Kriptografik usullar


T/r Qaralayotgan son



Yüklə 11,99 Mb.
səhifə22/30
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160892
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Kriptografik usullar

T/r

Qaralayotgan son

A vektorning komponentalari

Harflar blogi kodi

1

31489

27610

1

2

3879

13807

0

3

3879

6907

0

4

3879

3449

1

5

430

1718

0

6

430

863

0

7

430

430

1

8

0

211

0

9

0

107

0

10

0

103

0

3-jadval
O`ng tomondagi ustunni pastdan yuqoriga qarab o`qiymiz: 0001001001. Bu ikkilik kodlarni birinchi misoldagi alfavit jadvali bo`yicha boshlang’ich matnning dastlabki ikki harfini, ya`ni “BI” ni bildiradi.
Ikkinchi 115855 sonini ham shu usul bilan qayta shifrlaylik.
1061 • 115855 = 2226 • 55207 + 31373 .

T/r

Qaralayotgan son

A vektorning komponentalari

Harflar blogi kodi

1

31373

27610

1

2

3763

13807

0

3

3763

6907

0

4

3763

3449

1

5

314

1718

0

6

314

863

0

7

314

430

0

8

314

211

1

9

103

107

0

10

103

103

1

4-jadval
Oxirgi ustunni pastdan yuqoriga qarab o`qiymiz va 1010001001 ni hosil qilamiz. Bu esa alfavit jadvali bo`yicha “ TI ” blogini anglatadi. Qolgan sonlarni ham shu tarzda qayta shifrlab, biz boshlang’ich matnni hosil qilamiz.
Mavzu bo’yicha amaliy mashg’ulot topshiriqlari.
Topshiriq. Quyidagi so’zlarni Ryukzak algoritmi yordamida shifrlang va rasshifrovka qiling.

T/r

Shifrlanadigan matn

1

RYUKZAK ALGORITMI YORDAMIDA SHIFRLASH

2

KUZ CHOG'I TUPROQLAR GEZARIB QOLDILAR

3

SEVDIM DEGANLARING YOLG'ONDIR SENING

4

GEZARIB QOLDILAR KUZ CHOG'I TUPROQLAR

5

G'UNCHA OCHILGUNCHA O'TGAN FURSATNI

6

SO'NG DAMDA YAPROQLAR QIZORIB YONDILAR

7

BA'ZIDA BIR NAFAS OLGULIK MUDDAT

8

QIZORIB YONDILAR SO'NG DAMDA YAPROQLAR

9

MING YULDUZ SO'NISHI UCHUN ETGULIK

10

QARG'ALAR BOG'LARDA QAG'LASHIB QOLDILAR

11

YASHASH SOATINING OLTIN KAPKIRI

12

BILMADIM KIMLARNING QISMATI UZULUR

13

KOINOT SHU DAMDA O'Z QO'RASIDAN

14

YONG'OQQA YOPISHIB BIR CHANGAL SOLDILAR

15

YASAB CHIQA OLUR YANGIDAN JAHON

16

BILMADIM KIMLARNING UMIDI YO'Q BO'LUR

17

BIR LAHZA MAZMUNI BIR BUTUN BAHOR

18

U QO'POL TUSHINGIZ QORLARDA YO'Q BO'LSIN

19

BIR ONNING BAHOSIN O'LCHAMOQ UCHUN

20

U QORA BOSHINGIZ YERLARGA KO'MULSIN

21

OLTINDAN TAROZU OLMOSDAN TOSH OZ

22

BILMADIM KIMLARNING UMIDI YO'Q BO'LUR

23

NURLAR QADAMILA CHOPGAN SEKUNDNING

24

SO'NG DAMDA YAPROQLAR QIZORIB YONDILAR

25

JAHONDAY MA'NODOR QORACHIG'IMIZ

26

BILMADIM KIMLARNING QISMATI UZULUR

27

G'OLIB ASRIMIZGA QUYOSHDAN MASH'AL

28

BIR TUTAM SOCHLARING MENING QO'LIMDA

29

ZAMON QO'RASINING SO'NMAS CHO'G'IMIZ

30

SIR DEB SAQLAGANING MENING QO'YNIMDA

31

MILLIY XAVFSIZLIK TUSHUNCHASI HAQIDA

32

AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH

33

SIYOSIY JARAYONLARNI NAZORATI

34

TASHQI TAHDIDLARDAN HIMOYALASH

35

INSON MA’NAVIYATIGA QARSHI FIKR

36

AXBOROT YAXLITLILIGINI TA’MINLASH


`(tutug’ belgisi) 27 11011


Izoh. Har bir talaba jurnaldagi tartib raqamidagi masalani oladi.


Amaliy mashg’ulot №10
Mavzu. RSA algoritmi.
Kriptografiyada kalitlarni almashish muammolarini o’rganishdan avval axborotni shifrlash va rasshifrovka qilish masalalariga to’xtalib o’tamiz.
Hozirda eng samarali va keng tarqalgan ochiq kalitli shifrlash algoritmi sifatida RSA algoritmini ko’rsatish mumkin. Algoritm modul arifmetikasining darajaga ko’tarish amalidan foydalanishga asoslangan. Algoritmni quyidagi bosqichlar ketma-ketligi ko’rinishida ifodalash mumkin.
1-bosqich. Ikkita 100 xonadan katta bo’lgan tub son p va q tanlanadi.
2-bosqich. Kalitning ochiq tashkil etuvchisi n hosil qilinadi n=p*q.
3-bosqich. Quyidagi formula bo’yicha Eyler funksiyasi hisoblanadi:
f(p,q)=(p-1)(q-1).
Eyler funksiyasi n bilan o’zaro tub, 1 dan n gacha bo’lgan butun musbat sonlar sonini ko’rsatadi(1 - jadval). O’zaro tub sonlar deganda 1 dan boshqa birorta umumiy bo’luvchisiga ega bo’lmagan sonlar tushuniladi.

n

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

f(p,q)

1

2

2

4

2

6

4

6

4

10

4

Tub

1

1,2

1,3

1,2,3,4

1,5

1,2,3,
4,5,6

1,3,5,7

1,2,4,
5,7,8

1,3,7,9

1,2,3,4,5
6,7,8,9,10

1,5,7,11

1-jadval. Eyler funksiyasi
4-bosqich. f(p,q) qiymati bilan o’zaro tub bo’lgan katta tub son d tanlab olinadi.
5-bosqich. Quyidagi shartni qanoatlantiruvchi e soni aniqlanadi:
e∙d=1( mod f(p,q)).
Bu shartga binoan e∙d ko’paytmani f(p,q) funktsiyaga bo’lishdan qolgan qoldiq 1ga teng. e soni ochiq kalitning ikkinchi tashkil etuvchisi sifatida qabul qilinadi. Maxfiy kalit sifatida d va p sonlari ishlatiladi.
6-bosqich. Dastlabki axborot uning fizik tabiatidan qat’iy nazar raqamli ikkili ko’rinishda ifodalanadi. Bitlar ketma-ketligi L bit uzunlikdagi bloklarga ajratiladi, bu erda L soni L>log2(n+l) shartini qanoatlantiruvchi eng kichik butun son. Har bir blok [0, n-1] oraliqqa taalluqli butun musbat son kabi ko’riladi. Shunday qilib, dastlabki axborot X(i), i=1,2, …, i sonlarning ketma-ketligi orqali ifodalanadi. i ning qiymati shifrlanuvchi ketma-ketlikning uzunligi orqali aniqlanadi.
7-bosqich. Shifrlangan axborot quyidagi formula bo’yicha aniqlanuvchi Y(i) sonlarning ketma-ketligi ko’rinishida olinadi:
Y(i) = (X(i))e (mod n).
Axborotni rasshifrovka qilishda quyidagi munosabatdan foydalaniladi:
X(i) = (Y(i))d(mod n).
(e,n)- juftlik ochiq kalit
(d,n)- juftlik maxfiy kalit
Masala. “ADIB” so’zini RSA algoritmi yordamida shifrlang va rasshifrovka qiling.
So’zni shifrlash uchun quyidagi amallarni bajaramiz:
1 - bosqich. p=3 ва q=11 tanlab olinadi.
2 - bosqich. n=3∙11=33 hisoblanadi.
3 - bosqich. Eyler funksiyasi qiymatini topamiz: f(p, q)=(3-1)(11-1) = 20
4 - bosqich. f(p,q) qiymatiga o’zaro tub son sifatida d=3 soni tanlab olinadi.
5 - bosqich. (e∙3)(mod20)=1 shartni qanoatlantiruvchi е soni tanlab olinadi. Masalan, e=7.
6 - bosqich. Shifrlanadigan “ADIB” so’zi 4 harfdan iborat bo’lgani uchun X(i) = (x1, x2, x3, x4). Dastlabki so’zni alfavitdagi harflar tartib raqami ketma ketligiga mos sonlar ekvivalenti aniqlanadi. Lotin alifbosiga asoslangan o’zbek yozuvida A harfiga-1, B harfiga-2, D harfiga -3, I harfiga-8 sonlari mos qo’yiladi va so’z X(i) = “1,3,8,2 ko’rinishga o’tkaziladi. Demak, x1=1, x2=3, x3=8, x4=2. So’zni esa (e,n)=(7,33) kalit yordamida quyidagicha shifrlaymiz:
7 - bosqich. X(i) ketma-ketligi (e,n)=(7,33) ochiq kalit yordamida quyidagicha shifrlanadi:
Y(1) = (17) (mod 33) = 1 (mod 33) = 1
Y(2) = (37) (mod 33) = 2187 (mod 33) = 9
Y(3) = (87) (mod 33) = 2097152 (mod 33) = 2
Y(4) = (27) (mod 33) = 128 (mod 33) = 29
Demak, dastlabki berilgan so’zni shifri Y(i)= “1,9,2,29”
Shifrlangan so’zni rasshifrovka qilish uchun (d,n)=(3,33) maxfiy kalitdan foydalanamiz.
Y(1) = (13) (mod 33) = 1 (mod 33) = 1
Y(2) = (93) (mod 33) = 729 (mod 33) = 3
Y(3) = (23) (mod 33) = 8 (mod 33) = 8
Y(4) = (293) (mod 33) = 24389 (mod 33) = 2

Mavzu bo’yicha amaliy mashg’ulot topshiriqlari.
Topshiriq. Quyidagi so’zlarni RSA algoritmi yordamida shifrlang va rasshifrovka qiling.


Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin