2.3. Korxonaning moliyaviy resurslarini baholash amaliyoti tahlili «Binokor » MChJ korxonasining tashkiliy tuzilmasi boshqaruv tizimining
chiziqli tuzilma turiga to’g‘ri keladi. Bu korxona kichik tashkilot bo’lgani va
xodimlari soni unchalik ko’p bo’lganligi sababli rahbarlar soni ko’p emas. Bu esa
boshqaruv tizimining yanada samaraliroq faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
Chiziqli tuzilma boshqarish tuzilmasining eng sodda turi bo’lib, u quyidagi
(sxema) ko’rinishga ega. Bunda boshqarishning hamma funksiyalari korxona
rahbari qo’lida to’planib, barcha quyi rahbarlar (Buxgalteriya, Loyihalash bo’limi,
Ta‘minot bo’limi) va ishlab chiqarish yacheykalari (qurilish brigadasi) unga
bo’ysunadi. Har bir rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini o‘zi
boshqaradi va barcha zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
5-rasm. “Binokor” MChJ korxonasining tashkiliy tuzilmasi 11 11
«Binokor» MChJ texnik asosnomasi asosida tayyorlandi
47
Qurilish - iqtisodiyotning katta tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Qurilish xalq
xo`jaligi uchun ishlab chiqarish kuchi hamda asosiy fondlarning keng ko`lamda
qayta ishlab chiqarishini taminlaydi.
Qurilish ishlarini tanlov savdolari asosida amalga oshirish chet el
investrlariga, buyurtmachilariga, davlat tashkilotlari hamda, xususiy korxonalarga
bir qancha imkoniyatlarni, imtiyozlarni yaratishga va raqobatni shakllantirishga,
qo’llab quvatlashga shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bu esa mamlakatimizni
rivojlantirishga turli ko`rinishdagi, murakkab yechimli, zamonaviy, jahon
standartlariga javob bera oladigan turar joy, sanoat inshootlarining yaratilishiga
turtki bo`ladi.
Korxonada boshqaruv tuzilmasi faoliyatini takomillashtirish bo’yicha yangi
g‘oyalar ishlab chiqish imkoniyatini yaratish va ularni amaliyotga tadbiq etish va
korxonaning ijtimoiy muhitini yaxshilash yo’nalishlarida tadbirlarni qo’llash
maqsadga muvofiq deb topildi.
Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishda balans ma‘lumotlari asosida
nisbiy ko’rsatkichlami aniqlash va tahlil qilish katta ahamiyatga ega bo’ladi,
chunki ular asosida moliyaviy holatni yaxshilash imkoniyatlari aniqlanadi.
Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishda mutlaq ko’rsatkichlarga qaraganda,
nisbiy ko’rsatkichlar keng qo’llaniladi. Nisbiy ko’rsatkichlar amaliyotda moliyaviy
koeffitsientlar, deb ataladi. Moliyaviy koeffitsientlarni hisoblashda mutlaq
ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Korxona moliyaviy holatiga baho berishda quyidagi moliyaviy koeffitsientlar
ko’proq ishlatiladi:
1. Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti.
2. To’lovga qodirlik koeffitsienti.
3. O’z va qarz mablag'larining o’zaro nisbati koeffitsienti.
4. O’z aylanma mablag'lari bilan ta‘minlanish koeffitsienti.
5. Moddiy aylanma mablag’lar hissasi koeffitsienti.
6. Jami aylanma mablag'laming jami mulk qiymatidagi hissasi koeffitsienti.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan takliflardan korxonani boshqarishda qo`llansa,
48
menejment samaradorligi, ya`ni - Binokor ma`suliyati cheklangan jamiyati
faoliyati samaradorligini oshishi va natijada iqtisodiy mustahkam faoliyat
yuritishga erishish mumkin.