Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish



Yüklə 374,76 Kb.
səhifə11/19
tarix19.12.2023
ölçüsü374,76 Kb.
#187151
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish

Baholash mezoni. Riskni baholash jarayoni doirasidagi birinchi amal bu baholashning umumiy mezonlarini ishlab chiqish hisoblanadi. Risklar va imkoniyatlar odatda ta’sir ko‘rsatishi va sodir bo‘lish ehtimolligiga qarab baholanadi.
An’anaviy risk tahlili bo‘yicha risk – ehtimollik va ta’sir darajasining funksiyasi sifatida ko‘riladi. Haqiqatdan ham bu o‘lchovlar muhim hisoblanadi, biroq kutilmagan hodisalar tez-tez sodir bo‘lsa, ko‘plab kutilgan hodisalar esa sodir bo‘lmay qoladi. Yomon tarafi shundaki, kutilmagan hodisalar katta tezlikka sodir bo‘ladi. Lekin ta’sir ko‘rsatish va sodir bo‘lish ehtimolligi alohida ko‘rilsa, umumiy holatni to‘liqligicha ifodalay olmaydi.
Risk qanchalik tez paydo bo‘lishi, unga qanchalik tez javob qaytarilishi yoki risk oqibatidan qayta tiklana olish va qay davrgacha riskka dosh bera olish kabi savollarga javob tariqasida kompaniyaning riskka moyillik hamda risk sodir bo‘lish tezligining masshtabini o‘lchash kerak bo‘ladi. Riskli vaziyatga nisbatan korxona zaiflik (moyillik) darajadasini o‘lchash orqali riskni qabul qilish zaruratini aniqlashi mumkin. Riskli vaziyat qanchalik tez sodir bo‘lishini aniqlash orqali unga reaksiya qilish va moslashish tezligi kerakliligini bilib olinadi.
Baholash shkalasini ishlab chiqish. Taqqoslash standarti (mezoni)siz korxona risklarini umumlashtirish (yaxlitlash) va ularni o‘zaro taqqoslash imkoni bo‘lmaydi. Amaliyotda risklarni ta’sir ko‘rsatish, sodir bo‘lish ehtimolligi va shu kabi boshqa o‘lchovlariga qarab ularni shkalasini ishlab chiqiladi.

4-jadval
Ta’sir darajasining namunaviy shkalasi



Reyting

Tavsifi

Ifodasi

5

Ekstremal

X mln. so‘m va undan ortiq moliyaviy yo‘qotishlar
Uzoq-muddatli xalqaro OAVning salbiy xabarlari
Sezilarli jarima va penya to‘lovlari
Ishchi-xodimlar va mijozlarning jiddiy shikast va talofat ko‘rishi
Rahbarlarning ish tashlashi

4

Yirik (muhim)

X mln.dan X mln. so‘mgacha moliyaviy yo‘qotishlar
Uzoq-muddatli milliy OAVning salbiy xabarlari
Asosiy loyihalarga tuzatishlarni kiritish uchun tegishli idoralarga hisobot taqdim etish
Cheklangan statsionar davolanish ishchi-xodimlar va mijozlarga talab etiladi
Ba’zi rahbarlarning ish tashlashi

3

O‘rtacha

X mln.dan X mln. so‘mgacha bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlar
Qisqa-muddatli milliy salbiy OAVning xabarlari
Tezkor tuzatishlarni joriy etish bilan qonun buzarlik haqida tegishli idoralarga xabar berish
Ambulator davolanish ishchi-xodimlar va mijozlarga talab etiladi
Mehnat kuchining yuqori darajadagi oqimi kuzatiladi

2

Kichik

X mln.dan X mln. so‘mgacha bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlar
Biznes reputatsiyasiga lokal media tomonidan futur etkazilishi
Nohush holat (intsident) haqida tegishli idoralarga xabar berish, lekin yakuniga etkazmaslik
Ishchi-xodimlar va mijozlarning o‘rtamiyona shikasti
Mehnat kuchi oqimining o‘sishi kuzatiladi

1

Ahamiyatsiz

X mln. so‘mgacha bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlar
Lokal media salbiy ta’sirini tez bartaraf etiladi
Tegishli tartibga soluvchi idoralarga hisobot berish holati mavjud emas
Ishchi-xodimlar va mijozlarda hech qanday shikast kuzatilmaydi
Tor miqyosdagi xodimlar shtatining noroziligi

Bu shkala hisoblash darajalari hamda ularning ifodalari (sabablari)dan iborat bo‘lib, turli mijozlar tomonidan izchil tushunish va tadbiq qilish uchun kerak bo‘ladi.
Shkala qancha tavsifli bo‘lsa, shuncha ularning foydalanuvchilari tomonidan izohi (tushunilishi) izchil (barqaror) bo‘ladi. Bu erda muammo oddiylik va mukammallik orasidagi to‘g‘ri muvozanatni aniqlash hisoblanadi.
5-jadval

Yüklə 374,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin