Ишни бажарилиш тартиби ва қўйилган вазифа: Асосий матн шифрлаш усулларидан бирида шифрлансин ва қадамма - қадам изоҳлансин. Шунингдек Java, C++ ёки С# дастурлаш тизимида дастурий таъминот яратилсин.
Ҳисобот мазмуни: Иш мавзуси.
Ишдан мақсад.
Шифрлаш алгоритмини блок-схемаси.
Дастур матни.
Amaliymashg’ulot №12 Mavzu: Elektronraqamliimzo. Reja: 1. Electron raqamli imzo. 2. DSA algoritmi.
1. Electron raqamli imzo. Raqamli imzo – bu jism yoki modda emas. U xujjatning rekviziti bo’lib, RIni egasiga tegishli ekanligini tasdiqlash imkoniyatini beruvchi, undan tashqari RI bilan tasdiqlangandan keyin xujjat holatini(mavjudligi, o’zgartirilmagani) belgilovchi vosita.
O’zbekiston respublikasi qonunlariga ko’ra, RI insonning qo’lda qo’yilgan “imzo”siga o’xshash huquqiy kuchga ega.
Oddiy fuqarolar uchun RI internet tarmog’I orqali davlat korxonalari, meditsina tashkilotlari va boshqa axborot tizimlari bilan masofadan axborot almashish imkoniyatini beradi.
Huquqiy shaxslar RI electron savdolarda qatnashishi va boshqaruv organlariga electron hisobotlar topshirishi mumkin.
2. DSA algoritmi. DSA(Digital Signature Algoritm – electron raqamli imzo yaratish algoritmi) - asimmetrik kriptografik tizimga asoslangan algoritm bo’lib, uning yordamida ERI(electron raqamli imzo) yaratiladi. Algoritm 1991 yilda AQSHda David V. Kravits tomonidan yaratigan.
DSA ikki (S,V) algoritmdan iborat bo’lib, (S) – ERIni yaratish va (V) – ERIni to’g’riligini tekshirish algoritmlari.
Ikki algoritmda ham avvalo kriptografik xesh funksiyadan foydalanib, axborotni xesh funksiyasi qiymati hisoblanadi. (S) algoritmda ERIni yaratish uchun xesh funksiya qiymati va maxfiy kalitdan foydalaniladi. (V) algoritmda ERIni to’g’riligini tekshirish uchun esa xesh ma’lumot, ERI va ochiq kalitdan foydalaniladi.
Algoritmda yaxshi xesh funksiya tanlash joiz. Xesh funksiyalarga SHA-1(Secure Hash Algoritm – xeshlashni xavsiz algoritmi), SHA-2, 2015 – yilda yaratilgan SHA-3 misol qilish mumkin.
ERIni qurish uchun quyidagi qadamdagi amallar bajariladi: