1-qadam. H(x) - kriptografik xesh funksiya tanlanadi;
2-qadam. O’lchami bitlarda N ga teng shunday qtub son tanlanadiki, H(x) funksiya bit ko’rinishida qiymati bilan bir xil o’lchamdagi bo’lishi kerak.
3-qadam. Shunday p tub son tanlanadiki, (p-1) soni q ga qoldiqsiz bo’linsin. p ni bitlardagi o’lchami L bilan belgilaymiz.(2L-1 < p < 2L) .
4-qadam. Shunday g tanlanadiki, uning p modul bo’yicha multiplikativ tartibi q ga teng bo’lishi kerak. Uni hisoblash uchun g = h(p-1)/q mod p formuladan foydalanamiz, bu yerda
h Є (1,p-1) – shunday tanlash kerakki, g ≠ 1 bo’lishi kerak.
1-qadamda matnli ma’lumotni sonli ma’lumotga aylantirib beruvchi xesh funksiyani tanlashda chiqish ketma ketligidagi N bilan belgilanuvchi bitlar soni asosiy parameter sifatida olinadi. Hozirgi kunda L va N larni quyidagi juftliklaridan foydalanish mumkin:
1. L=1024, N=160
1. L=2048, N=224
1. L=2048, N=256
1. L=3072, N=256
Maxfiy va ochiq kalitni aniqlash. Maxfiy kalit x Є (0,q) , ochiq kalit esa y = gx mod p formula yordamida hisoblanadi. (p, q, g, y)sonlari ochiq parametrlar, x – maxfiy parametr. ERI ishlatyapganda (p, q, g) sonlari bir nechta foydalanuvchilar uchun umumiy bo’lishi mumkin, (x,y) sonlari esa aniq bir foydalanuvchi uchun maxfiy va ochiq kalit bo’ladi. Axborotni ERI bilan tasdiqlayapganda, x va k maxfiy sonlaridan foydalaniladi, bu yerda k ixtiyoriy tasodifiy son.
Axborotni ERI bilan tasdiqlash uchun quyidagi amallar ketma ket bajariladi:
1. k Є (0,q)son tanlanadi;
2. r = (gk mod p) mod qhisoblanadi;
3. Agar r = 0 bo’lsa, boshqa k soni tanlanadi;
4. s = k-1(H(m)+x*r) mod q hisoblanadi;
5. Agar s = 0 bo’lsa, boshqa k soni tanlanadi;
6. Umumiy uzunligi 2N teng bo’lgan (r,s) ERI bo’ladi.