Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish


Moliyaviy risklarni sifat jihatdan baholash va boshqarish amaliyoti



Yüklə 374,76 Kb.
səhifə9/19
tarix19.12.2023
ölçüsü374,76 Kb.
#187151
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish

5. Moliyaviy risklarni sifat jihatdan baholash va boshqarish amaliyoti
Nafaqat dunyo hamjamiyatida balki mamlakatimizda ham iqtisodiyot obyektlari o‘z faoliyatlari davomida riskka duch kelishadi. Riskning zarar keltirish ehtimolligi mavjudligi sababli, u iqtisodiyot obyektlari tomonidan boshqarilishi va nazorat qilinishi kerak.
Moliyaviy risklarni tahlil qilish, baholash va boshqarish tizimi korxonaning strategik boshqarishning markaziy qismi hicoblanadi.5 Moliyaviy risklarni boshqarishning asosiy maqsadi – kompaniya qiymatini maksimallashtirish jarayoniga hissa qo‘shish, ya’ni o‘zining moliyaviy resurslarini to‘liq (qisman) saqlab qolish yoki kutilayotgan foydaga erishish hisoblanadi. Bu korxonaning moliyaviy xolatiga ta’sir etuvchi potentsial “salbiy” va “ijobiy” omillarni aniqlashni anglatadi; korxona oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun yutuq ehtimolini oshiradi va yo‘qotishlar ehtimolini minimallashtiradi.
Moliyaviy risklarni boshqarish boshqaruv organi tomonidan qabul qilinib tasdiqlanishi kerak hamda korxonaning har bir xodimiga joylarda konkret vazifalarni belgilash orqali umumiy rivojlanish dasturi sifatida etkazilishi kerak.
Moliyaviy risklarni boshqarish yaxlit tizim sifatida qo‘yilgan vazifalarni bajarilishi ustidan nazorat dasturini, olib borilayotgan tadbirlar samaradorligini baholashni, shuningdek korxonaning har bir bo‘g‘inida rag‘batlantirish tizimini o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy risklarni boshqarish sohasi keng bo‘lib, turli rivojlanayotgan komponentlardan (tarkibiy qismlardan) iborat va ulardan eng muhimi – bu riskni baholash hisoblanadi.
Qiymat risk va daromadlilikning funksiyasi hisoblanadi, ya’ni naoniqlik sharoitida har bir qabul qilinadigan qaror qiymatni oshirishi, o‘zgarishsiz saqlab qolishi yoki pasaytirishi mumkin. Shundan kelib chiqib risk qiymatga erishish uchun katta ahamiyatga ega sanaladi va strategik yo‘naltirilgan kompaniyalar an’anaviy riskka yondashuvdan farqli ravishda riskni bartaraf etishga va hatto uni minimallashtirishga ham intilishmaydi. Aksincha bunday kompaniyalar o‘zlarini barcha tashkiliy qismlari bo‘ylab riskka uchrashni boshqarishga harakat qilishadi, ya’ni ma’lum bir davr uchun ular strategik maqsadlarga samarali erishishga kerakli riskni maqbul darajada qabul qilishadi. Buni optimal riskni qabul qilish zonasi deyiladi va grafik ko‘rinishi 2-rasmda tasvirlangan.
Ushbu riskni qabul qilish zonasini aniqlash zarurati esa riskni baholash muhimligini ifodalaydi. Shu yo‘l bilan korxonalar har bir riskni korxonaning umumiy maqsadiga erishish uchun ta’siri qanday bo‘lishini tushunadi va nazorat qiladi.


Yüklə 374,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin