Korxona raqobatdoshligini oshirishda marketing tamoyillaridan foydalanish Mundarija Kirish


– rasm. Raqobatchilarni aniqlash metodlari12



Yüklə 261,05 Kb.
səhifə11/12
tarix21.12.2023
ölçüsü261,05 Kb.
#188818
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Korxona raqobatdoshligini oshirishda marketing tamoyillaridan foydalanish

7 – rasm. Raqobatchilarni aniqlash metodlari12
Mehmonxona nomeri ko‘p funksiyali ahamiyatga ega. U mijozning tunashi, dam olishi, ovqatlanishi, yuvinishi, ishlashi, muloqot qilishini ta’minlaydi. Nomerda mehmonning shaxsiy buyumlari saqlanadi. Nomerlar o‘rinlar soni, xonalar soni, maydoni, jihozlanishiga qarab tasniflanadi. Jahon amaliyotida bir yoki ikki kishiga mo‘ljallangan bir xonali nomerlar ayniqsa keng tarqalgan. Ayrim Korxonalarda har bir yashovchiga nisbatan bir xonali nomerlar ulushi nomer fondining 60-100% ga yetadi.
O‘zbekistondagi ba’zi korxona ning nomer fondida bir xonali
nomerlar ulushi 53% ni tashkil qiladi. Xonalar (yoki xona) maydoni funksional
zonalarga bo‘linadi. Bir xonali nomer umumiy maydonining 70% yashash zonasiga, 14% - dahlizga, 20% - hojatxona va vannaga tegishli bo‘lishi mumkin. Yashash maydoni bunda 7-14 kv.m ni tashkil etishi mumkin. Ayrim chet mamlakatlarning hozirgi standartlari bir o‘rinli nomerda polning minimal maydoni 14 kv. m, ikki o‘rinli nomerda esa – kamida 18 kv. m bo‘lishini talib qiladi. Germaniyada amalda bo‘lgan me’yorlarga ko‘ra shinamli bir xonali nomerning maydoni unda yashaydigan bir kishiga 16-18 kv. m, ikki kishiga esa – 20-21 kv. m bo‘lishi kerak. Nomerlarda mebel nomerning gabariti, devorlarining oralig‘i, isitish
xususiyatlari, texnologik ko‘rsatkichlariga qarab joylashtiriladi. Mebel foydalanuvchi uchun qulay bo‘lishi, sanitariya va ergonomika talablariga javob berishi, mijozlar didiga mos kelishi kerak. Har xil sig‘imli nomerlarning o‘zaro nisbati qat’iy qayd etilgan bo‘lib, faqat korxona ni rekonstruksiya qilish paytida o‘zgartirilishi mumkin (agar konstruksiyalar bunga yo‘l qo‘ysa). Ayni vaqtda, nomer fondining tuzilishi mijozlarning talab va ehtiyojlariga javob
berishi kerak va muayyan tuzatishlar kiritishni (yil mavsumiga qarab, vaqt o‘tishi
bilan va sh.k.) talab qiladi. Ayrim Korxonalarda eshiklar va (yoki) siljiydigan
to‘siqlar yordamida nomerlarning birlashtirilishi (ajratilishi) hisobiga nomer fondida tezkor o‘zgarishlar qilish nazarda tutiladi. Apartamentlar soni nomerlar umumiy miqdorining 10% dan oshmaydi. Ular xonalarining soni va vazifasiga, hojatxonasi va vannasiga, dahlizi, maydoniga ko‘ra juda har xil. Xodimlar uchun xonalarni joylashtirishda ish vaqtida xodimlarning harakat yo‘nalishlarini qisqartirish zarurligidan kelib chiqish kerak. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xonalari ish joyidan uzoq bo‘lsa, bu qo‘shimcha quvvat sarfiga, xodimlar ko‘proq charchashiga olib keladi. Shu sababli qavatdagi nomerlarga bevosita yaqin joyda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bir qancha xonalari, chunonchi: xodimalarning xonalari, omborlar (toza choyshab va yostiq jildlari, sarflash materiallari, kir choyshab va yostiq jildlari, tozalash vositalari omborlari), ofitsiantlarning xonalari, axlat yig‘gich va b. joylashtiriladi. Joylashtirish xizmati nomer fondining ekspluatatsion holati hisobini yuritadi. Har bir nomerni tayyorlash va unga mijozlarni joylashtirishning kundalik tafsilotlariga quyidagilar kiradi:

  • nomer mijozni joylashtirishga tayyorlangan payt; mijozlar kelgan va ketgan paytlar; mijozlarning familiyasi, ismi, otasining ismi;

  • nomer bo‘sh qolgan soatlar; yashash narxi va summasi;

  • qo‘shimcha xizmatlar narxi va ularga haq to‘lash; bronga qo‘yish vaqti, nomer ta’mirlashda, sanitariya ishlovi berishda bo‘lgan vaqt.

Mehmonxonaning bir martalik sig‘imi doimiy o‘rinlar soniga
qarab aniqlanadi.
Shuningdek, raqobatchilarni aniqlashda quyidagi jihatlarni ham e’tiborga olish zarur:

  • xonalar soni (quvvati);

  • bozorda soat ochish (mashhur yoki yangi mehmonxona);

  • mehmonxonaning mijoz tarkibi va ixtisoslashuvi;

  • mehmonxona binosining texnik xususiyatlari (eskirish darajasi, rekonstruktsiya qilish muddati);

  • boshqaruv shakllari (franchaysing, boshqaruv shartnomasi, mustaqil mehmonxona).

Xulosa


Xulosa qilib aytganda, respublikamizdagi tashkilotlarining jahon bozorlarida o‘z o‘rinlarini topishlarida, rivojlangan kompaniyalar tajribalarini o‘rganishlari, ularning strategik va taktik tadbirlarini kuzatishlari zarur bo‘ladi. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi uchun xos bo‘lgan bozor iqtisodiyoti tamoyillarini amalga oshirish (raqobatchilik va erkin tadbirkorlik rivojlanayotgan) sharoitlarida muvaffaqiyatga intiluvchi korxonalar birinchi o‘ringa iste’molchilar manfaatlarini qo‘yishlari lozim. Shu munosabat bilan korxona rahbariyati raqobatchilik kurashidagi yutuqlarni iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘lashi zarur. Iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishda marketing tamoyillaridan samarali foydalanish har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Raqobatchilik sharoitlarida korxonaning foyda olishi, o‘sishi va barqarorlikka erishishi korxona rahbariyatining tashkilot faoliyatini iste’molchilar talab va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirishga bog‘liq bo‘ladi. Korxona sonini ortishi, ular o‘rtasida raqobatni ham oshishiga olib keladi va bu o‘z navbatida, korxona xizmat sifatini oshishiga va narxlarni ham arzonroq bo‘lishiga olib keladi. Bu esa turistlarga qulay imkoniyatlar yaratish bilan birgalikda, ularda tanlash imkoni ham yuqoriroq bo‘ladi va bu albatda turzmni rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘shadi. Agar mijoz xuddi oldingi mehmonxonasiga buyurtma bersa va xuddi Shu reys bilan uchib kelsa, xuddi o‘sha turoperatordan putyovka sotib olsa ham taassurotlar umuman boshqacha bo‘lishi mumkin. Xizmatlar sifatining o‘zgaruvchanligi ishlab chiqarishning emas, iste’molning buzilmasligi natijasi hisoblanadi. Korxona sonini ortishi esa, mamlakatga tashrif buyuruvchi barcha turistlarni to‘liq tutrar joy bilan ta’minlashga yordam beradi, shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini oshirib bu davlat iqtisodiyotiga ham katta foyda beradi.
Umumlashtirib aytganda, marketing o‘zaro bir-biri bilan asoslangan besh asosiy jihat bilan tavsiflanadi: bozorni tanlash, maqsadni tanlash, mablag‘ va muddatlarni tanlash, samaradorlikni nazorat qilish, muqobil strategiyani tanlashdan iboratdir.Raqobatli afzallik - tovar yoki markaning firmaga o‘zining bevosita raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir afzallik beradigan xarakteristika va xususiyatlaridir.
Mehmonxonlar o‘z oldilariga qo‘ygan rejalari va strategiyalari bo‘yicha o‘z faoliyatlarini yurguzadilar va bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lib raqobatbardoshligini saqlab qolishga intiladilar va bu to‘g‘ri strategiya hisoblanadi. Lekin barcha korxona , firma va kompaniylar g‘irrom raqobatdan qochishlari zarur chunki bu qonun bo‘yicha ham taqiqlangan.
Hozirgi davrda respublikamizda milliy firma ning barqaror rivojlanish muammolarini hal qilishning nazariy, uslubiy va amaliy yondashuvlarini ishlab chiqish, turistik mahsulotlar bozorini shakllantirish, mazkur soha faoliyatini tartibga solishning iqtisodiy usullari va uni boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini, firma ni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Firma taraqqiyoti uchun qilinadigan sarf-xarjatlar boshqa sohalarga qilinadigan sarf-xarajatlarga qaraganda o‘zini tezroq oqlaydi. SHu bilan birga firma iqtisodiyotning o‘ziga xos va muhim tarmog‘i yoki daromad manbaigina emas, balki mamlakatlar orasidagi tashqi siyosiy aloqalarni har tomonlama rivoj toptirish, do‘stona munosabatlarni yaxshilash, turli mamlakatlar va xalqlar madaniyati, san’ati, an’anaviy urf-odatlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, servis sohasida O‘zbekiston juda katta potensialga ega bo‘lgan davlatdir va bizning kadrlarimiz bemalol dunyo bozorida raqobatlashgan holda raqobatchi mamlakatlardagidanda ortiqroq xizmat ko‘rsata oladi. Eng avvalo, mehmondorchilik qon-jonlariga singib ketgan xalq uchun yangicha tizim va qoidalarni, innovatsion g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtira oladigan komil, samarali xodimlarni tayyorlay olish potensiali va kelajagi buyukdir.

Yüklə 261,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin