13
1)
korxonaning kerak bo’lgan balans foydasi summasini shakllanishini
ta’minlash;
2)
samarali soliq siyosatini shakllantirish;
3)
mukammal dividend siyosatini ishlab chiqish;
4)
xususiy kapital hajmini oshirish.
Xo’jalik sub’ektlarida ayrim hollarda xom ashyo sotib olishga mablag’lar
etishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda banklar, moliya-kredit
tashkilotlarining faktoring operatsiyalaridan foydalanishi mumkin. Ya’ni bunda
banklar xo’jalik sub’ektlarining debitorlik qarzlarini sotib olishi yoki xom ashyo
sotib olish xarajatlarini qoplab berishi mumkin. Faktoring korxonalar orasidagi
oldi-sotdi munosabalarini moliyalashtirib, to’lolmaslik risklarini kamaytiradi.
Faktoring – hisoblarning samarali instrumenti bo’lib, oldi-sotdi shartnoma
bo’yicha moliyalashtirish va to’lamaslik riskini pasaytirishdir. Faktoring
operatsiyalari maqsadi mol etkazib beruvchilar uchun pul mablag’larini
o’tkazilishi va oborot kapitalining tezlashishi uchun sharoitlar yaratish hisoblanadi.
Korxonaning moliyaviy resurslari ular ixtiyoridagi pul mablag’laridir.
Moliyaviy resurslar ishlab chikarishni rivojlantirishga, ishlab chikarish soxasini
taminlashga va rivojlantirishga, istemolga yo’naltirish va zaxiraga qoldirishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: