Korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil etish


-jadval  MCHJ «Me el- e i » a m liya iy e u la i g a lla i i a



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/29
tarix07.01.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#208015
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil (2)

1-jadval 
MCHJ «Me el- e i » a m liya iy e u la i g a lla i i a 
ularning taqsimlanishi holati tahlili
8
№ 
K ’ at i la
2015 yil 
2016 yil 
Farqi 
mlrd. 
’m 
%da 
mlrd. 
’m 
%da 
mlrd. 
’m 
%da 
AKTIVLAR 
1 Uzoq muddatli aktivlar 
223,6 
61,2 
309,8 
64,0 
86,2 
2,8 
2 Tovar moddiy zaxiralari 
24,8 
6,8 
50,8 
10,5 
25,9 
3,7 
3 Kelgusi davr xarajatlari 
5,7 
1,5 
11,7 
2,4 
6,0 
0,9 
4 Kechiktirilgan xarajatlar 
2,9 
0,8 
7,2 
1,5 
4,3 
0,7 
5 Debitorlik qarzlari 
7,1 
1,9 
14,2 
2,9 
7,0 
1,0 
6 Pul mablag’lari 
86,5 
23,7 
61,7 
12,7 
-24,8 
-10,9 

Qisqa muddatli 
investitsiyalar 
15,0 
4,1 
29,1 
6,0 
14,1 
1,9 
Bala a ti i ’yi a ami 
365,7 
100 
484,4 
100 
118,8 

PASSIVLAR 
1 Ustav kapitali 
4,9 
1,3 
4,9 
1,0 
0,0 
-0,3 
2 Qo’shilgan kapital 
0,43 
0,1 
0,43 
0,1 
0,0 
0,0 
3 Rezerv kapitali 
260,1 
71,1 
260,4 
53,8 
0,2 
-17,4 
4 Taqsimlanmagan foyda 
92,5 
25,3 
201,9 
41,7 
109,4 
16,4 
5 Joriy majburiyatlar jami 
7,7 
2,1 
16,8 
3,5 
9,1 
1,4 
Bala pa i i ’yi a ami 
365,7 
100 
484,4 
100 
118,8 

8
MCHJ «Mebel-servis» moliyaviy hisobotlari asosida talaba tomonidan tuzildi 


30 
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’ra 2016 yilda shakllangan 484,4 
mlrd so’m moliyaviy resurslarning 64%i (309,8 mlrd. so’m) uzoq muddatli 
aktivlarni, 10,5%i (50,8 mlrd so’m) tovar moddiy zaxiralarini, 2,4%i (11,7 mlrd 
so’m) kelgusi davr xarajatlari, 1,5 %i kechiktirilgan xarajatlarni moliyalashtiriga 
yo’naltirilgan. Moliyaviy resurslarning 12,7%i (61,7 mlrd. so’m) pul mablag’lari 
shakllanishiga qoldirilgan. Moliyaviy resurslarning 6%i (29,1 mlrd. so’m) qisqa 
muddatli investitsiyalarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan.
2015 yilda shakllangan 365,7 mlrd so’m moliyaviy resurslarning 61,2%i 
(223,6 mlrd. so’m) uzoq muddatli aktivlarni, 6,8%i (24,8 mlrd so’m) tovar moddiy 
zaxiralarini, 1,5%i (5,7 mlrd so’m) kelgusi davr xarajatlari, 0,8%i (2,9 mlrd. so’m) 
kechiktirilgan xarajatlarni moliyalashtiriga yo’naltirilgan. Moliyaviy resurslarning 
1,9%i (7,1 mlrd. so’m) debitorlik qarzlarini, 23,7%i (86,5 mlrd. so’m) pul 
mablag’lari shakllanishiga qoldirilgan. Moliyaviy resurslarning 4,1%i (15 mlrd. 
so’m) qisqa muddatli investitsiyalarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan.
Iqtisodiyotning rivojlanish sur’atlarini oshishi, ishlab chiqarishning iqtisodiy 
samardorligini oshishi davlat byudjetining soglomlashishi kup tomondan 
korxonalarda shakllantirlgan realizatsiyadan tushgan tushumni taqsimlanishi va 
shakllantiriladigan moliyaviy resurslardan foydalanish samardorligiga bog’liqdir. 
Moliyaviy resurslarning o’lchami va tarkibi ko’p tomondan ishlab chiqarish 
xajmining o’sishi va samardorlikni yuksalishiga bog’liqdir. Ishlab chiqarishning 
doimiy ravishda o’sishi va uni samardorligi ko’rsatkichini yuksalishi bir tomondan 
korxonalar moliyaviy resurslarini miqdorini ortishiga olib keladi, ikkinchi 
tomondan, davlatning moliyaviy resurslarini miqdorini o’sishiga olib keladi. 
Shuning uchun ham korxonalar moliyaviy resurslarini o’z ichiga oluvchi 
mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushumni ko’payishi bir tomondan davlat 
byudjeti va byudjetan tashqari fondlarni samarali daromad manbalarini 
shakllanishiga olib keladi. Chunki, byudjetning daromadlar manbalari 
hisoblanuvchi respublika hamda Mahalliy soliqlar va yigimlarning soliqqa 
tortiladigan ob’ektlarini shakllanishi mahsulot realizatsiyasi, ishlar va ko’rsatilgan 
xizmatlardan tushgan tushumning taqsimlanishi natijasida shakllantiriladi. 


31 
Umuman soliqlar, kredit, sug’urta va boshqa iqtisodiy kategoriyalarning moliyaviy 
mazmuni yangidan yaratilgan daromadlarni qayta taqsimlash bilan belgilanadi. 
Masalan, soliq to’lovlarining asosiy manbai korxona tomonidan shakllantiriladigan 
qo’shimcha qiymat yoki yaqqolroq faoliyatning sof moliyaviy natijasi hisoblanadi. 
Korxona takror ishlab chiqarish jarayonida qo’shimcha daromad olish 
imkoniyatiga ega bulmasa soliqlarni tulashning iqtisodiy asoslari ham mavjud 
bo’lmaydi. Albatta bu erda faoliyat natijalariga bog’liq bulgan o’zgarmas xarajatlar 
tarkibidagi soliqlar va o’zgaruvchan xarajatlar tarkibidagi soliqlarni ham ko’rib 
o’tishimiz mumkin. Masalan, faoliyatning moliyaviy natijalariga bog’liq 
bo’lmagan soliqlar (mol mulk soligi, yer soligi)ni ham asosiy moliyaviy manbai 
korxonalar tomonidan olinadigan daromad hisoblanadi. Mantiqan olib qaraganda 
korxona qachon soliqlarni tulaydi?- degan savolga, qachonki u etarli darajada 
daromadga ega bulsa - degan soddagina javobni berishimiz mumkin. Bu 
daromadning asosiy manbai realizatsiyadan tushgan tushum hisoblanadi. Kredit va 
sug’urta munosabatlarining ham moliyaviy mazmuni ulardan foydalanganlik 
uchun tulanadigan ssuda foizi va sug’urta badallari vositasida yangidan yaratilgan 
qiymatni qayta taqsimlash hisoblanadi. Umuman olganda asosiy va aylanma ishlab 
chiqarish fondlarini shakllantirish maqsadida olinadigan qarz mablag’larining 
iqtisodiy asosi ham mazkur qarz mablag’laridan yuqoriroq darajadagi samaraga 
ega bulgan holatdagi ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil qilish hisoblanadi. 
Tashkil qilingan takror ishlab chiqarish samaradorligini baholashning bosh 
omillaridan biri esa mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum hisoblanadi. 
Soliqqa 
tortish 
bilan 
bog’liq asosiy muammolar biri mahsulot 
realizatsiyasidan tushgan tushumni xarajatlar elementlari bo’yicha taqsimlanishi 
natijasida soliqqa tortiladigan bazani shakllanishi bilan bog’liqdir. Chunonchi, 
byudjet daromadlarinuktai nazardan soliqlarni turkumlanishi natijasida Respublika 
byudjeti daromadlarini manbalari hisoblanuvchi soliqlar mahsulot realizatsiyasidan 
tushgan tushum va korxonalardaen shakllantiriladigan foyda miqdoriga bevosita 
bog’liqdir ya’ni aksariyat soliqlar daromaddan undiriladigan porportsional, 
regressiv va progressiv soliqlar hisoblanadi. Mahalliy byudetlar daromadlari 


32 
manbalari hisoblanuvchi soliqlar bo’yicha shakllantiriladigan ob’ektlar mahsulot 
realizatsiyasidan tushgan tushum va yalpi foydani o’sishiga bog’liq emas. Bunday 
holat aksariyat hollarda byudjet munosabatlari bilan bog’liq muammolarni keltirib 
chiqarmoqda. Ishlab chiqarish jarayonini intensivlashishi va mahsulot ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish hisobiga realizatsiyadan tushgan tushumni 
ko’payishi Respublika byudjeti uchun soliqli tushumlarni ham ko’payishiga olib 
keladi. Bu hol Respublika byudjetisoliqlari vositasida mahsulot ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish va realizatsiyadan tushumni ko’paytirishdan uchun etarli 
soliq imtiyozlari tizimini shakllantirishga olib kelmoqda. Chunki ko’rib turibmizki 
bunday byudetning uzi ham manfaatdor hisoblanmoqda. 
Ishlab chiqarish samardorligini yuksalishi mahsulot realizatsiyasi, bajarilgan 
ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan tushgan tushum tarkibidagi xarajatlarni 
minimallashtirish va korxona manfaatdorligini asosi hisoblangan foydani tushum 
tarkibidagi salmog’ini yuqori bulishi bilan belgilanadi. Bunday holatda korxonalar 
ehtiyoji uchun zaruriy bulgan moliyaviy resurslar miqdorini shakllantirish va 
ulardan samarli foydalanish korxonaning moliyaviy barqarorligi, to’lov qobiliyati 
va balans likvidliligi bilan aniqlanadigan moliyaviy muvaffaqiyatlarini anglatadi. 
Joriy davr mobaynida mazkur resurslarga ehtiyojlar va ulardan samarali 
foydalanish moliyaviy rejalashtirish jarayonida aniqlanadi. 
Korxonalarning moliyaviy resurslari ular resurslarining bir qismi bo’lib, bu 
resurslar pul shaklida amal qiladi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi 
moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa 
ularni korxona ning boshqa resurslari ko’rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish 
vositalari (dastgohlar, mashinalar, xom ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga 
mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar)dan farq qiladi. buni inobatga olgan 
holda korxona vositalarining “pul shakli” va “pul qiymati” tushunchalarini 
farqlamoq lozim. “korxona vositalarining pul qiymati” tushunchasi, odatda, pul 
mablag’larining o’zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo’ljallanilgan vositalar 
va fondlar (masalan, asosiy fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi. 


33 
Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari dastgohlar, 
mashinalar, xom ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo’ljallangan binolar va 
shunga o’xshashlar) haqiqatda pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab chiqarish 
fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda 
esa, o’z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymati baholari emas, balki 
haqiqiy bozor baholari harakatga tushadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi 
ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar korxonani yomon oqibatlarga, xususan, 
mablag’lar va resurslarni yo’qotib qo’yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, xalqaro 
amaliyotdagi ma’lumotlarga ko’ra, bankrotga uchragan korxona tuga-tilayotgan paytda 
unga tegishli bo’lgan aktivlar qiymatining 40%dan ortiq bo’lmagan qismini olishga 
muvaffaq bo’lishi mumkin. Shu munosabat bilan hatto, sog’lom bozor aylanmasida, 
ya’ni talabga ega bo’lgan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat 
sotilganidan so’ng pul mablag’iga aylanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlantirishga 
mo’ljallangan korxona ning moliyaviy resurslari bu – uning pul shaklidagi 
kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-
buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va 
intellektual qobiliyatlaridan iborat bo’lgan inson kapitali kapital mavjudligi va 
harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Printsip jihatidan, takror ishlab 
chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad 
keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo’lishi mumkin. 
Korxonalarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ta’sis 
kapitalining bir qismini pul shaklida qo’yish, shuningdek, boshqa shaxslar va 
tashkilotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko’rinishida kelib tushgan 
pul mablag’lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pulsiz qismi 
(sanoat va intellektual mulk ob’ektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) 
esa, xuddi maqsadli tushumlar singari, agar ular pul ko’rinishida qo’yilmagan bo’lsa, 
korxona ning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas. 
Bozor iqtisodiyotining xorijiy nazariyasi va amaliyotida pul tushumi yalpi 
daromad tarzida talqin qilinadi. Bu narsa korxona moliyaviy resurslari fondini 


34 
shakllantirish va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini 
o’zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun 
mo’ljallangan pul tushumlarining bir qismi, korxona ning real moliyaviy resursi 
mol etkazib beruvchilar va kontragentlarning hisobvaraqlariga o’tkazilmasdan, 
uning aylanmasida bo’lgan paytda qo’shimcha daromad keltiradi. O’tish davrining 
dastlabki yillaridagi o’zaro mol etkazib berish (xizmat ko’rsatish) bo’yicha 
noto’lovlar krizisi bank kreditlari foizining yuzdan oshgan darajasida tekin tijoriy 
kredit imkoniyatining mavjudligi o’zining “qo’lbola” birlamchi manbai bo’lib 
xizmat qildi. Shunga o’xshash narsa ish haqi fondiga nisbatan ham tegishli bo’ldi. 
Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab oylik maoshlarni berishning 
kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi bir “tadbirkor” va “bankir”larning 
tekinga boyish manbalaridan biriga aylandi, chunki to’lanmagan ish haqi ularning 
aylanmasida bo’lgan edi. 
Amortizatsiya ajratmalari fondi Korxonalar moliyaviy resurslarining tarkibiy 
tuzilmasida muhim o’rin tutadi. Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan 
qancha 
ajratilganligi 
va 
ularning 
korxona 
tegishli 
hisobvaraqlarida 
joylashganligiga qarab korxonalarning real moliyaviy resurslari hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida korxona 
faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida 
foyda hal qiluvchi o’rinni egallay boshlaydi. Foyda korxona o’z mablag’larining 
asosiy manbai bo’lib, ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, sifatning 
yaxshilanishini, chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengayishini va 
h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan korxona ning rezerv fondlari, maxsus 
maqsadlarga mo’ljallangan fondlar shakllantiriladi. 
Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati korxona ning kreditga 
layoqatini va uning qarz mablag’larini jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa 
muddatli kreditlarni olishni aniqlab beradigan muhim indiqatorlardir. Qarz 
mablag’larining korxona o’z mablag’lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga etib, 
uning to’lov layoqatiga kreditorlarda ham, hamkorlarda ham shubha tug’dirmasligi 
mumkin. 


35 
Joriy tijoriy korxonalarning moliyaviy resurslarini shakllanish manbalariga 
ko’ra quyidagilarga ajratish mumkin: 

mahsulot realizatsiyasining tushumi hisobidan shakllanadigan moliyaviy 
resurslar (foyda, amortizatsiya ajratmalari fondi, ish haqi fondi, moddiy 
xarajatlarni tiklash fondi); 

boshqa realizatsiya (mol-mulk, asosiy faoliyatga daxldor bo’lmagan 
xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar; 

moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va 
zayomlar, o’z aktsiyalari va qimmatli qog’ozlarning boshqa ko’rinishlarini sotish, 
boshqa emitentlarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha dividendlar va foizlar, 
sug’urta qoplamalari va boshqalar); 

kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol 
etkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo’yicha; ijtimoiy sug’urtaga doir; 
byudjet oldidagi va boshqalar); 

badallar 
va 
maqsadli 
xarakterdagi 
tushumlar 
hisobidan 
shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy 
shaxslardan tushumlar, byudjet subsidiyalari va h.k.). 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin