompaniyalar ta’minotchi firmalar uchun muxim bulmaganda;
-yetkazib berilayotgan maxsulotlarning sifati yuqoriligi tufayli kompaniyalarning boshqa maxsulotga o‘tishi qimmatga tushganda;
- yetkazib beruvchilar ilgari tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalanganda;
- sotib oluvchi kompaniyalar orqaga tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalana olmaganda.
Beshinchi raqobatchi kuch tovarning o‘rnini bosuvchi maxsulotlarning
paydo bo‘lish xavfidir. Tovarning o‘rnini to‘liq bosa oladigan maxsulotlarning
mavjudlgi jiddiy xavf tug‘diradi va kompaniyaning narxlarini xamda
daromadlarini cheklab qo‘yadi. Ammo, agar kompaniya maxsulotlarining
o‘rnini bosa oladigan tovarlar kam bo‘lsa, kompaniya narxlarni oshirishi va
qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Kompaniyaning strategiyasi bu faktdan
foydalana olishi lozim.
Tarmoqdagi raqobat darajasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
Shavqatsiz raqobat
Intensiv raqobat
Meyordagi raqobat
Jalb qiluvchi zaif raqobat.
Bozorga yangi kirib kelgan firma yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lishi, ayrim xollarda kattagina resurslarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday firmalar bozorda o‘z o‘rnini topib egallash uchun kurashadi. Bozorda yangi raqobatchining paydo bo‘lishi quyidagi omillarga bog‘liq:
Bozorga kirish yo‘lidagi to‘siqlar;
Bozorda ishlayotgan kompaniyalarning reaktsiyasi;
Bozorga kirish yo‘lidagi to‘siqlar quyidagicha bo‘ladi;
Ishlab chiqarish miqiyosining tejamkorligi (bunday ustunlik bozorda ishlayotgan katta xajmga ega bo‘lgan kompaniyalarda bo‘ladi.Yangi firma esa bozorga birdaniga katta xajm bilan chiqolmaydi.)
Hozirgi kunda raqobat kurashida ustunlik bunday raqobatda emas, balki
baholardan tashqari raqobatdadir. Chunki, hozirgi kunda iste’molchilar
ko‘pincha mahsulotniig bahosiga emas, balki birinchi navbatda (tovarning)
foydali fazilatlariga ahamiyat berishadi va shu fazilatlar ma’qul kelsa, tovar
uchun ko‘proq pul to‘lashga ham tayyor bo‘ladilar. Tovarning sifati uning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardandir. Tovarning sifati o‘z ichiga ko‘plab elementlarni oladi. Bular birinchi navbatda mahsulot tayyorlash jarayoni sifatida va foydalanish xususiyatlari. Bular o‘z navbatida tovarning uzoq muddatga chidamliligi, ishonchliligi, fond sig‘imi kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Keyingi vaqtlarda tovarlarning ekologik tozaligi, xususiyatlari, estetik ko‘rsatkichlari ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Tovarning sifat darajasini aniqlashda normativlar, sifat standartlariga javob berishi nazarda tutiladi. Tovar siyosatini aniqlash mezoni, hamda uning raqobatbardoshligini ta’minlovchi mezoni, bu uning patent bilan himoyalanganligidir. Bunda ixtirochi - korxonaga shu tovarni ishlab chikarishga huquqni saqlab qoladi, qachonki, boshqa korxona ushbu tovarni ishlab chiqarmoqchi bo‘lsa, litsenziya (ruxsatnoma) olishi lozim.