36
Korxonaning xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lari
qatoriga
foydaning hamma turlari, amortizatsiya, mahsulot
realizatsiyasidan tushgan
tushum, barqaror passivlar, chiqarib yuborilgan mulklarni sotishdan tushgan
tushumlar va boshqalar hisoblanadi.
Moliyaviy bozorlardan jalb qilingan mablag’larga
xususiy aktsiyalar,
obligatsiyalar va boshqa kimmatli kogozlarni sotishdan tushgan tushum va kredit
investitsiyalari kiritiladi.
Qayta taqsimlash tartibidagi pul mablag’lariga sug’urta to’lovlari, dividentlar
va foizlar, pay badallari, byudet subsidiyalari va boshqalar kiritiladi.
Bizning fikrimizcha, moliyaviy resurslar kategoriyasini
bu usulda yoritish
nisbatan hamchiliklarga egadir. Chunki, moliyaviy resurslarga ta’rif berilganda
moliyaviy majburiyatlarni bajarishga yo’naltirigna pul daromadlari va tushumlari
ham kiritilgan. Moliyaviy resurslarning manbalari sifatida
esa asosan xususiy va
unga tenglashtirilgan mablag’lar hisoblanmoqda.
Ma’lumki, korxonaning oldidagi byudjetga to’lovlar (soliqlar) va ajratmalar,
byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar shaklidagi to’lovlarning nafakat foydadan
tulanadi. Balki, ularnin ma’lum qismi, tannarxni tarkibiga ham kiritiladi. Shuning
uchun ham korxonaning xususiy moliyaviy resurslarini shakllanish manbalari yalpi
foyda emas balki yalpi daromad hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, moliyaviy resurslarni shakllantirishning asosiy manbai
xo’jalik sub’ektlari darajasida yalpi daromad va amortizatsiya hisoblanadi.
Umumiy olib qaraganda uning bosh manbai mahsulot realizatsiyasidan tushgan
tushum hisoblanadi. Chunki, yalpi daromadni shakllanishi
ham amortizatsiya
ajratmalarini shakllanishini ham tannarx xarajatlari elementi sifatida mahsulot
realizatsiyasidan tushgan tushum taqsimlanishi natijasida chiqariladi.
Korxonalar doirasida shakllantiriladigan moliyaviy resurslarning o’lchami,
zaruriy kapital quyilmalarni moliyalashtirish, aylanma mablag’larni ko’paytirish,
hamma turdagi moliyaviy majburiyatlarni
amalga oshirish, ijtimoiy xarakterdagi
ehtiyojlarni ta’minlash imkoniyatlarini aniqlaydi.
37
Korxonalarda mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushumning tarkibiy
elementi sifatida moliyaviy resurslar fondli va nofondli kurinishlarda
foydalaniladi.Chunki, moliyaviy resurslarni bir qismi hisobiga turli xil pul fondlari
shakllantiriladi, shuningdek uning ma’lum bir qismi, korxonaning majburiyatlarini
bajarish uchun yo’naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: