Korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil etish


 Korxonalar moliyasida moliyaviy resurslarning ’ i



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/29
tarix07.01.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#208015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil (2)

1.2. Korxonalar moliyasida moliyaviy resurslarning ’ i 
Korxona 
moliyasi 

korxona 
xo’jalik faoliyati jarayonida pul 
mablag’larining shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog’liq vujudga 
keladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Korxona moliyasi korxona 
faoliyatining asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Korxona moliyasi moliyaviy resurslar 
manbalari, yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan moddiy ishlab 
chiqarish doirasida bevosita qatnashadi. Umumiy holatda korxona moliyasini 
quyidagi 2-rasmda ko’rishimiz mumkin.


14 
 
 
2-rasm. Korxona moliyasida moliyaviy munosabatlar va pul fondlarining 
tutgan ’ i
4
 
4
И.М.Карасева, М.А.Ревякина «Финансовий менежмент», ОМЕГА. Москва-2012, 21-стр.
KORXONA MOLIYASI 
Pul fondlari 
Mol yetkazib beruvchilar 
bilan 
Moliyaviy munosabatlar 
Boshqa korxona va 
tashkilotlar bilan 
Xaridorlar bilan 
Qurilish, transport va boshqa 
firmalar bilan 
Xorijiy korxona va firmalar 
bilan 
Ustav kapitali 
Asosiy vositalar fondi 
Aylanma aktivlar fondi 
Qo’shilgan kapitali 
Rezerv kapitali 
Investitsion fond 
Jamg’arma fondi 
Amartizatsiya fondi 
Valyuta fondi 
Iste’mol fondi 
Budjetga to’lovlar foni 
Ish haqi fondi 
Korxona ishchi va xodimlari 
bilan 
Korxona ichkarisida 
Filiallar, tsexlar, bo’limlar 
orasida 
Tashkilotning yuqori bo’limlari, ichki moliya-sanoat 
guruhlari, xolding ichki bo’limlari bilan 
Turli darajadagi budjetlar 
bilan 
Moliya-kredit tizimi bilan 
Banklar bilan 
Sug‘urta kompaniyalari 
bilan 
Budjetdan tashqri fondler 
bilan 
Fond bozorlari bilan 
Investitsion fondler bilan 
Boshqa fondlar 


15 
Korxona quyidagilar bilan o’zaro moliyaviy munolsabatlarga kirishishi pul 
fodlarining shakllanishi orqali amalga oshiriladi: Mol etkazib beruvchilar – uning 
faoliyati uchun zarur bo’lgan moddiy qiymatliklar, xizmatlar sotib olinishida; 
pudratchilar – qurilish mantaj, remont va boshqa ishlarga to’lov; xaridorlar – tovar 
realizatsiyasida va xizmat ko’rsatishda; byudjet bilan – soliqlar, ajratmalar va 
boshqa to’lovlar bo’yicha; banklar – kreditlar, pul mablag’larining saqlanishi, 
hisob operatsiyalariga to’lovlar; ishchi va xizmatchilar – ish haqi va boshqa 
hisoblar bo’yicha.
Korxona moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda shu 
narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqat moliyaviy emas, balki 
moddiy va mehnat resurslari xara-jatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, 
masalan, mahsu-lotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning 
natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko’rsatkichga 
ega bo’lamiz, deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Bu korxona moliyaviy-
xo’jalik faoliyati samaradorli-gini xarakterlovchi yaxlit ko’rsatkichlardan biri 
bo’lib, unga kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiy-ishlab 
chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas bog’liqligi xosdir. 
Yuqorida bildirilgan fikr o’ziga moliyaviy natija va moliya-viy 
xarajatlarning tavsifini mujassam etuvchi korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining 
samaradorligini xarakterlovchi boshqa ko’rsatkichlarga ham to’liq tegishlidir. 
Shunday bo’lishiga qaramas-dan analitik maqsadlar uchun bu majmua 
(to’plam)dan aynan korxona ning moliyaviy faoliyatini, uning moliyaviy va baho 
siyosatining samaradorligini o’xshash tarzda xarakterlovchi ko’rsatkichlarni 
ajratish muhimdir. 
Korxona moliyaviy operatsiyalarining daromadliligini xarak-terlovchi 
ko’rsatkich ularning samaradorligini sof moliyaviy nati-janing sof moliyaviy 
xarajatlarga nisbati shaklida ifodalab, ko’pchilik hollarda korxona moliya-xo’jalik 
faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori 
samara-dorligining ko’rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo’lishlariga 


16 
qaramasdan moliyaviy “spekulyatsiyaning” imkoniyatlari ularni “cho’kmasdan” 
turishlariga sharoit yaratadi. 
Real sektor korxonalarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy resurslardan 
foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga u yoki bu 
darajada sotuv rentabelligi ko’r-satkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya 
qilishdan olingan tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj 
pul mablag’laridan iborat bo’lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni 
istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko’rsatkich sifatida e’tirof etish mumkin. 
Shunday bo’lishiga qaramasdan bu erda yana bir narsani inobatga olmoq lozim, 
ya’ni samaradorlik-ning o’lchovi sifatida yuqoridagi ko’rsatkichning haqqoniylik 
darajasi juda ko’p omillarga, xususan, tushum va foydani shakl-lantiruvchi bozor 
baholarining monopol baholarni shakllanti-rishning salbiy ta’sirlaridan qanchalik 
ozod ekanligiga bog’liq. 
Yuqorida ko’rib o’tilgan barcha moliyaviy ko’rsatkichlarda mazmun va 
shakl o’rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjud-ligi namoyon bo’ladiki, bu 
narsa bizning holatda korxona lar moliya-sining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy 
sektorining ham) o’z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarishdan ajralib chiqishga va 
unga bog’liq bo’l-magan holda mustaqil hayot kechirish imkoniyatini qo’lga 
kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. korxona lar moliya-xo’jalik faoliya-tining 
samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko’rsatkichlar (masalan, 
tushum va foyda) moddiy aylanma mablag’-larning aylanuvchanligi, asosiy ishlab 
chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning fond sig’imi kabi iqtisodiy 
ko’rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama-qarshilik, ma’lum darajada, 
pasayadi.
Korxonalarda pul fondlari korxona moliyasini tashkil etish asosini tashkil 
etadi. Chunki pul mablag’lari bo’lgandagina korxona moliyasiga ehtiyoj yuzaga 
keladi. Korxona moliyasi belgilangan maqsadiga erishish uchun pul fondalarini 
shakllantiradi, ularni taqsimlaydi va foydalanadi.
Korxona pul mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida turli maqsadli 
fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondlarning o’z maqsad va vazifalari 


17 
belgilanadi. Korxonalar pul fondlarini shakllantirish orqali xo’jalik faoliyatini 
kerakli mablag’lar bilan ta’minlashni amalga oshiradi, hamda takror ishlab 
chiqarishni kengaytiradi; pul oqimlarini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; 
ilmiy texnika jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani o’zlashtiradi va joriy 
etadi; sub’ektlarni iqtisodiy rag’batlantiradi; byudjet, bank va hokazolar bilan 
hisoblarni amalga oshiradi. 
Korxonalarda shakllanadigan pul fondlarini quyidagi 3-rasm misolida 
mohiyatini ochishga to’xtalishimiz maqsadga muvofiqdir.
Korxona pul mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida turli fondlarini 
shakllantirar ekan, bu fondlarni shartli ravishda quyidagicha tasvirlashimiz 
mumkin. Chunki har bir korxona o’z faoliyatidan kelib chiqib, o’ziga ahamiyatli 
bo’lgan pul fondlarini shakllantiradi. Ya’ni bir korxonada bo’lgan pul fondlari 
boshqasida bo’lmasligi mumkin. Umumiy holatda pul fondlarini quyidagi 3-
rasmda aks ettirdik. 
Korxonaning o’z mablag’lari fondlari – korxona faoliyatini yuritishida 
o’ziga tegishli asosiy mablag’lari hisoblanadi. Bu mablag’larning ortishi 
korxonaning rivojlanayotganidan dalolat beradi. Korxonaning o’z mablag’lari
xususiy kapital ham deb yurtitiladi. Bu kapital o’z ichiga ustav kapitali, qo’shilgan 
kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Korxona o’z faoliyatini boshlashda ya’ni faoliyatini yuritishda zarur bo’lgan 
mulkni sotib olishni hamda ishlab chiqarishni yuritishni moliyalashtiradigan 
asosiy manba bo’lib korxonaning ustav kapitali shaklida jamg’arilagan mulk 
egalari mablag’lari, korxonada belgilangan tartibda shakllangan boshqa kapitallar, 
hamda tasischilarning ishlab chiqarishni kengaytiri uchun qoldirgan foydalari 
hisoblanadi. Bu mablag’lar korxonaning o’z mablag’laridir. Bundan tashqari 
korxonalar faoliyatini moliyalashtirishda qarz mablag’lari, ya’ni boshqa moliya-
kredit tashkilotlaridan, yuridik va jismoniy shaxslardan ma’lum bir muddatga 
qaytarish sharti bilan oladigan mablag’laridan ham foydalaniladi. 


18 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin