Korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil etish


 Korxonalarda moliyaviy resurslar shakllanish manbalari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/29
tarix07.01.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#208015
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
korxonalarda moliayviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil (2)

1.3. Korxonalarda moliyaviy resurslar shakllanish manbalari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi har bir 
mamlakat moliya tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib hisoblanadi. Moliyaviy 
resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan puli 
munosabatlar asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi vujudga keladi. 
Bugungi kunda har bir korxona va xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z moliyaviy 
resurslarni turli hil usullardan foydalangan holda shakllantirishga harakat qiladi. 
Korxonaning moliyaviy resurslari korxonaning pul fondlari yig’indisi va 
kirimlarini o’z ichiga olib ular korxonani turli hil tashkilotlar (davlat byudjeti
bank, sug’urta muassasalari va boshqalar) oldidagi moliyaviy majburiyatlarini 
bajarishida asosiy omil bo’lib hisoblanadi.
Korxonadagi moliyaviy resurslarni shakllantirish manbalariga qarab ikki 
guruhga bo’lish mumkin: ichki va tashqi.( 4-rasm). 
Ichki manba asosan korxonaning o’z mablag’lari orqali shakllanadi. Ushbu 
mablag’lar korxonaning foydasi, ya’ni asosiy va boshqa faoliyat turlari bo’yicha 
olgan foydasini o’z ichiga oladi. Korxonaning boshqa faoliyat turlari bo’yicha 
olgan foydasiga asosiy vositalarni ijarga berish yoki sotishdan oligan foydasi va 
boshqalarni kiritish mumkin. Amortizatsiya fondi korxonaning asosiy vositalarni 
ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag’lar hisobiga shakllanadi. Boshqacha qilib 
aytganda yuqoridagilarni barchasi korxonaning birlamchi moliyaviy resurslari 
manbasi bo’lib hisoblanadi. 
Tashqi manba esa turli hil shartlar asosida jalb qilingan mablag’lar yoki 
qayta taqsimlash natijasida yuzaga keladigan mablag’lar asosida shakllanishi 
mumkin. 


23 
4-rasm.Korxonaning moliyaviy resurslari shakllanish manbalari
6
 
Bank krediti va investitsiyalar tashqi manbalarni ni shakllanishida asosiy 
omillardan bo’lib xisoblanadi. Bank krediti korxonaga turli xil shartlar asosida 
ma’lum bir muddatga va keyinchalik qaytarib berish sharti bilan jalb qilinishi 
mumkin bo’lgan pul mablag’larini o’z ichiga oladi. Investitsiyalarga esa 
tashqaridan jalb qilingan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir 
huquqlarni kiritish mumkin. 
Bulardan 
tashqari 
korxona 
moliyaviy 
resurslarni 
moliya 
bozori 
instrumentlarini muomalaga chiqarish orqali ham shakllantirishi mumkin. Bunda 
korxona turli hildagi qimmatli qog’ozlarni (aktsiya, obligatsiya va boshqalar) 
6
И.М.Карасева, М.А.Ревякина «Финансовий менежмент», ОМЕГА. Москва-2012, 42-стр.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin