Korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil etish


-BOB. KORXONALARDA MOLIYAVIY RESURSLARDAN



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/29
tarix07.01.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#208015
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil (2)

2-BOB. KORXONALARDA MOLIYAVIY RESURSLARDAN 
FOYDALANISHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI 
 
2.1. Korxona moliyaviy resurslari shakllanish manbalarining amaldagi 
holati tahlili 
 
Har qanday korxonalarda takror ishlab chiqarish jarayonining moddiy texnik 
asosi asosiy ishlab chiqarish fondlari hisoblanadi. Yangi tashkil qilingan 
korxonalarda asosiy fondlarning shakllantirilishi nizom kapitalining bir qismi 
hisoblanuvchi asosiy vositalar hisobiga amalga oshiriladi. Asosiy fondlarni jalb 
qilish va korxonalar balansiga qabul qilish vaqtida asosiy vositalarning miqdori 
miqdor jihatidan asosiy fondlarning qiymatiga yuqori keladi. Keyinchalik asosiy 
fondlarni takror ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi natijasida ularning qiymati 
2 ga ajratiladi: bir qismi eskirishga teng bo’ladi, ikkinchi qismi amaldagi asosiy 
fondlarning qoldiq qiymatiga teng bo’ladi 
Mahsulot ishlab chiqarish natijasida asosiy fondlarning eskirgan qiymati 
mahsulot realizatsiyasi natijasida tushadigan pul tushumlari taqsimlanishi 
jarayonidagi maxsus amortizatsiya fondlarida pul shaklida jamgarilib boradi. 
Mazkur fond har yillik amortizatsiya ajratmalari shaklida jamgarilib boradi va 
oddiy va qisman kengaytirilgan asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishda 
foydalaniladi. Amortizatsiya ajratmalarini asosiy fondlarning kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarishga yo’naltirilishi uni hisoblash va sarflanish xususiyatlariga 
bog’liqdir. Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondalring meyordagi xizmat 
muddatlari mobaynida ajratiladi va uning sarflanish zarurati asosiy fondlar chiqarib 
tashlangandan so’ng amalga oshiriladi. Shuning uchun chiqarib tashlanishi lozim 
bulgan asosiy fondlarni almashtirgunga qadar hisoblangan amortizatsiya vaqtincha 
bo’sh mablag’ hisoblanadi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda foydalanib 
turish mumkin bo’ladi. 
Korxonada amortizatsiya hisoblash mexanizmi vositasida amortiatsiya 
siyosati 
amalga 
oshiriladi. 
Xo’jalik 
amaliyotida 
amortizatsiya 
fondini 


28 
hisoblashning: chiziqli, regressiv va tezlashtirilgan turlari mavjuddir. Bunda 
amortizatsiya meyori asosiy fondlarning balans qiymatiga foizlarda yoki ishlab 
chiqilgan mahsulotning birligiga qat’iy summalarda o’rnatiladi. 
Tezlashtirilgan amortizatsiqya vositasida korxona asosiy fondlarining 
doiraviy aylanishi tezlashtiriladi. Bu holat raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti 
sharoitida zamonaviy tovarlar ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Asosiy fondlarni moliyaviy boshqarishda ularning takror ishlab chiqarishdagi 
doiraviy aylanishi jarayonida qiymatini shakllantirish mexanizmiga asoslanadi. 
Chunki hisoblangan amortizatsiya ajratmalari ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi 
orqali aasosiy fondlarni to’liq qayta tiklanishiga olib keladi. U kapital quyilmalar 
orqali amalga oshiriladi.
Asosiy fondlarning moliyaviy ta’minoti amortizatsiya fondi, ishlab 
chiqarishni rivojlantirish fondi, o’z va jalb qilingan moliyaviy resurslar hisobiga 
moliyalashtirilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy fondlarni jalb qilish va 
qayta qurollantirish uchun zaruriy moliyaviy resurslar investitsiyalar shaklida jalb 
qilinmoqda. 
Albatta yangi asosiy fondlarni jalb qilish bo’yicha investitsion loyihalar 
kutiladigan daromadlarning prognoz ko’rsatkichlari asosida samarali yo’nalishlari 
vositasida 
aniqlanadi. 
Amaliyotda 
investitsion 
loyihalarda 
kutiladigan 
daromadlarni prognozlashtirish vak ularning samaradorligini aniqlashning qator 
usullari mavjuddir.
Quyidagi 1-jadvalda MCHJ “Mebel-servis”da moliyaviy resurslarning 
shakllanishi va ularning taqsimlanishining 2015 -2016 yillar holati keltirilgan. 
Ushbu jadval ma’lumotlariga ko’ra MCHJ moliyaviy resurslari 2016 yilda 484,4 
milliard so’mga shakllangan bo’lib, bu miqdor 2015 yilga nisbatan 118,8 milliard 
so’mga oshgan. 2016 yilda moliyaviy resurslarning 1%i, ya’ni 4,9 mlrd.so’m 
ustav kapitali, 0,1 %i, ya’ni 430 mln. so’m qo’shilgan kapital, 53,8%i, ya’ni 260,4 
mlrd. so’m rezerv kapitali, 41,7%i, ya’ni 201,9 mlrd. so’m taqsimlanmagan foyda, 
3,5%i, ya’ni 16,8 mlrd. so’m jami joriy majburiyatlar hisobiga shakllangan. 2015
yilda moliyaviy resurslarning 1,3%i, ya’ni 4,9mlrd so’m ustav kapitali, 0,1 %i, 


29 
ya’ni 430 mln. so’m qo’shilgan kapital, 71,1%i, ya’ni 260,1 mlrd. so’m rezerv 
kapitali, 25,3%i, ya’ni 92,5 mlrd. so’m taqsimlanmagan foyda, 2,1%i, ya’ni 7,7 
mlrd. so’m jami joriy majburiyatlar hisobiga shakllangan. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin