Korxonalarning xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari


Muomala fazasidagi xo`jalik mablag`lari



Yüklə 39,31 Kb.
səhifə3/12
tarix13.12.2023
ölçüsü39,31 Kb.
#175721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ал-хоразмий номидаги-www.fayllar.org

2. Muomala fazasidagi xo`jalik mablag`lari muomala buyumlari, pul mablag`lari, hisob-kitob qilishdagi mablag`lar va muomalaga xizmat qiluvchi mablag`larga bo`linadi.

Muomala buyumlari xo`jalikning o`zida foydalanish uchun (mol tusini olmaydi) yoki sotish uchun (mol tusini oladi) xizmat qiladi. Bunga mehnat mahsulotlari kiradi.

Pul mablag`lari korxonaga tegishli naqd pullarni o`z ichiga olib, bu mablag`lar korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotida hamda valuta schyotida saqlanadi. Bu schyotdan tashqari zarur ehtiyojlari uchun foydalanishga mo`ljallangan pul mablag`larini saqlaydigan korxona kassasi ham mavjuddir. Bu mablag`lardan xo`jalik jarayonidagi zarur ehtiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi. Chet el valutalari tegishli bankka kelib tushgan kunidagi bank kursi bo`yicha so`mga aylantirilgan holda hisobga olinadi. Kurs o`zgarsa muayyan valuta schyotidagi chet el valutalarining so`mga aylantirilgan miqdori ham o`zgaradi.

Hisob-kitobdagi mablag`lar – bu bir korxonaning ikkinchisiga bo`lgan qarzini aks ettiradi. Masalan, mol sotib oluvchining unga jo`natilgan mol uchun to`lanishi lozim bo`lgan qarzi, hisobdor shaxsning bo`nak puli yuzasidan olgan qarzi va boshqalar. Korxonaga qarzdor bo`lgan tashkilot yoki shaxs debitor deb, qarzning o`zi esa debitor qarz deb ataladi.

Muomalada qatnashuvchi mablag`larga shu fazada ishlatilayotgan ombor binolari, inventarlar va h.k.lar ham kiradi.

3. Korxona aylanishidan chetlatilgan mablag`larga korxonaning asosiy faoliyatida haqiqatda qatnashmayotgan, lekin ma’lum davr ichida uning balansida hisobga olib borilaqtgan mablag`lar kiradi. Bundan tashqari ularga korxona xo`jalik faoliyatining salbiy natijasi hisoblangan summalar ham kiradi. Bularning birinchisiga foydadan davlat budjetiga ajratmalar, to`lovlar sifatida chegirilgan va mablag`larning qayta taqsimlanishi munosabati bilan chegirilgan mablag`lar kirsa, ikkinchisiga esa korxonaning joriy davrdagi zarari kiradi.
Talabalarga tushunarli bo`lishi uchun korxona xo`jalik mablag`larining xo`jalik jarayonida bajarayotgan funktsional roliga qarab turkumlanishi qo`yida keltiriladi:



Yüklə 39,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin