51
yoki aksincha. Mahsulot sotishdan yalpi foyda 2014 yilda 494411 ming so’mni,
debitorlik qarzlari 222692 ming so’mni tashkil etgan. 2015 yilda esa yalpi foyda
1382307 ming so’m, debitorlik qarzlari 1461017 ming so’mni tashkil etgan.
Bundan ko’rinadiki, korxona qarzlari 78710 ming so’mga ortishiga qaramasdan,
yalpi foyda 887896 ming so’mga ko’paygan.
Debitorlik va kreditorlik
majburiyatlarining o’zgarish qiymatlari deyarli bir xil, ya‘ni mos ravishda 78710
va 244036.7. bu korxona yalpi foydasini sezilarli darajada ko’tarilganligiga ishora
qiladi. Xodimlar sonining bittaga kamayishi 2015 yilda 1 xodimga to’g'ri
keladigan mahsulot hajmining 140662.1 ga ortishiga,1 kunlik tushumni 12061.7 ga
ortishiga olib kelgan.
4-jadvalda korxonaning balans iqtisodiy salohiyat samaradorligiga ta‘sir
etuvchi omillar miqdori tahlili keltirilgan. Yangicha ish yuritish sharoitida
korxonalar mulkining tarkibini o’rganish va uni ko’paytirish yo’llarini
aniqlash
xo’jalik faoliyatining tahlilida muhim o’rin tutadi. Ayniqsa balansga qarab korxona
mol–mulki va
boyligining tarkibini kuzatish, sof mablag‘ holatini aniqlash,
imkoniyat me‘yorini o’lchashga yordam beradi. Odatda, korxona mablag‘lariga
asosan vositalar va oborotdan tashqari aktivlar hamda material (me‘yorlashtirilgan)
aylanma pul mablag‘lari kiradi. Bu yerda hisobot davrining sof foydasi, daromad
solig'ini to’lagunga qadar foyda,mahsulot sotishdan sof tushum keltirilgan. bundan
ko’rishimiz mumkinki, asosiy vositalar ko’paygan va aktivlar oshgan.
4-jadvaldan ko’rinadiki, hisobot davrining sof foydasi 2015-yilda 179.59 %
ga o’sishi natijasida foydaning daromaddagi hissasi ham 18.91 %
ga oshgan,
daromadning mahsulot hajmidagi hissasi ham 51.68 % ga oshgan. iqtisodiy
salohiyat natijaviyligi 416.49 % ga o’sgan. iqtisodiy
salohiyat rentabelligi esa
279.70 % ga o’sgan. Iqtisodiy salohiyat samaradorligining kompleks ko’rsatkichi
monand ravishda 374.97 % ga o’sgan.