Korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil etish



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/29
tarix07.01.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#208015
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil (2)

1- ’yi a xul a 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslarni boshqarish samaradorligi 
o’ta muximdir. Bunda ular o’z vaqti bilan va korxona maqsadiga muvofiq bir 
necha marta asosiy vositalar va aylanma aktivlarga aylanadi va har bir korxonaning 
moliyaviy holatiga bog’liq holda, joriy majburiyatlarini qoplaydi.
Moliyaviy resurslarni boshqarish faqatgina moliyaviy resurslardan 
foydalanish va ularni manbalaridan samarali olinishini emas, balki, korxona 
moliyaviy siyosatidan kelib chiqib mavjud resurslarni aniq maqsadli xarajat 
qilishni ham ko’zda tutadi. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyati 
shundaki, bunda korxonalar faqatgina moliyaviy resurslarini shakllantirishda emas, 
balki bankrot bo’lmasligi uchun moliyaviy resurslarni qanday qilib sarflash kabi 
qiyin masalalarga duch keladi Korxona moliyasi - korxona xo’jalik faoliyati 
jarayonida pul mablag’larining shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan 
bog’liq vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Korxona moliyasi 
korxona faoliyatining asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Korxona moliyasi moliyaviy 
7
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.- T.: «Adolat», 2008-y 


26 
resurslar manbalari, yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan 
moddiy ishlab chiqarish doirasida bevosita qatnashadi.
Korxona quyidagilar bilan 
o’zaro moliyaviy munolsabatlarga kirishishi pul fodlarining shakllanishi orqali 
amalga oshiriladi: Mol etkazib beruvchilar – uning faoliyati uchun zarur bo’lgan 
moddiy qiymatliklar, xizmatlar sotib olinishida; pudratchilar – qurilish mantaj, 
remont va boshqa ishlarga to’lov; xaridorlar – tovar realizatsiyasida va xizmat 
ko’rsatishda; byudjet bilan – soliqlar, ajratmalar va boshqa to’lovlar bo’yicha; 
banklar – kreditlar, pul mablag’larining saqlanishi, hisob operatsiyalariga to’lovlar; 
ishchi va xizmatchilar – ish haqi va boshqa hisoblar bo’yicha. 
Korxona moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda shu 
narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqat moliyaviy emas, balki 
moddiy va mehnat resurslari xara-jatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, 
masalan, mahsu-lotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning 
natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko’rsatkichga 
ega bo’lamiz, deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Bu korxona moliyaviy-
xo’jalik faoliyati samaradorli-gini xarakterlovchi yaxlit ko’rsatkichlardan biri 
bo’lib, unga kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiy-ishlab 
chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas bog’liqligi xosdir. 
Yuqorida biz korxonalarni qanday tashqi va ichki manbalar orqali 
moliyalashtirishini ko’rib chiqdik. Agar biz ularni taqqoslaydigan bo’lsak ikkala 
usulni ham o’ziga xos bo’lgan ustunlik va kamchiliklarni ko’rishimiz mumkin. 
Umuman olganda korxonaning o’z mablag’lari hisobiga moliyalashtirishini ijobiy 
holat deb baholashimiz mumkin. Lekin bunday holda korxona turli hildagi soliq va 
yig’imlarni byudjetga to’lab bo’lganidan keyin o’z faoliyatini moliyalashtirishi 
mumkin. Chunki ichki manbalar asosan korxonaning oladigan foydasi hisobiga 
shakllanadi. Korxonalar ham ichki va tashqi manbalar uyg’unligidagi moliyaviy 
resurslardan foydalangan holda o’z faoliyatlarini moliyalashtirishlari ko’proq 
maqsadga muvofiq bo’lar edi. Buning natijasida korxonalar ishlab chiqarish 
unumdorligining oshishiga va o’z moliyaviy holatini barqarorligini ta’minlashga 
erishishlari mumkin.


27 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin