3-rasm. Korxonalarda shakllanadigan pul fondlarining holati
5
Ustav kapitali – bu korxonaning ochilishida tasischilar tomonidan
qo’yiladigan boshlang’ich summa. Bu kapital shakllanishida ta’sischilar tomonidan
pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar
moddiy zaxiralari va boshqalar kiritilishi mumkin. Ustavda ularning umumiy
qiymati ko’rsatiladi. Ustav kapitali korxonaning asosiy fondi hisoblanib, muhim
iqtisodiy ahamiyatga ega.
Rezerv kapitali – bu korxonaning ehtiyot uchun saqlanadigan fondi bo’lib,
xo’jalik faoliyatidan zararlarni qoplash uchun mo’ljallanadi. Bundan tashqari
investorlar va kreditorlar daromadlarini to’lash uchun korxona foydasi etmaganda
ham ushbu fond mablag’laridan foydalaniladi. Rezerv kapitali korxonaning ishlari
uzluksiz bo’lishini kafolatlaydi. Bunday manbaning borligi korxona o’z
5
И.М.Карасева, М.А.Ревякина «Финансовий менежмент», ОМЕГА. Москва-2012, 42-стр.
qimmatli qog’ozlar emissiyasidan shakllangan fond;
dividendlar bo’yicha hisoblar;
kelgusi davr daromadlari;
kutiladigan xarajatlar rezervlari.
bank kreditlari;
kreditorlik qarzlari;
faktoring;
lizing va boshqa fondlar.
mehnat haqi to’lash uchun fond;
dividendlar to’lash uchun fond;
budjetga to’lovlar va boshqalar uchun fond.
Korxonaning pul fondlar
O’zli
ma lag’la i
fondlari
Jalb qilingan
ma lag’la
fondlari
Qa z ma lag’la i
fondlari
Operativ
pul
fondlari
ustav kapitali;
qo’shimcha kapital;
rezerv kapitali;
taqsimlanmagan foyd
amartizatsiya fondi;
jamg’arma fondi;
valyuta fondi va
boshqa fondlar.
19
majburiyatlarini to’lashga ishonch borligini bildiradi. Rezerv kapitali korxona
foydasidan har yili ajratilib boradi. Uning hajmi ustav kapitalining 10-25 %
atrofida shakllantiradi.
Qo’shimcha kapital – korxona o’z mablag’lari manbalaridan biri bo’lib,
korxona xo’jalik faoliyati jarayonida, korxona aktivlari qiymati o’sishi natijasida
hosil bo’ladi. Qo’shimcha kapital o’z ichiga kapital qayta baholanishini, emission
daromadlarni o’z ichiga oladi. Kapital qayta baholash – korxona qonunchilik
qororlaridan kelib chiqib asosiy vositalari va tugallanmagan qurilishini qayta
baholash natijasida mulk qiymatining o’sishi. Emission daromadlar – chiqarilgan
aktsiyalar qiymatining o’sishi natijasida olingan mablag’lar.
Amartizatsiya fondi – bu fond uzoq muddatli aktivlar amartizatsiyasi
natijasida shakllanadi va yangi asosiy vositala sotib olishga yoki qurishga
mo’ljallanadi.
Bu fondning korxona faoliyatida o’ziga xos ahamiyatga ega. Bu holatda eng
e’tiborli haqiqat shundaki amartizatsiya summasini belgilangan tartibda to’g’ri va
o’z vaqtida hisoblash, hisoblangan bu summani vaqtinchalik aylanma aktivlarni
oshirishga qaratish, vaqti-vaqti bilan uzoq muddatli aktivlar quvvatini oshirib
borish.
Valyuta fondi korxonada eksport operatsiyalaridan valyuta tushumlari va
import operatsiyalari (bunda asosan valyuta chiqib ketadi) natijasida shakllanadi.
Bu fond mustaqil maqsadli ahamiyatga ega emas. Valyuta operatsiyalari o’ziga xos
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Korxonalarning tijorat banklarida valyuta
operatsilarini o’tkazish maqsadida valyuta hisob raqamlariga ega bo’ladi.
Jalb qilingan mablag’lar fondlari. Korxona ishlab chiqarish faoliyatini
ta’minlash, moliyaviy resurslarini oshirish, moliyaviy foyda ko’rish maqsadlarida
ba’zida yuridik va jismoniy shaxslardan pul mabdag’lari jalb qiladi. Bunday
mablag’lar klorxonalarda asosan qimmatli qog’ozlar emissi qilshdan kelib tushadi.
Iste’mol fondi korxonaning sof foydasi hisobidan shakllantiriladi. Iste’mol
fondini tuzishda ko’zlangan asosiy maqsad ishchi va xodimlarga moddiy va
ma’naviy rag’batlantirish hisoblanadi.
20
Qarz mablag’lar fondi. Bugungi kunda hech bir korxona qarz mablag’larini
chetlab o’tolmaydi. Chunki qarz olmasdan faoliyat yuritadigan korxonalar ham
vaqti-vaqti bilan davlat byudjeti oldida saoliqlar va soliqqa tenglashtirilgan
to’lovlar bo’yicha qarzi shakllanadi. Qarz mablag’lari normal iqtisodiy sharoitda
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Zayom mablag’lari –
korxonaning qisqa muddatli bank kreditlari tartibida olgan mablag’i bo’lib,
aylanma aktivlarning bir qismini moliyaviy ta’minlaydi. Bunday mablag’lar
korxona faoliyatining minimal ehtiyojini ham qoplashi lozim. Ishlab chiqarish
rejasini qayta tuzish, tayyor mahsulot jo’natilishida to’xtalib qolishlar, ishlab
chiqarish yoki xom ashyo etkzilishining bir tekisda bo’lmasligi bilan bog’liq
qo’shimcha ehtiyojlar qisqa muddatli bank kreditlari bilan qoplalanishi mumkin.
Qarz mablag’lar fondi shakllanshida lizing ham kiritiladi. Lizing shunday
faoliyatki, bunda korxona o’z moliyaviy resurslari etishmayotgan bir paytda o’ziga
kerakli mulkni lizing kompaniyasi orqali lizingga(qarzga) olishi mumkin. Bunda
korxona lizingga olgan mulkni lizing to’lovlarini to’lab borishi bilan o’zlashtirib
oladi.
Bugungi kunda agarda korxona xom ashyo sotib olish uchun moliyaviy
resurslari etishmasa, ular banklarning faktoring operatsiyalaridan foydalanish
imkoniyatiga ega bo’ladi. Ya’ni bunda banklar korxonalarning debitorlik qarzlarini
sotib olishi yoki xom ashyo sotib olish xarajatlarini qoplab berishi mumkin.
Faktoring korxonalar orasidagi oldi-sotdi munosabalarini moliyalashtirib,
to’lolmaslik risklarini kamaytiradi.
Faktoring – hisoblarning samarali instrumenti bo’lib, oldi-sotdi shartnoma
bo’yicha moliyalashtirish va to’lamaslik riskini pasaytirishdir.
Faktoring operatsiyalari maqsadi mol etkazib beruvchilar uchun pul
mablag’larini o’tkazilishi va oborot kapitalining tezlashishi uchun sharoitlar
yaratish hisoblanadi.
Faktoring operatsiyalari predmeti to’lov muddati etib kelgan pul
mablag’larini qidirish va keyinchalik vujudga keladigan olinadigan pul
mablag’lariga huquq bo’lishi mumkin.
21
Faktoring oborot kapitali defitsitini qoplash doirasida kreditlash shaklining
alternativ ko’rinishi hisoblanadi va korxonalar savdo faoliyatini aktiv boshqarilishi
uchun o’zining qulay moliyalashtirish qobiliyatini taqdim etadi. Korxona oborot
mablag’laridan defitsitga uchragan vaziyatda Moliyaviy Agentdan oz bo’lmagan
miqdorda (talab qilingan summaning taxminan 80%i) moliyaviy resurslar oladi.
Faktoring operatsiyasi ishtirokchilari:
Moliyaviy Agent – Banklar bo’lishi mumkin
Mol etkazib beruvchi – xaridorga tovar kredit sharti bilan tovar
etkazib berish, ish bajarish, xizmat ko’rsatishni amalga oshiruvchi korxona.
Xaridor – to’lov muddati keyinchalik vujudga keladigan yoki
alaqachon muddati kelgan qarzdorligi mavjud korxona .
Faktoring operatsiyalarining afzalligi:
Mol etkazib beruvchilar uchun:
Faktoring xizmatlari ishlab chiqarish hajmini oshirmoqchi bo’lgan
mikrofirma va kichik korxonalar uchun ko’proq samaradorlikka ega;
Mol etkazib beruvchi tovar etkazib berish, xizmat ko’rsatish, ish
bajarishdan so’ng 3 kun ichida talab qilingan mablag’ning asosiy qismini (80% i)
qabul qiladi.
Mol etkazib beruvchi to’lov muddatini aniq biladi, shunga qarab u
o’zining to’lovlarini rejalashtirishi mumkin.
Xaridorlar uchun:
Xaridor 90 kungacha tavarni kreditga olish imkoniyatiga ega bo’ladi,
bunda xaridor oldindan to’lab borishi ham mumkin.
Faktoring xizmatlari qiymati:
Faktoring xizmatlari qiymati mol etkazib beruvchiga taqdim etilishi lozim summa
qiymati hamda bankning joriy stavkalar bo’yicha faktoring komission qiymatidan
kelib chiqadi. Faktoring xizmatlar qiymatini hisoblash uchun baza bo’lib talab
qilingan summadan foiz va xaridorning kechiktirgan kunlar miqdori hisoblanadi.
Korxonaning operativ pul fondlari korxonaning davomiy xarajat qiladigan
faoliyati uchun yaratiladi. Bunday fondlar barcha korxonalarda ochilishi mumkin.
22
Bu fondlarga ish haqi fondi, byudjetga to’lovlar uchun fond, yangi texnikani
o’zlashtirish uchun fond, yuqori boshqarmaga ajratmalar va boshqalar bevosita
bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: |