Kurs ishining obyekti. Kurs ishining obyekti O‘zbekiston “HILTON 5* Tashkent city” mehmonxonasi.
Kurs ishining predmeti. O‘zbekistonda korxona ning raqobat strategiyasi va taktikasini shakllantirishga doir muammolar ishning predmetini tashkil etadi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi. Kurs ishi mavzusining maqsadi O‘zbekiston hududida, korxona o‘rtasida raqabatbardoshlikni oshirish va mehmonxona biznesi taraqqiy etishi va xizmatlari turi differentsiatsiyalashuvi amalga oshirib, uning hajmi va sifati turistlarning o‘sib borayotgan talab va ehtiyojlarini qondirish uchun samarali g‘oyalar va takliflar berishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun kurs ishida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
O‘zbekistondagi korxona raqaboatbardoshligini o‘rganish;
Korxonalarda raqobat strategiyasining mohiyati va ahamiyatini ochib berish;
Korxona raqabatbardoshligini oshirish uchun startegik rejalar tuzish;
Firma va korxona raqobatga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, 5 ta qismdan, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan tashkil topgan.
Korxonalarda raqobat marketingni taktikasini shakllantirishning nazariy va ob’yektiv asoslari
Dunyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishning qaysi modelini tanlamasin,
mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jaligidagi mavqei va o‘rni uning
raqobatdoshlik darajasi bilan belgilanadi. Tashqi iqtisodiy raqobat texnik
taraqqiyotning eng muhim omili hisoblanadi va uning ta’sirida ishlab chiqarish,
boshqaruv texnologiyalarining doimiy yangilanib borish jarayoni davom etadi,
ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari yangilanadi va sifati ortib boradi. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlari
o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor sub’ektlari
iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori
foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun ko‘rashni anglatadi. Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada
kengroq namoyon bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi
asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) Tartibga solish vazifasi;
2) Resurslarni joylashtirish vazifasi;
3) Innovatsion vazifa;
4) Moslashtirish vazifasi;
5) Taqsimlash vazifasi;
6) Nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini
ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona
joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli krinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (mehmonxona)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga ynaltirilgan blib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik
faoliyati sohalarining ekspantsiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi
(yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va
bilvosita ta’sir o‘tkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik
o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi. Raqobat ko‘rashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.2Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lishi sababli, u mavjud
mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka
hukmronlik shakllanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda g‘irrom va halol raqobatlashuv usullari ajratib ko‘rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy
(ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur
yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi. Halol
raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy usullarni
qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat
manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va
narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda ko‘rashning asosiy usuli bo‘lib ishlab
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining
shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy
omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab
chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi. Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo‘lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y berishi keraq. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning sotishni rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali xarid orlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Raqobatdoshlik deganda, odatda tovar ishlab chiqaruvchilarning minimal
rentabellikni ta’minlaydigan narxda tashqi bozorda sotish uchun ishlab
chiqarishga bo’lgan qobiliyati tushuniladi. Ta’kidlash lozimki, raqobatdoshlik
tovarlar bozori bilan cheklanib qolmasdan, makroiqtisodiy mazmuniga ham ega
bo‘ladi. Mamlakatlarning raqobatdoshligi kontseptsiyasi tarixan milliy
iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rnini belgilab beradigan qiyosiy
afzalliklar (arzon ishchi kuchi, boy tabiiy resurslar, qulay geografik joylashuv,
iqlim, infratuzilma omillari va h.k.) nazariyasiga asoslangan.
Qiyosiy afzalliklar mamlakatga tabiatdan berilgan bo’lib, ular abadiy emas
va takror ishlab chiqarilmaydi. Mazkur afzalliklar fan va texnikaning
rivojlanishi, ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, ishlab chiqarish
darajasida globallashuvi va tovarni ishlab chiqarishdan tortib to uni
iste’molchiga etqazib berishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda innovatsiyalarga asoslanadi.
O‘zbekiston quyidagi qiyosiy afzalliklarga ega:
boy tabiiy resurslar va rekreatsiya resurslariga egaligi;
boy madaniy-tarixiy merosga ega ekani ichki va tashqi firma ni rivojlantirish imkonini beradi;
qulay geografik joylashuvi;
xalqning mehnatsevarligi va tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan mehnat
resurslarining mavjudligi.
O‘zbekistonning raqobat sohadagi afzalliklarini tahlil qiladigan bo‘lsak,
quyidagilarni alohida ta’kidlab ko‘rsatish mumkin:
mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;
insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga)
katta mablag‘lar yo‘naltirilayotganligi;
aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasining ortib borayotgani;
mehnat resurslarining raqobatdoshligi;
mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, mamlakatimizning qiyosiy afzalliklari bilan
birga milliy iqtisodiyotimizning raqobat sohadagi afzalliklarini ham
rivojlantirish zarur. Iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish maqsadida
quyidagi omillarga asosiy e’tiborni qaratish lozim, xususan: mamlakat siyosiy
va huquqiy tizimining barqarorligi, mehnat resurslarining raqobatdoshligi va
aholi ta’lim darajasining yuqoriligi.3 Shunday qilib, raqobat nuqtai nazaridan afzalliklar o‘zgaruvchan bo‘lib, inson kapitalining rivojlanishi, yuksak innovatsion texnologiyalar, intellekt bilan bog’liq va o‘z tabiatiga ko‘ra cheksizdir.
Jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanish sur’atlarini ta’minlash, xalqaro raqobatni vujudga keltirishningmuhim sharti dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining ochiqligi bilan belgilanadi.