Korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil etish



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/29
tarix07.01.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#208015
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil (2)

3-jadval 
 
MCHJ «Me el-servis
» pul ma lag’la i ayla u a ligi ta lili
10
 
 
K ’ at i la i 
2015 yil 
2016 yil 
Farqi 
Mahsulot sotishdan sof tushum 
(mlrd. so’m) 
220 
292 
72 
Pul mablag’lari (mlrd. so’m) 
86,5 
61,7 
-24,8 
Pul mablag’lari aylanuvchanligi
Martada 
2,5 
4,7 
2,2 
Kunlarda 
142 
76 
-65,5 
Aylanish tezlashishi yoki 
sekinlashishidan mablag’larning 
bo’shaganligi (-) yoki qo’shimcha 
(+) jalb qilinganligi (mlrd. so’m) 


-53,1 
Ushbu jadvalda MChJ “Mebel-servis” korxonasida pul oqimlari aylanuvchanligi 
darajasi va uning korxona moliyaiy holatiga ta’siri tahlil qilingan. Ushbu 
ma’lumotlarga muvofiq korxonadan 2016 yilda mahsulo sotishdan tushum 292 
mlrd. so’mni tashkil etib, ushbu summa 2015 yilga nisbatan 72 mlrd so’mga 
oshgan. Korxonaning faoliyatdagi pul mablag’lari esa 2016 yilda 61,7 mlrd. 
so’mni tashkil qilgan va bu miqdor 2015 yilga nisbatan 24,8 ming so’mga 
kamaygan. Korxonada pul mablag’lari aylanuvchanlik koeffitsienti 2016 yilda4,7 
bo’lib va bu aylanuvchanlik koeffitsienti 2015 yilga nisbatan 2,2 ga oshgan. Pul 
mablag’lari aylanuvchanligini kunlar bo’yicha aniqlash ham muhim ahamiyat kasb 
etgan. Bundan ko’rinadiki korxonaning pul mablag’lari aylanuvchanligi kunlar 
bo’yicha 2016 yilda 76 ga teng bo’lgan, ya’ni bir yilda har 76 kunda bir marotaba 
pul mablag’lari aylangan. 2015 yilda esa pul mablag’lari har 142 kunda bir 
10
MCHJ «Mebel-servis» moliyaviy hisobotlari asosida talaba tomonidan tuzildi 


45 
marotaba aylangan. Bu ko’rsatkichlar 2016 yilda 2015 yilga nisbatan yaxshi 
bo’lganligini anglatadi. Pul mablag’lari aylanuvchanligi 2016 yilda 2015 yilga 
nisbatan oshganligi sababli ushbu yilda 53,1 mlrd. so’m pul mablag’lari ishlab 
chiqarishdan bo’shagan. Bu esa korxonaning ishlab chiqarishini kengaytirishga 
imkoniyat bo’ladi yoki boshqa faoliyatga pul mabag’ini yo’naltirish mumkin. 
Ya’ni moliyaviy resurslardan 2016 yilda 2015 yilga nisbatan samarali foydalanish 
natijasida korxonada 53 mlrd so’m moliyaviy resurs oldingi yilga nisbatan 
bo’shagan. Demak kompaniyada moliyaviy holatni yanada yaxshilash uchun 
imkoniyatlar mavjud.
Korxonalar doirasida shakllantiriladigan moliyaviy resurslarning o’lchami, 
zaruriy kapital quyilmalarni moliyalashtirish, aylanma mablag’larni ko’paytirish, 
hamma turdagi moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirish, ijtimoiy xarakterdagi 
ehtiyojlarni ta’minlash imkoniyatlarini aniqlaydi. 
Korxonalarda mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushumning tarkibiy 
elementi sifatida moliyaviy resurslar fondli va nofondli kurinishlarda 
foydalaniladi.Chunki, moliyaviy resurslarni bir qismi hisobiga turli xil pul fondlari 
shakllantiriladi, shuningdek uning ma’lum bir qismi, korxonaning majburiyatlarini 
bajarish uchun yo’naltiriladi.
Amaliyotda, pul mablag’lari, pul moliyaviy resurslar, pul fondlari 
tushunchalari guyoki bir xildagidek qabul qilinadi. Ammo, ularning urtasida jiddiy 
farklanishlar ham mavjud.
Pul mablag’lari- moliyaviy resurslarga nisbatan kengrok ma’noga ega 
bulgan tushunchadir. Moliyaviy resurslar esa korxona pul mablag’larining 
fakatgina aylanmada bulgan qisminigina anglatadi. 
Pul fondlari esa moliyaviy resurslardan fondli shakllardagi yo’nalishlarda 
foydalanish natijasida shakllantirilgan foyda hisoblanadi. 
Pul mablag’lari va moliyaviy resurslarning urtasidagi fark mahsulot 
realizatsiyasidan tushgan tushum mohiyatini yoritish misolida aniqlanadi. 
Korxonaning bankdagi hisob rahamiga kelib tushgan tushumning umumiy 
summasi pul mablag’lari o’lchamini bildiradi. Mazkur pul mablag’lari umumiy 


46 
summasidan sezilarli qismi, xom ashyo, materiallar, yokilgi, elektorenergiya 
shaklida ishlab chiqarish jarayoniga avanslashtirilgan shaklidagi aylanma 
mablag’lar va kolgan qismi sof tushum sifatidagi yalpi daromad moliyaviy 
resurslarning manbai hisoblanadi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin