Korxonalarning xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari


III. Korxona aylanishidan chetlatilgan mablag`lar



Yüklə 39,31 Kb.
səhifə5/12
tarix13.12.2023
ölçüsü39,31 Kb.
#175721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ал-хоразмий номидаги-www.fayllar.org

III. Korxona aylanishidan chetlatilgan mablag`lar:
  1. Foyda hisobidan chetga jalb qilingan mablag`lar;


  2. Chetga jalb qilingan har xil mablag`lar;


  3. Ko`rilgan zararlar summasi.



Xo`jalik mablag`lari xo`jalik jarayonida qatnashish muddati va hususiyatiga qarab asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, aylanma mablag`lar va aylanishdan tashqaridagi mablag`larga bo`linadi. Korxona xo`jalik mablag`larini bunday turkumlash korxonaning qanday mablag`larga ega ekanligi va ular qaerlarda joylashganini aniq ko`rsatib beradi.


Asosiy vositalar (imoratlar, inshootlar, o`tkazuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, ishlab chiqarish inventarlari va jihozlari, transport vositalari, xo`jalik inventarlari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko`p yillik daraxtlar, melioratsiya va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishlatilib, o`z shakllarini saqlab qolgan holda asta-sekin eskirib boradi. Shuning uchun ham asosiy vositalarning qiymati ularning eskirishi davomida ishlab chiqarish xarajatlariga asta-sekin teng miqdorda qo`shib boriladi. Har birining qiymati kam yoki xizmat qilish muddati bir yildan oz bo`lgan mehnat vositalar kam baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlar deb ataladi va ular asosiy vositalar tarkibida emas, balki aylanma mablag`lar tarkibida hisobga olinadi. Bular asosiy vositalarni qayta baholashni ta’minlash maqsadida aylanma mablag`lar tarkibiga qo`shilgan edi. Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, bunday tartibning o`rnatilishi shu mehnat vositalarini sotib olishga mablag` ajratish va ularning qiymatini qoplash tartibini soddalashtirish imkonini ham beradi. Shuning uchun ham bunday tartib hozirga qadar qo`llanib kelinmoqda. Yuqorida aytilganidek, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar tarkibiga qiymatidan qat’iy nazar bir yildan kam xizmat qiladigan buyumlar hamda xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar har birining qiymati muayyan davrga kam baholi mehnat vositalari uchun belgilangan summadan oshmaydigan mehnat vositalari kiradi. Birinchi holda mehnat vositalarining foydalanish muddati hisobga olingan bo`lsa, ikkinchi holda esa har bir vositaning qiymati hisobga olingan. Har bir kam baholi buyumning qiymat chegarasi ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan o`zgarib turadi. Masalan, 1934 yilning boshida qiymati 10 so`mdan oshmagan mehnat vositalari kam baholi deb qaralgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 1936 yildan boshlab 200 so`m, 1952 yilning 1 yanvaridan 300 so`m, 1956 yilning 1 dekabridan boshlab 500 so`m, 1980 yilning iyulidan 100 so`m va 1991 yilning yanvaridan 300 so`m qilib belgilangan va h.q. (hozirgi kunda eng kam ish haqining 50 barobaridan oshmagan). Korxonalarda asosiy vositalar o`zlarining qanday maqsadga xizmat qilishlariga qarab ishlab chiqarishga tegishli bo`lgan asosiy vositalar va ishlab chiqarishga tegishli bo`lmagan asosiy vositalarga bo`linadi.


Yüklə 39,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin