1.2. Korxonalar moliyasida moliyaviy resurslarning ’ i
Korxona
moliyasi
-
korxona
xo’jalik faoliyati jarayonida pul
mablag’larining shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog’liq vujudga
keladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Korxona moliyasi korxona
faoliyatining asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Korxona moliyasi moliyaviy resurslar
manbalari, yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan moddiy ishlab
chiqarish doirasida bevosita qatnashadi. Umumiy holatda korxona moliyasini
quyidagi 2-rasmda ko’rishimiz mumkin.
14
2-rasm. Korxona moliyasida moliyaviy munosabatlar va pul fondlarining
tutgan ’ i
4
4
И.М.Карасева, М.А.Ревякина «Финансовий менежмент», ОМЕГА. Москва-2012, 21-стр.
KORXONA MOLIYASI
Pul fondlari
Mol yetkazib beruvchilar
bilan
Moliyaviy munosabatlar
Boshqa korxona va
tashkilotlar bilan
Xaridorlar bilan
Qurilish, transport va boshqa
firmalar bilan
Xorijiy korxona va firmalar
bilan
Ustav kapitali
Asosiy vositalar fondi
Aylanma aktivlar fondi
Qo’shilgan kapitali
Rezerv kapitali
Investitsion fond
Jamg’arma fondi
Amartizatsiya fondi
Valyuta fondi
Iste’mol fondi
Budjetga to’lovlar foni
Ish haqi fondi
Korxona ishchi va xodimlari
bilan
Korxona ichkarisida
Filiallar, tsexlar, bo’limlar
orasida
Tashkilotning yuqori bo’limlari, ichki moliya-sanoat
guruhlari, xolding ichki bo’limlari bilan
Turli darajadagi budjetlar
bilan
Moliya-kredit tizimi bilan
Banklar bilan
Sug‘urta kompaniyalari
bilan
Budjetdan tashqri fondler
bilan
Fond bozorlari bilan
Investitsion fondler bilan
Boshqa fondlar
15
Korxona quyidagilar bilan o’zaro moliyaviy munolsabatlarga kirishishi pul
fodlarining shakllanishi orqali amalga oshiriladi: Mol etkazib beruvchilar – uning
faoliyati uchun zarur bo’lgan moddiy qiymatliklar, xizmatlar sotib olinishida;
pudratchilar – qurilish mantaj, remont va boshqa ishlarga to’lov; xaridorlar – tovar
realizatsiyasida va xizmat ko’rsatishda; byudjet bilan – soliqlar, ajratmalar va
boshqa to’lovlar bo’yicha; banklar – kreditlar, pul mablag’larining saqlanishi,
hisob operatsiyalariga to’lovlar; ishchi va xizmatchilar – ish haqi va boshqa
hisoblar bo’yicha.
Korxona moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda shu
narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqat moliyaviy emas, balki
moddiy va mehnat resurslari xara-jatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham,
masalan, mahsu-lotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning
natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko’rsatkichga
ega bo’lamiz, deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Bu korxona moliyaviy-
xo’jalik faoliyati samaradorli-gini xarakterlovchi yaxlit ko’rsatkichlardan biri
bo’lib, unga kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiy-ishlab
chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas bog’liqligi xosdir.
Yuqorida bildirilgan fikr o’ziga moliyaviy natija va moliya-viy
xarajatlarning tavsifini mujassam etuvchi korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining
samaradorligini xarakterlovchi boshqa ko’rsatkichlarga ham to’liq tegishlidir.
Shunday bo’lishiga qaramas-dan analitik maqsadlar uchun bu majmua
(to’plam)dan aynan korxona ning moliyaviy faoliyatini, uning moliyaviy va baho
siyosatining samaradorligini o’xshash tarzda xarakterlovchi ko’rsatkichlarni
ajratish muhimdir.
Korxona moliyaviy operatsiyalarining daromadliligini xarak-terlovchi
ko’rsatkich ularning samaradorligini sof moliyaviy nati-janing sof moliyaviy
xarajatlarga nisbati shaklida ifodalab, ko’pchilik hollarda korxona moliya-xo’jalik
faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori
samara-dorligining ko’rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo’lishlariga
16
qaramasdan moliyaviy “spekulyatsiyaning” imkoniyatlari ularni “cho’kmasdan”
turishlariga sharoit yaratadi.
Real sektor korxonalarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy resurslardan
foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga u yoki bu
darajada sotuv rentabelligi ko’r-satkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya
qilishdan olingan tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj
pul mablag’laridan iborat bo’lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni
istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko’rsatkich sifatida e’tirof etish mumkin.
Shunday bo’lishiga qaramasdan bu erda yana bir narsani inobatga olmoq lozim,
ya’ni samaradorlik-ning o’lchovi sifatida yuqoridagi ko’rsatkichning haqqoniylik
darajasi juda ko’p omillarga, xususan, tushum va foydani shakl-lantiruvchi bozor
baholarining monopol baholarni shakllanti-rishning salbiy ta’sirlaridan qanchalik
ozod ekanligiga bog’liq.
Yuqorida ko’rib o’tilgan barcha moliyaviy ko’rsatkichlarda mazmun va
shakl o’rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjud-ligi namoyon bo’ladiki, bu
narsa bizning holatda korxona lar moliya-sining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy
sektorining ham) o’z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarishdan ajralib chiqishga va
unga bog’liq bo’l-magan holda mustaqil hayot kechirish imkoniyatini qo’lga
kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. korxona lar moliya-xo’jalik faoliya-tining
samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko’rsatkichlar (masalan,
tushum va foyda) moddiy aylanma mablag’-larning aylanuvchanligi, asosiy ishlab
chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning fond sig’imi kabi iqtisodiy
ko’rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama-qarshilik, ma’lum darajada,
pasayadi.
Korxonalarda pul fondlari korxona moliyasini tashkil etish asosini tashkil
etadi. Chunki pul mablag’lari bo’lgandagina korxona moliyasiga ehtiyoj yuzaga
keladi. Korxona moliyasi belgilangan maqsadiga erishish uchun pul fondalarini
shakllantiradi, ularni taqsimlaydi va foydalanadi.
Korxona pul mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida turli maqsadli
fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondlarning o’z maqsad va vazifalari
17
belgilanadi. Korxonalar pul fondlarini shakllantirish orqali xo’jalik faoliyatini
kerakli mablag’lar bilan ta’minlashni amalga oshiradi, hamda takror ishlab
chiqarishni kengaytiradi; pul oqimlarini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi;
ilmiy texnika jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani o’zlashtiradi va joriy
etadi; sub’ektlarni iqtisodiy rag’batlantiradi; byudjet, bank va hokazolar bilan
hisoblarni amalga oshiradi.
Korxonalarda shakllanadigan pul fondlarini quyidagi 3-rasm misolida
mohiyatini ochishga to’xtalishimiz maqsadga muvofiqdir.
Korxona pul mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida turli fondlarini
shakllantirar ekan, bu fondlarni shartli ravishda quyidagicha tasvirlashimiz
mumkin. Chunki har bir korxona o’z faoliyatidan kelib chiqib, o’ziga ahamiyatli
bo’lgan pul fondlarini shakllantiradi. Ya’ni bir korxonada bo’lgan pul fondlari
boshqasida bo’lmasligi mumkin. Umumiy holatda pul fondlarini quyidagi 3-
rasmda aks ettirdik.
Korxonaning o’z mablag’lari fondlari – korxona faoliyatini yuritishida
o’ziga tegishli asosiy mablag’lari hisoblanadi. Bu mablag’larning ortishi
korxonaning rivojlanayotganidan dalolat beradi. Korxonaning o’z mablag’lari
xususiy kapital ham deb yurtitiladi. Bu kapital o’z ichiga ustav kapitali, qo’shilgan
kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Korxona o’z faoliyatini boshlashda ya’ni faoliyatini yuritishda zarur bo’lgan
mulkni sotib olishni hamda ishlab chiqarishni yuritishni moliyalashtiradigan
asosiy manba bo’lib korxonaning ustav kapitali shaklida jamg’arilagan mulk
egalari mablag’lari, korxonada belgilangan tartibda shakllangan boshqa kapitallar,
hamda tasischilarning ishlab chiqarishni kengaytiri uchun qoldirgan foydalari
hisoblanadi. Bu mablag’lar korxonaning o’z mablag’laridir. Bundan tashqari
korxonalar faoliyatini moliyalashtirishda qarz mablag’lari, ya’ni boshqa moliya-
kredit tashkilotlaridan, yuridik va jismoniy shaxslardan ma’lum bir muddatga
qaytarish sharti bilan oladigan mablag’laridan ham foydalaniladi.
|