49
Aksariyat korxonalarda moliyaviy holatning yomonlashuvi ko’p jihatdan
katta hajmdagi debitorlik va kreditorlik qarzlarining to’planib qolishiga bog‘liq
bo’ladi. Debitorlik qarzlarining katta hajmda paydo bo’lishi korxona mablag’larini
muomaladan chiqaradi, o’z aylanma mablag’larining yetishmovchiligiga sababchi
bo’ladi, natijada, kreditorlik qarzining
oshishiga olib keladi, bular hammasi
moliyaviy holatga salbiy ta‘sir qiladi. Shuning uchun ushbu qarzlar bilan bog’liq
bo’lgan jarayonni uzluksiz ravishda tahlil etib turish zarur.
Korxona tomonidan boshqa korxona va tashkilotlarga to’lanishi zarur bo’lgan
majburiyatiar kreditor qarzlar deb, korxonaga boshqa
korxona va tashkilotlar
tomonidan to’lanishi zarur bo’lgan majburiyatiar esa debitorlik qarzlari, deb
tushuniladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisob-kitoblarning doimiy yoMdoshi
hisoblanadi. To’lov muddatining cho’zilib ketishi korxonalar
moliyaviy holatiga
salbiy ta‘sir qiladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarning mavjud holatini o’rganish asosida
ular bo’yicha aylanish davrini tezlashtirish imkoniyatlari aniqlash negizida
moliyaviy holatni yaxshilash tahlilning asosiy maqsadi hisoblanadi. Tahlil etishda
debitorlik va kreditorlik majburiyatlarning holatiga, tarkibiga, tarkibiy
tuzilishiga,
tashkil topish muddatlariga, dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho
beriladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlili
taqqoslash usuli yordamida
quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda debitorlik va kreditorlik
qarzlarining tarkibi hamda tarkibiy tuzilishi o’rganiladi. Buning uchun, avvalo, har
bir qarz, turi hajmi va uning hissasi aniqlanadi. Buxgalteriya balansida ko’rsatilgan
debitorlik va kreditorlik arzlarining jamiga nisbatan har bir qarz turining hissasini
shu qarz summasini 100%ga ko’paytirib, jamiga bo’lish orqali aniqlanadi.
Shundan keyin tahlil amalga oshiriladi. Hisobot davrining oxiridagi qarzlar hajmini
davr
boshidagi qarzlar hajmiga, davroxiridagi hissasini davr boshidagi hissasiga
solishtirilib, o’zgarishi (ko’paygan yoki kamayganligi) aniqlanadi. Ushbu
o’zgarish mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi.
Qarzlar bo’yicha mutlaq o’zgarishini aniqlash
uchun davr oxiridagi
50
summasidan davr boshidagi summasi chegirilib tash- lanadi, nisbiy o’zgarishini
aniqlash uchun mutlaq o’zgarish sum- masi 100 % ga ko’paytirilib, natijasini davr
boshidagi summasiga bo’lish kerak. Shundan keyin debitorlik va kreditorlik
qarzlari- ning umumiy holatiga baho beriladi.
Dostları ilə paylaş: