Korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil etish


Bitiruv malakaviy ishining ’e ti va predmeti



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/29
tarix07.01.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#208015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil (2)

Bitiruv malakaviy ishining ’e ti va predmeti. 
Tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug’ullanuvchi “
Mebel-servis” va 
“Binokor” MCHJ korxonalarifaoliyati 
bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo’lib hisoblanadi. 
Korxonalar moliyaviy resurslari, moliyaviy resurslar tarkibi, moliyaviy 
resurslarning shakllanishi, moliyaviy resurslar manbalari korxonalarning 
moliyaviy resurslari va ulardan samarali foydalanish bilan bog’liq jarayonlar 
bitiruv malakaviy ishimizning predmeti hisoblanadi. 
Mavzuning nazariy va amalimy ahamiyati. 
Bitiruv malakaviy ishining 
materiallari o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra “Korporativ moliya” va “Moliyaviy 
menejment” fanlarini o‘qitish bilan bog‘liq masalalarga ijobiy hissa va nazariy 
ulush sifatida xizmat qiladi. Ushbu ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u 
mamlakatimizda korxonalarda moliyaviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil 
etishni takomillashuviga xizmat qiladi. 
 
Bitiruv malakaviyning
tuzilishi va hajmi. 
Bitiruv malakaviy kirish, uchta 
bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, 5 ta jadval va 9 
ta rasmni o’z ichiga oladi. Bitiruv malakaviy hajmi 72 sahifadan iborat.



1-BOB. KORXONALAR MOLIYAVIY RESURSLARINI 
BOSHQARISHNING NAZARIY VA TASHKILIY ASOSLARI 
 
1.1.
 
Korxona moliyaviy resurslarining mohiyati va ahamiyati 
 
Moliyaviy resurslar – korxona faoliyatini belgilovchi jixatlaridan biri bo’lib, 
turli manbalarda shakllanuvchi, korxona ixtiyorida joylashuvchi va turli moliyaviy 
majburiyatlarni bajarish uchun ahamiyatli bo’lgan pul mablag’larini o’zida aks 
ettiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslarni boshqarish samaradorligi 
o’ta muximdir. Bunda ular o’z vaqti bilan va korxona maqsadiga muvofiq bir 
necha marta asosiy vositalar va aylanma aktivlarga aylanadi va har bir korxonaning 
moliyaviy holatiga bog’liq holda, joriy majburiyatlarini qoplaydi.
Moliyaviy resurslarni boshqarish faqatgina moliyaviy resurslardan 
foydalanish va ularni manbalaridan samarali olinishini emas, balki, korxona 
moliyaviy siyosatidan kelib chiqib mavjud resurslarni aniq maqsadli xarajat 
qilishni ham ko’zda tutadi. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyati 
shundaki, bunda korxonalar faqatgina moliyaviy resurslarini shakllantirishda emas, 
balki bankrot bo’lmasligi uchun moliyaviy resurslarni qanday qilib sarflash kabi 
qiyin masalalarga duch keladi.
Korxona ishlab chiqarish taraqqiyoti, ya’ni uning asosiy va aylanma 
aktivlari o’sishi xo’jalik va moliyaviy operatsiyalarni bajarish, turli investitsiya 
shakllarini, xodimlarni rag’batlantirishni amalga oshirish bilan bog’liq. Shu 
maqsadlar uchun korxonalarda moliyaviy resurslar shakllantiriladi. 
Moliyaviy resurslarning boshlang’ich shakllanishi korxonada ustav kapitali 
shakllanish davrida yuzaga keladi. Uning manbalari xo’jalik sub’ekti tashkiliy 
huquqiy shaklidan kelib chiqadi: 

aktsionerlik kapitali; 

ulushli to’lovlar; 

uzoqmuddatli kredit; 




byudjet mablag’lari; 

boshqa tushumlar. 
Ustav kapitalining oshirilishi ishlab chiqarish jarayonida investitsiya 
qilinadigan asosiy va aylanma aktivlardagi pul mablag’larida o’zini ko’rsatadi. 
Korxonalarda moliyaviy resurslarning asosiy manbai mahsulot (ish, xizmat) 
realizatsiya qilishdan tushum bo’lib, buni taqsimlanish jarayonida pul daromadlari 
va jamg’armaga qabul qilinadi. 
Korxonalar uchun quyidagilar asosiy hisoblanadi: 

mahsulot (ish, xizmat) realizatsiya qilishdan foyda; 

amartizatsiya ajratmalari; 

moliya bozorlariga safarbar qilingan mablag’lar; 

kredit resurslari; 

subsidiyalar; 

davlat boshqaruvidagi organlarning byudjetdan mablag’lari; 

sug’urta to’lovlari va boshqalar. 
Moliyaviy resurslar korxonalarda ikki shaklda shakllantiriladi va 
foydalaniladi: fondli va nofondli. Mablag’larning katta qismi maqsadli belgilangan 
pul mablag’larining shakllanishi va foydalanilishi bilan bog’liq. Soliqlar, 
ajratmalar, foizlarni to’lashda ishlatiladigan moliyaviy resurslar no fondli shaklda 
amalga oshiriladi.
Fondlar shakllanishi uchun asosiy manbaga mahsulot(ish, xizmat) 
realizatsiyasidan tushum xizmat qiladi.
Xo’jalik sub’ektida barcha moliyaviy resurslar bir qancha guruhlardan 
tashkil topadi: xususiy, zayom, qayta taqsimlash tartibida kelib tushuvchi 
moliyaviy reurslar. 
Quyidagi 1-rasmda korxona moliyaviy resurslar tuzilishi ko’rsatilgan. 
Xususiy kapital tarkibida foyda asosiy rolni o’ynaydi. Bu manba resurslari, uning 
miqdori shakllanishi korxonaning o’zida amalga oshiriladi va mustaqil hisoblanadi 
hamda xarajat qilinadi foydaga solig’i to’langandan so’ng. 



O’z moliyaviy resurslarining shakllanishida amartizatsiya ajratmalari muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bu mablag’lar yillik amartizatsiya fondini hisoblaydi va 
asosiy vositalrni yangilanib turishiga yo’naltiriladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin