Bitiruv malakaviy ishining ’e ti va predmeti.
Tadbirkorlik faoliyati
bilan shug’ullanuvchi “
Mebel-servis” va
“Binokor” MCHJ korxonalarifaoliyati
bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Korxonalar moliyaviy resurslari, moliyaviy resurslar tarkibi, moliyaviy
resurslarning shakllanishi, moliyaviy resurslar manbalari korxonalarning
moliyaviy resurslari va ulardan samarali foydalanish bilan bog’liq jarayonlar
bitiruv malakaviy ishimizning predmeti hisoblanadi.
Mavzuning nazariy va amalimy ahamiyati.
Bitiruv malakaviy ishining
materiallari o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra “Korporativ moliya” va “Moliyaviy
menejment” fanlarini o‘qitish bilan bog‘liq masalalarga ijobiy hissa va nazariy
ulush sifatida xizmat qiladi. Ushbu ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u
mamlakatimizda korxonalarda moliyaviy resurslarni boshqarishni samarali tashkil
etishni takomillashuviga xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviyning
tuzilishi va hajmi.
Bitiruv malakaviy kirish, uchta
bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, 5 ta jadval va 9
ta rasmni o’z ichiga oladi. Bitiruv malakaviy hajmi 72 sahifadan iborat.
7
1-BOB. KORXONALAR MOLIYAVIY RESURSLARINI
BOSHQARISHNING NAZARIY VA TASHKILIY ASOSLARI
1.1.
Korxona moliyaviy resurslarining mohiyati va ahamiyati
Moliyaviy resurslar – korxona faoliyatini belgilovchi jixatlaridan biri bo’lib,
turli manbalarda shakllanuvchi, korxona ixtiyorida joylashuvchi va turli moliyaviy
majburiyatlarni bajarish uchun ahamiyatli bo’lgan pul mablag’larini o’zida aks
ettiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslarni boshqarish samaradorligi
o’ta muximdir. Bunda ular o’z vaqti bilan va korxona maqsadiga muvofiq bir
necha marta asosiy vositalar va aylanma aktivlarga aylanadi va har bir korxonaning
moliyaviy holatiga bog’liq holda, joriy majburiyatlarini qoplaydi.
Moliyaviy resurslarni boshqarish faqatgina moliyaviy resurslardan
foydalanish va ularni manbalaridan samarali olinishini emas, balki, korxona
moliyaviy siyosatidan kelib chiqib mavjud resurslarni aniq maqsadli xarajat
qilishni ham ko’zda tutadi. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyati
shundaki, bunda korxonalar faqatgina moliyaviy resurslarini shakllantirishda emas,
balki bankrot bo’lmasligi uchun moliyaviy resurslarni qanday qilib sarflash kabi
qiyin masalalarga duch keladi.
Korxona ishlab chiqarish taraqqiyoti, ya’ni uning asosiy va aylanma
aktivlari o’sishi xo’jalik va moliyaviy operatsiyalarni bajarish, turli investitsiya
shakllarini, xodimlarni rag’batlantirishni amalga oshirish bilan bog’liq. Shu
maqsadlar uchun korxonalarda moliyaviy resurslar shakllantiriladi.
Moliyaviy resurslarning boshlang’ich shakllanishi korxonada ustav kapitali
shakllanish davrida yuzaga keladi. Uning manbalari xo’jalik sub’ekti tashkiliy
huquqiy shaklidan kelib chiqadi:
aktsionerlik kapitali;
ulushli to’lovlar;
uzoqmuddatli kredit;
8
byudjet mablag’lari;
boshqa tushumlar.
Ustav kapitalining oshirilishi ishlab chiqarish jarayonida investitsiya
qilinadigan asosiy va aylanma aktivlardagi pul mablag’larida o’zini ko’rsatadi.
Korxonalarda moliyaviy resurslarning asosiy manbai mahsulot (ish, xizmat)
realizatsiya qilishdan tushum bo’lib, buni taqsimlanish jarayonida pul daromadlari
va jamg’armaga qabul qilinadi.
Korxonalar uchun quyidagilar asosiy hisoblanadi:
mahsulot (ish, xizmat) realizatsiya qilishdan foyda;
amartizatsiya ajratmalari;
moliya bozorlariga safarbar qilingan mablag’lar;
kredit resurslari;
subsidiyalar;
davlat boshqaruvidagi organlarning byudjetdan mablag’lari;
sug’urta to’lovlari va boshqalar.
Moliyaviy resurslar korxonalarda ikki shaklda shakllantiriladi va
foydalaniladi: fondli va nofondli. Mablag’larning katta qismi maqsadli belgilangan
pul mablag’larining shakllanishi va foydalanilishi bilan bog’liq. Soliqlar,
ajratmalar, foizlarni to’lashda ishlatiladigan moliyaviy resurslar no fondli shaklda
amalga oshiriladi.
Fondlar shakllanishi uchun asosiy manbaga mahsulot(ish, xizmat)
realizatsiyasidan tushum xizmat qiladi.
Xo’jalik sub’ektida barcha moliyaviy resurslar bir qancha guruhlardan
tashkil topadi: xususiy, zayom, qayta taqsimlash tartibida kelib tushuvchi
moliyaviy reurslar.
Quyidagi 1-rasmda korxona moliyaviy resurslar tuzilishi ko’rsatilgan.
Xususiy kapital tarkibida foyda asosiy rolni o’ynaydi. Bu manba resurslari, uning
miqdori shakllanishi korxonaning o’zida amalga oshiriladi va mustaqil hisoblanadi
hamda xarajat qilinadi foydaga solig’i to’langandan so’ng.
9
O’z moliyaviy resurslarining shakllanishida amartizatsiya ajratmalari muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu mablag’lar yillik amartizatsiya fondini hisoblaydi va
asosiy vositalrni yangilanib turishiga yo’naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: |