Korxonalarning xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari


Korxonaning banklardan olgan kreditlari va qarzga olingan mablag`larining manbalari



Yüklə 39,31 Kb.
səhifə9/12
tarix13.12.2023
ölçüsü39,31 Kb.
#175721
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Ал-хоразмий номидаги-www.fayllar.org

Korxonaning banklardan olgan kreditlari va qarzga olingan mablag`larining manbalariga banklarning qisqa muddatli kreditlari, banklarning o`rta muddatli kreditlari, banklarning uzoq muddatli kreditlari, qisqa muddatga qarzga olingan mablag`lar, uzoq muddatga qarzga olingan mablag`lar va boshqalar kiradi. Banklarning qisqa muddatli kreditlari deganda bir yilgacha muddat ichida qaytarib berish sharti bilan banklardan olingan kreditlar, banklarning o`rta muddatli kreditlari deganda bir yildan uch yilgacha muddat ichida qaytarib berish sharti bilan banklardan olingan kreditlar va banklarning uzoq muddatli kreditlari deganda uch yildan ortiq muddat ichida qaytarib berish sharti bilan banklardan olingan kreditlar tushuniladi.
Majburiyatlar turli shaklda bo`lishi mumkin. Agar korxona qarz olib uni qaytarishga og`zaki va’da bergan bo`lsa, u holda korxonaning bu majburiyati muayyan korxona (qarz olgan korxona) uchun kreditor qarz deb, qarz bergan korxona (kreditor) uchun debitor qarz deb ataladi. Agar korxona qarz olib uni qaytarish haqida va’dasini yozma hujjat shaklida bersa, u holda korxonaning bu majburiyati muayyan korxona (qarz olgan korxona) uchun to`lanadigan veksel deb, qarz bergan korxona (kreditor) uchun olinadigan veksel deb ataladi. Demak, veksel muayyan miqdordagi qarzni belgilangan muddatda to`lash majburiyati yuklangan, qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga rioya qilgan holda to`ldirib rasmiylashtirilgan qarzdorlik hujjati bo`lib hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga ko`ra bir yil yoki bundan ham qisqa muddat ichida qaytariladigan qarzlar kreditor qarzlar deb, bir yil ichida to`lash mumkin bo`lmagan to`lanadigan veksel uzoq muddatli majburiyat deb hisoblanadi. Korxonalar zarurat tug`ilganda boshqa (banklardan tashqari) korxonalar va fuqarolardan hamda chet el huquqiy shaxslari va fuqarolardan qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlar olishi mumkin. Qarzga olingan mablag`lardan foydalangani uchun muayyan korxona qarz bergan tegishli korxona va fuqaroga hamda chet el huquqiy shaxsi va fuqarosiga ma’lum foiz to`laydi.

Yüklə 39,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin